Juliano Belletti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Toʻliq ismi

Juliano Haus Belletti

Tavalludi

1976-yil 20-iyun(1976-06-20)[1][2][3] (46 yosh)

Braziliya

Fuqaroligi
Boʻyi

174[4] sm

Ampluasi

himoyachi

Klub haqida maʼlumot
Klub

Flag Brazilii Kruzeyro

Lavozim

bosh murabbiy yordamchisi

Juliano Haus Belletti (portugalcha: Juliano Haus Belletti; 1976-yil 20-iyunda Braziliyada tugʻilgan) — braziliyalik professional futbolchi, himoyachi. Futbolchilik faoliyati davomida u "Barcelona", "Chelsea", "Villarreal", "San-Paulu" va "Atletiko Mineyro" kabi klublarda oʻynagan.

1999-yilda Atletiko Mineyro klubi bilan Braziliyaning Kumush toʻpi gʻolibi, „Placar“ jurnali tomonidan taqdirlangan. 2002-yilda Juliano Braziliya terma jamoasi bilan jahon chempioni. 2005/06-mavsumda „Barselona“ bilan UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi.

Klub martaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik martabasining boshlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Juliano Belletti oʻynagan birinchi klub Braziliyaning „Kruzeyro“ klubi boʻlib, u ikki yil oʻynagan. U klubdagi debyutini 1994-yilning noyabr oyida oʻtkazgan. Keyin u Braziliyaning boshqa klubi — "San-Paulu" ga oʻtgan va u 6 yil davomida 10 dan ortiq gol urgan. 1999-yilda Juliano markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynagan va "Atletiko Mineiro" klubiga ijaraga berilgan. Juliano ushbu klubda oʻynab, Braziliyaning „Kumush toʻpini qoʻlga kiritgan. Villarrealga koʻchib oʻtgandan soʻng, Juliano Belletti terma jamoaga chaqiruv oldi va 2002-yilgi FIFA Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi.

Barselona[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yilning yozida Juliano Belletti Kataloniya klubiga oʻtgan. Butun mavsum davomida u himoyachi sifatida oʻynan.

2005/06-yilgi mavsumda u himoyachi sifatida koʻproq oʻyin oʻtkazdi. Uning 2006-yili Belletti UEFA Chempionlar ligasi finalida Londonning “Arsenal" klubiga (2:1) urgan goli kataloniyaliklarga Yevropaning eng kuchli jamoasi nomini keltirdi. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Belletti zaxiradan maydonga tushgan.

Futbolchilik martabasining tugashi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilning 15-iyunida Belletti „Ceara“ klubiga koʻchib oʻtdi va oʻn ikki kundan soʻng, 27-iyun kuni oʻzining Twitter sahifasida futbolchilik faoliyatini yakunlayotganini eʼlon qildi[5][6]. Sababi doimiy jarohatlar edi.

2016-yil 21-dekabrda Juliano Belletti Coritiba klubining xalqaro aloqalar boʻyicha ijrochi direktori etib tayinlandi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Juliano Belletti // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. Juliano Haus Belletti // Enciclopèdia de l’esport català (kat.) — Grup Enciclopèdia Catalana, 2012.
  3. BELLETTI juliano haus // Base de Datos del Futbol Argentino (isp.)
  4. Juliano Belletti Profile (angl.). premierleague.com. Data obraщeniya: 31 dekabrya 2019. Arxivirovano 23 iyunya 2021 goda.
  5. „Por mais que eu queira seguir, o corpo não deixa“ (pt). Twitter. 1-iyul 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-mart 2013-yil.
  6. „Belletti chega para reforçar o elenco alvinegro“ (pt). Ceará (15-iyun 2011-yil). 10-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-mart 2013-yil.
  7. „Por mercado internacional, Coritiba anuncia Belletti“ (pt). Site oficial do Coritiba Foot Ball Club (21-dekabr 2016-yil). 31-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-mart 2017-yil.