Julián Álvarez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Julian Alvares (ispancha: Julián Álvarez) — argentinalik futbolchi, Angliyaning „Manchester City“ klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi. Amerika Kubogi 2021 gʻolibi. Oʻsha yili u Janubiy Amerikada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Julián Álvarez Futbol
Palestino - River Plate 20190424 31.jpg
Umumiy maʼlumotlari
Tugʻilgan 31-yanvar 2000-yil(22 yosh)
Argentina
Fuqaroligi
Boʻyi 170 sm
Pozitsiyasi hujumchi
Hozirgi jamoasi
Klub Flag Anglii Manchester City
Raqami 19
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alvares Kordova provinsiyasidagi Kalsin kichik shaharchasida tugʻilgan. U yoshligidan futbol oʻynashni boshlagan va 11 yoshida oʻta havaskor futbolchi boʻlib ulgʻaygan. Oʻsha yoshida u Argentinaning yetakchi klublari „Boka Xuniors“ va „River Pleyt“ maktablarida koʻrikdan muvaffaqiyatli oʻtdi, Ispaniyaga tashrif buyurdi, u yerda „Real Madrid“da koʻrikdan oʻtdi va "Barcelona" klubiga taklif qilindi. Biroq, Julian oilasi bilan xayrlashishni istamay, koʻchib oʻtishdan bosh tortdi[2]. 2016-yilning yanvarida u „River Pleyt“ning yoshlar jamoasiga qoʻshildi[3].

2018-yil 27-oktabr kuni „Aldosivi“ga qarshi o‘yinda Argentina Primer ligasida Rodrigo Mora o‘rniga ikkinchi bo‘limda debyut qildi[4]. „Independiente“ga qarshi bahsda Julian „River Pleyt“ safidagi ilk golini urdi. Oʻsha yili Alvares 5 ta oʻyinda maydonga tushib, Braziliyaning „Internasional“ klubiga qarshi oʻyinda gol urib, klubga Libertadores kubogini yutishda yordam berdi[5].

2020-yilda Libertadores kubogida Alvares Ekvadorning „LDU Kito“, Peruning „Deportivo Binacional“ vaSan-Paulu“ jamoalariga qarshi oʻyinlarda 5 ta gol urdi[6][7][8].

2021-yilda Alvares 18 ta gol bilan Argentina ligasining eng yaxshi toʻpurariga aylandi. „River Pleyt“ 36-marta chempionlikni qoʻlga kiritdi. Jamoa Libertadores kubogining 1/8 finaliga ham chiqdi. Argentina terma jamoasida ham hujumchi Amerika kubogi gʻolibiga aylandi. Urugvayning „El Pais“ gazetasi tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomada Julian Alvares 2021-yil Janubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[9].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilda Argentina yoshlar terma jamoasi tarkibida Alvares Chilida boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi, u yerda Julian ramziy „turnir jamoasi“ga kiritildi[10]. Turnirda u Paragvay, Peru, Venesuela, Kolumbiya, Braziliya va ikki marta Ekvador va Urugvayga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[11][12][13][14][15][16][17][18][19][20]. Kolumbiyaliklarga qarshi bahsda Julian gol urgan.

Oʻsha yili Alvares Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Afrikaliklarga qarshi kechgan duelda Julian gol urdi.

2021-yilning 4-iyun kuni JCh-2022 saralashida Chiliga qarshi oʻyinda Alvares Argentina terma jamoasi safida debyut qildi[21]. Oʻsha yili Julian terma jamoa bilan Braziliyada boʻlib oʻtgan Amerika kubogida gʻolib chiqdi. Turnirda u Boliviya terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[22].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 27-sentabr holatiga ko`ra[23]
Milliy jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Argentina terma jamaosi 2021 5 0
2022 6 2
Jami 11 2

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. FIFA World Cup 2022 Sticker Album — 80 s. — ISBN 978-65-5516-143-4
  2. „Quién es Julián Álvarez, la joya de River que quiere explotar en el 2019“ (es). Goal.com (29-dekabr 2018-yil). 29-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-mart 2019-yil.
  3. „Álvarez: "Llego al gol por consecuencia del juego"“ (es). Club Atletico River Plate (25-oktabr 2017-yil). 20-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-mart 2019-yil.
  4. „Ривер Плейт VS. Альдосиви 1:0“ (en). soccerway.com (27-oktabr 2018-yil).
  5. „Ривер Плейт VS. Интернасьонал 2:2“ (en). soccerway.com (8-may 2019-yil). 18-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-noyabr 2021-yil.
  6. „Ривер Плейт VS. ЛДУ Кито 3:0“ (en). soccerway.com (21-oktabr 2020-yil). 18-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-noyabr 2021-yil.
  7. „Сан-Паулу VS. Ривер Плейт 2:2“ (en). soccerway.com (18-sentabr 2020-yil). 18-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-noyabr 2021-yil.
  8. „Ривер Плейт VS. Сан-Паулу 2:1“ (en). soccerway.com (1-oktabr 2020-yil). 18-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-noyabr 2021-yil.
  9. „Julián Álvarez, do River Plate, desbanca Gabigol e Gómez e é eleito Rei da América de 2021“ (pt). Globo (31-dekabr 2021-yil). 3-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-yanvar 2022-yil.
  10. „El 11 ideal del Sudamericano Sub 20 – Chile 2019“ (es). CONMEBOL.com (12-fevral 2019-yil). 22-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-may 2019-yil.
  11. „Аргентина (до 20) VS. Уругвай (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (7-fevral 2019-yil). 18-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-noyabr 2021-yil.
  12. „Уругвай (до 20) VS. Аргентина (до 20) 0:1“ (en). soccerway.com (25-yanvar 2019-yil). 12-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-noyabr 2021-yil.
  13. „Эквадор (до 20) VS. Аргентина (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (29-yanvar 2019-yil). 17-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-noyabr 2021-yil.
  14. „Аргентина (до 20) VS. Эквадор (до 20) 0:1“ (en). soccerway.com (22-yanvar 2019-yil). 18-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-noyabr 2021-yil.
  15. „Аргентина (до 20) VS. Бразилия (до 20) 1:0“ (en). soccerway.com (11-fevral 2019-yil). 9-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-noyabr 2021-yil.
  16. „Аргентина (до 20) VS. Колумбия (до 20) 1:0“ (en). soccerway.com (1-fevral 2019-yil). 19-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-noyabr 2021-yil.
  17. „Венесуэла (до 20) VS. Аргентина (до 20) 0:3“ (en). soccerway.com (5-fevral 2019-yil). 18-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-noyabr 2021-yil.
  18. „Аргентина (до 20) VS. Перу (до 20) 1:0“ (en). soccerway.com (26-yanvar 2019-yil). 18-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-noyabr 2021-yil.
  19. „Парагвай (до 20) VS. Аргентина (до 20) 1:1“ (en). soccerway.com (20-yanvar 2019-yil). 18-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-noyabr 2021-yil.
  20. „Аргентина (до 20) VS. Уругвай (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (7-fevral 2019-yil). 18-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-noyabr 2021-yil.
  21. „Аргентина VS. Чили 1:1“ (en). soccerway.com (4-iyun 2021-yil). 18-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-noyabr 2021-yil.
  22. „Боливия VS. Аргентина 1:4“ (en). soccerway.com (29-iyun 2021-yil). 18-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-noyabr 2021-yil.
  23. Julián Álvarez National-Football-Teams.comda