Yassi (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

YassiQirgʻizistonning Oʻsh viloyatidagi daryo. Qoradaryoning oʻng irmogʻi. Uz. 122 km. Fargʻona tizmasining gʻarbiy yon bagʻridan, Bolsun togʻidan 2,5 km gʻarbda, 3500 m balandlikda boshlanadi. Havzasining mayd. 2620 km². Qor suvlaridan toʻyinadi. Qoradaryoga Oʻzgan shahridan 12 km quyiroqda qoʻshiladi. Asosiy irmoqlari: Ulugʻchat, Zindonsu, KichikQoʻshbuloq, Doʻngʻuztov, Zerger (oʻngdan) va Koʻlduk (chapdan). Koʻlduk soyining qoʻshilishidan quyiroqda daryo suvi sugʻorish kanallari orqali taqsimlanadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi Salomalik qishlogʻi yonida 42,2 m³/sek. dan 9,52 m³/sek.gacha; Oʻzgan shahri yonida 75 m³/sek. dan 16,8 m³/sek. gacha oʻzgaradi. Toʻlinsuv davri mart—avgustda.