Karol Świderski

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Karol Świderski
Świderski PAOK bilan 2019-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Karol Grzegorz Świderski[1]
Tavallud sanasi 23-yanvar 1997-yil (1997-01-23) (27 yosh)
Tavallud joyi Rawicz, Polsha
Boʻyi 1.84 m
Ampluasi Striker
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Charlotte FC
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2010—2012 Rawia Rawicz
2012—2014 UKS SMS Łódź
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2019 Jagiellonia Białystok 113 (20)
2019—2022 PAOK 96 (30)
2022— Charlotte FC 30 (10)
Milliy terma jamoa
2014—2015 Polsha U18 5 (5)
2015 Polsha U19 7 (5)
2016 Polsha U20 3 (0)
2017—2019 Polsha U21 11 (0)
2021- Polsha 19 (8)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Karol Grzegorz Świderski (talaffuzi: Karol Sviderski; 1997-yil 23-yanvarda tugʻilgan) — polshalik professional futbolchi, Oliy liganing Sharlotta klubi va Polsha terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardag faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jagiellonia Białystok[tahrir | manbasini tahrirlash]

Świderski oʻz faoliyatini Rawia Rawicz yoshlar akademiyasida boshlagan. 2012-yildan 2014-yilgacha UKS SMS Lodz sport maktabida shugʻullangan. Keyin, 2014-yilda Ekstraklasa vakili Jagiellonia Białystok jamoasida oʻynashni davom ettirdi. Dastlab III Liga jamoasida va ularning yoshlar akademiyasida oʻynadi. 2016—2017-yilgi mavsumda asosiy jamoada oʻynay boshladi[2].

PAOK[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 20-yanvarida PAOK Świderski bilan shartnoma imzolaganini tasdiqladi va polshalik hujumchi bilan 2 million yevro evaziga 3,5 yillik shartnoma imzoladi[3]. 2019-yilning 18-fevralida Świderski Apollon Smirniga qarshi safarda zaxiradan maydonga tushib gol urdi (5:1)[4]. 2019-yilning 21-aprelida „Levadiakos“ga oʻyinning soʻngi golini urdi (5:0)[5].

Charlotte FK[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 26-yanvarida Charlotte klubi PAOKdan Karol Świderski bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[6].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U-18[tahrir | manbasini tahrirlash]

Świderskini 2015-yilning mart oyida Polsha U-18 terma jamoasi bosh murabbiyi Rafał Janas LFF U-18 Federatsiya kubogi uchun terma jamoaga chaqirdi. Gruziyaga qarshi oʻyinda debyut qildi va Polsha 1:0 hisobida gʻalaba qozondi[7]. Świderski oʻzining birinchi golini Latviyaga qarshi oʻyinning 9-daqiqasida kiritdi va oʻyin 1:1 hisobida yakun topdi[8].

U-19[tahrir | manbasini tahrirlash]

Świderski U-19 terma jamoasidagi debyutini 2015-yilning 5-sentabr kuni Uelsga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida o‘tkazgan va bu o‘yin 1:1 hisobida durang bilan tugagan[9]. Sloveniyaga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, jamoasining barcha goliga mualliflik qildi, bu oʻyin ham durang bila yakunlandi (2:2)[10]. Kiprda bo‘lib o‘tgan 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionati saralashida Bolgariya, Kipr va Lyuksemburgga qarshi o‘yinlarda 3 ta gol urdi[11][12].

Milliy terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 15-mart kuni Świderski birinchi marta 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi uchun milliy terma jamoaga chaqirildi[13][14]. Andorraga qarshi oʻyinning 63-daqiqasida Robert Lewandowski oʻrniga maydonga tushib debyut qildi[15]. O‘sha oʻyinning asosiy vaqti tugashiga 2 daqiqa qolganida mamlakati safida debyut golini ham kiritdi[16]. Keyinchalik UEFA Yevro-2020 uchun Polsha terma jamoasiga kiritildi.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

10-oktyabr, 2022-yil holatiga koʻra[17]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Boshqa boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Jagiellonia Białystok 2014—2015 Ekstraklasa 7 1 0 0 7 1
2015—2016 Ekstraklasa 31 4 1 1 4 2 36 7
2016—2017 Ekstraklasa 26 2 2 1 28 3
2017—2018 Ekstraklasa 32 5 1 0 1 0 34 5
2018—2019 Ekstraklasa 17 8 3 1 3 0 23 9
Jami 113 20 7 3 8 2 128 25
PAOK 2018—2019 Gretsiya Superligasi 11 4 4 2 0 0 15 6
2019—2020 Gretsiya Superligasi 34 11 4 2 3 1 41 14
2020—2021 Gretsiya Superligasi 35 11 5 0 9 0 49 11
2021—2022 Gretsiya Superligasi 16 4 3 0 10 0 29 4
Jami 96 30 16 4 22 1 134 35
Charlotte FC 2022 MLS 30 10 0 0 30 10
Jami faoliyati 239 60 23 7 30 3 0 0 292 70

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

30-noyabr, 2022-yil holatiga koʻra[18]
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Polsha 2021 14 6
2022 5 2
Jami 19 8

Ballar va natijalar birinchi navbatda Polshaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.

Karol Świderski tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Yoʻq. Sana Joy Qopqoq Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2021-yil 28-mart Stadion Wojska Polskiego, Varshava, Polsha 1  Andorra 3—0 3—0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
2 2021-yil 8-iyun Stadion Miejski, Poznan, Polsha 4  Islandiya 2—2 2—2 Doʻstona
3 2021-yil 5-sentyabr San-Marino stadioni, Serravalle, San-Marino 9  San Marino 2—0 7—1 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
4 2021-yil 9 oktyabr Stadion Narodowy, Varshava, Polsha 11  San Marino 1—0 5—0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
5 2021-yil 12-oktyabr Arena Kombetare, Tirana, Albaniya 12  Albaniya 1—0 1—0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
6 2021-yil 15-noyabr Stadion Narodovy, Varshava, Polsha 14  Vengriya 1—1 1—2 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
7 2022-yil 1-iyun Stadion Wroclaw, Vrotslav, Polsha 15  Uels 2—1 2—1 2022—2023 UEFA Millatlar ligasi A
8 2022-yil 25-sentyabr Siti stadioni, Kardiff, Uels 17  Uels 1—0 1—0 2022—2023 UEFA Millatlar ligasi A

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „FIFA World Cup Qatar 2022 – Squad list: Polsha (POL)“. FIFA (2022-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
  2. „Oficjalnie: Patryk Tuszyński i Karol Świderski piłkarzami Jagiellonii“ (pl). gol24.pl (2014-yil 20-iyun). Qaraldi: 2017-yil 5-noyabr.
  3. „Ο Σβιντέρσκι είναι καλύτερος από τον Πρίγιοβιτς του '17“ (el). www.contra.gr (2019-yil 20-yanvar).
  4. „Απόλλων - ΠΑΟΚ 1-5: Καθάρισε σε 33' και καλπάζει για το πρωτάθλημα“. www.sport24.gr (2019-yil 18-fevral).
  5. Wood. „Five-star PAOK crowned Super Liga champions“. Agonasport (2019-yil 21-aprel). Qaraldi: 2019-yil 30-sentyabr. [sayt ishlamaydi]
  6. „Η Σάρλοτ ανακοίνωσε την απόκτηση του Σβιντέρσκι“. www.sport24.gr (2022-yil 26-yanvar).
  7. „Puchar Federacji LFF U-18: Polska 1-0 Gruzja“ (pl). 90minut.pl (2015-yil 24-mart). Qaraldi: 2017-yil 4-noyabr.
  8. „Puchar Federacji LFF U-18: Łotwa 1-1 Polska“ (pl). 90minut.pl (2015-yil 25-mart). Qaraldi: 2017-yil 4-noyabr.
  9. „U-19: Walia 1-1 Polska“ (pl). 90minut.pl (2015-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 4-noyabr.
  10. „U-19: Polska 2-2 Słowenia“ (pl). 90minut.pl (2015-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 4-noyabr.
  11. „Group 3“. uefa.com (2016-yil 22-iyul). Qaraldi: 2017-yil 4-noyabr.
  12. „U-19: Kadra na turniej eME“ (pl). 90minut.pl (2016-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 4-noyabr.
  13. „Karol Świderski: wtedy i teraz szok był ogromny“ (pl). sport.onet.pl (2021-yil 15-mart). Qaraldi: 2021-yil 24-mart.
  14. „Powołany przez Paulo Sousę Karol Świderski z asystą w meczu PAOK-u z Panathinaikosem“ (pl). sport.tvp.pl (2021-yil 14-mart). Qaraldi: 2021-yil 24-mart.
  15. „Polska - Andora. Karol Świderski: Na taką bramkę czeka się od dziecka“ (pl). polsatsport.pl (2021-yil 28-mart). Qaraldi: 2021-yil 28-mart.
  16. „Polska – Andora. Karol Świderski czeka na szansę. Strzela i gra częściej niż Arkadiusz Milik oraz Krzysztof Piątek“ (pl). sport.tvp.pl (2021-yil 28-mart). Qaraldi: 2021-yil 28-mart.
  17. „Karol Świderski statistics“ (pl). 90minut. Qaraldi: 2017-yil 25-dekabr.
  18. „K. Świderski“. Soccerway. Qaraldi: 2021-yil 30-mart.
  19. „Paok win Greek cup final over Olympiakos“. Greek City Times (2021-yil 23-may). Qaraldi: 2021-yil 24-may.