Improvizatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Improvizatsiya (lot. improvisus — kutilmagan, bexosdan) — sheʼr, musiqa va b.ni oldindan tayyorgarliksiz, ijro davomida ijod etish; aktyor oʻyinida bexosdan paydo boʻladigan ilhom, ijodiy fantaziya, ruhiy koʻtarinkilik, fikr, soʻz, ohang va tasvirning erkinligi. Aktyor oʻyinidagi I. ijro etilayotgan rolni jonlantiradi, unga yangi maʼno beradi. Qad. xalq teatri aktyorlari — skomoroxlar, mimlar, bizda masharaboz va qiziqchilar, ay-niqsa, italyan xalq komediya teatri ("Del Arte") aktyorlarining oʻyinida I. asosiy oʻrin egallagan. Oʻzbek aktyorlaridan Hoji Siddiq Mslomov, Soyib Xoʻjayev, Gʻani Aʼzamov kabi aktyorlar ijodida I. muhim rol oʻynagan (yana q. Badiha).

Musiqada I.ning ikki asosiy turi mavjud. Anʼanaviy (ogʻzaki anʼanadagi) musiqada, shu jumladan, oʻzbek musiqa merosida muayyan kuyni I. tar-zida talqin etish — musika ijrosining asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. Bunda sozanda yoki xonanda turli musika bezak (melizm)laridan mohirona foydalanadi, yangi ohang ibo-ra va jumlalarini ustalik bilan kiri-tadi, avj yoki joʻr ovozlarni oʻzgartirish kabi usullardan foydalanadi. Ikkinchi turi — I. uslubida yangi musika asari (yoki maʼlum qismini, mas, kadensiya)ii yaratishdir. Kompozitorlik ijodida I. shakllari 16—17-asrlarda rivoj topib, ayniqsa 19-asrda (belkanto sanʼatida, virtuoz musiqasida) uz choʻqqisiga koʻtarilgan. Jaz musiqasida I. asosiy oʻrin tutadi. Oʻzbek sozandalaridan A. Abdurashidov, A. Ismo-ilov, Q. Dadayev va b. I.dan mohirona foydalanishadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil