Poznan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Poznan

PoznanPolshaning gʻarbiy kis-midagi shahar, Varta daryosi boʻyida. Poznan voyevodasining maʼmuriy markazi. Axrlisi 578,2 ming kishi (1999). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. P. — mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Mashinasozlikning turli soxalari (jumladan, transport, qishloq xoʻjaligi, aniq mashinasozlik, elektrotexnika, priborsozlik va podshipniklar ishlab chiqarish) rivojlangan. Oziq-ovqat, rezina, parfyumeriya, tikuvchilik, oynashisha, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. P.da har yili xalqaro va milliy yarmarkalar oʻtkaziladi. Un-t, teatrlar, muzeylar bor. Shaharga 9-asrda asos solingan. 10—11-asrlarda Polsha knyazlari qarorgohi boʻlgan. 13—19-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar, xususan, gotika kostyoli (13—15-asrlar), ratusha (13—16-asrlar) saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil