Musa Jalil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Musa Jalil
tatarcha: Муса Җәлил, Musa Cəlil, موسى ﺟليل‎
Musa Cälil.png
Asl ismi tatarcha: Муса Җәлил, Musa Cəlil, موسى ﺟليل‎
Tavalludi 1906 yil 15 fevral
Vafoti 1944 yil 25 avgust
Uchinchi reyx
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi, Russian Socialist Federative Soviet Republic va SSSR

Musa jalil taxallusi; asl ismsharifi Jalilov Muso Mustafoyevich) (1906.2(15).2, Orenburg guberliyasi Mustafin qishlogʻi — 1944.25.8, Berlin) — tatar shoiri. Tatar opera va balet teatri asoschilaridan biri. Orenburg shahridagi "Husayniya" madrasasida oʻqigan. 1922-yilda Qozon shahriga kelib, Tatar ishchi-yoshlar maktabida taʼlim olgan. Moskva universitetining adabiyot fakultetini tugatgan (1931). Moskvada chiqqan "Kichkina oʻrtoqlar" ("Kechkene ip-teshler") nomli tatar jur. muharriri (1927). Tatariston yozuvchilar uyushmasi raisi (1939—41). 1942-yilning iyun oylarida fashizmga qarshi kurashda gitlerchilar qoʻliga tushib, Berlindagi Maobit turmasiga tashlangan va Plet-senze harbiy turmasida qatl etilgan (1944-yil 25 avgust). M. J.ning mashhur "Maobit daftari" (1942—44) sheʼrlar turkumi shu konslagerda yozilgan. "Oʻrtoqlar" (1929) sheʼrlar toʻplami, "Xat tashuvchi" (1940) dostoni, "Oltin soch" (1941), "Eldor" (1941) opera librettolari, "Okopdan xat" (1946) kitobi va boshqa asarlar muallifi. "Maobit daftari" sheʼrlar turkumi oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1956).




Musa Jalilni yana 6sinfda kitobida ham kõrib õrganishingiz mumkin

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]