Tilovbergan Jumamuratov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jumamuratov Tilovbergandan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Jumamuratov Tilovbergan (1915.27.12, Moʻynoq tumani — 1990.20.4, Nukus) — Oʻzbekiston (1969) va Qoraqalpogʻiston (1967) xalq shoiri. Urta Osiyo universitetini tugatgan (1948). "Yurak muhabbati" (1956), "Doʻstlik" (1959), "Davrimiz yulduzlari" (1962), "Moʻʼjizakor siymo" (1965), "Toʻlqinda" (1970) doston va sheʼrlar toʻplami, "Guzal Makarya" sheʼriy romani (1965) bor. "Qirgʻiz doʻstlarimga", "Oʻzbek shoiri Gʻafur Gʻulomga", "Navoiy haqida" (1967) kabi sheʼrlarida xalqlar doʻstligi, qardoshligi kuylangan. "Mehnatda toblanganlar" (1957), "Muhabbat siri" (1958) hikoya va ocherklar toʻplami, "Qizlar hazili" (1967), "Ogʻir kunlar" (1977) pyesalari muallifi. Bir qator asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan ("Mening zamondoshlarim", 1962; "Amu qoʻshiqlari", 1965 va b.). Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1972).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil