Joseph Wolff

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Joseph Wolff
nemischa: Joseph Wolff
Tavalludi 1795-yil
Vafoti 1862-yil 2-may
Isle Brewers, Janubiy Somerset, Somerset, Angliya, Buyuk Britaniya
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Taʼlimi Stutgartdagi lyuteran litseyi
Kasbi missioner
Turmush oʻrtogʻi Georgiana Mary Walpole
Bolalari Henry Drummond Wolff
Otasi David Wolff

Joseph Wolff (talaffuzi: Jozef Vulf; inglizcha: Joseph Wolff, nemischa: Joseph Wolff[1]; 1795-yil, Weilersbach, Germaniya — 1862-yil 2-may, Isle Brewers, Buyuk Britaniya) — asli nemis-yahudiy boʻlgan britaniyalik missioner[2], sayohatlari haqida bir qancha kitoblar muallifi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joseph Wolff, 1790-yilda Weilersbachda, keyin Bad Kissingen, Halle, Ilfeld, Göppingenda ravvin boʻlgan David Wolff oilasida tugʻilgan. U oʻgʻlini Shtutgartdagi lyuteran litseyiga yuborgan. Ilohiyotshunos Johann Michael Sailorning kitoblari taʼsirida Joseph Wolff nasroniylikni qabul qilishga qaror qilgan va 1812-yilda Praga yaqinidagi Benedikt abbatida choʻqintirilgan[3].

Wolff Tübingen va Rimdagi Pontifik Urban universitetlarida sharqshunoslik boʻyicha tahsil olgan, cherkov haqidagi taʼlimotga qoʻshilmagani va oʻqituvchilarni tanqid qilgani uchun 1818-yilda u yerdan haydalgan. Fribourgdagi (Shveysariya) Redemptoristlar monastirida qisqa vaqt turgach, Londonga borib, anglikanlikni qabul qilgan va Cambridgeda sharqshunoslik va ilohiyot boʻyicha oʻqishni davom ettirgan.

1821-yilda Wolff Sharqda missionerlik faoliyatini boshladi, Misr, Sinay yarim oroli, Quddus, Halab, Mesopotamiya,Fors, Gruziya va Qrimga tashrif buyurgan. 1826-yilda Angliyaga qaytib keladi va oʻsha yili boʻlajak rafiqasi Georgiana Mary Walpole bilan uchrashadi. Juftlik 1827-yil 26-fevralda turmush qurishgan[4].

1828-yilda Wolff Turkiya, Armaniston, Turkiston, Afgʻoniston va Hindistondan oʻtib, Isroilning yoʻqolgan qabilalarini qidirib topgan. Hindistonda Shimla, Kalkutta, Madras, Puducherry, Tirunelveli, Goa va Bombeyga sayohat qilib, keyin Misr va Malta orqali uyiga qaytgan[5].

1836-yilda Efiopiyaga sayohat qilib, bu yerda Yaman va Bombeyda koʻrishgan, missioner Samuelle Gobath bilan uchrashgan[6]. Keyin Qoʻshma Shtatlarga yoʻl olgan va u yerda yepiskop Richard Munt tomonidan ruhoniy etib tayinlangan.

1843-yilda Buxoro amirligiga 1842-yilda amir Nasrullo tomonidan asirga olingan ikki ingliz zobiti, polkovnik Charles Stoddart va kapitan Arthur Conollyni topish uchun borgan[7]. Buxoroga yetib borgan Wolff ikkala ofitser ham allaqachon qatl etilganini bilib, bu xabar bilan Angliyaga qaytib kelgan.

1845-yilda Wolff Somersetdagi Isle Brewersda cherkovni qabul qilib olgan[8]. 1859-yilda uning birinchi xotini vafot etib[9], 1861-yilda Luiza Decimaga uylangan. Wolff yangi sayohatni rejalashtiradi, ammo 1862-yil 2-mayda vafot etgan. Oʻgʻli Henry Drummond Wolff diplomat va siyosatchi[4]; nabirasi — Lucas Klive yozuvchi boʻlgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Missionary journal and memoir of the Rev. Joseph Wolff (1824).
  • Researches and missionary labours among the Jews, Mohammedans, and other sects (1835).
  • Journal of the Rev. Josepf Wolff (1839).
  • Narrative of a mission to Bokhara, in the years 1843—1845, to ascertain the fate of Colonel Stoddart and Captain Conolly (1845).
  • Travels and adventures of the Rev. Joseph Wolff, D.D., LL. D: Vicar of Ile Brewers, near Taunton; and late missionary to the Jews and Muhammadans in Persia, Bokhara, Cashmeer, etc. (1861).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Hopkins, Hugh Evan, Sublime vagabond: the life of Joseph Wolff — missionary extraordinary, foreword by Sir Fitzroy Maclean, Worthing: Churchman, 1984. ISBN 1-85093-002-3
  • Palmer, Felix Henry Price, Joseph Wolff. His romantic life and travels, etc, London: Heath Cranton, 1935
  • Riggans, Walter, Joseph Wolff, in Gerald, H. Anderson (ed.) Biographical Dictionary of Christian Missions. Grand Rapids / Cambridge: William B, Eerdmans Co. 1998., p. 746.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Wolff, Rev. Joseph. Travels and Adventures. London: Saunders, Otley, and Co, 1860 — 2 bet. 
  2. Ellen White, The Great Controversy, pp. 358
  3. Sparey Fox, Carolyn. The Half of it was Never Told. Oxford: George Ronald, 2015 — 22 bet. ISBN 978-0-85398-593-8. 
  4. 4,0 4,1 The Jewish Encyclopedia. JewishEncyclopedia.com, 1906. 
  5. Sparey Fox, Carolyn. The Half of it was Never Told. Oxford: George Ronald, 2015 — 59 bet. ISBN 978-0-85398-593-8. 
  6. "A Field Guide to the English Clergy' Butler-Gallie, F p116: London, Oneworld Publications, 2018 ISBN 9781786074416
  7. Journal of the Rev. Joseph Wolff, pp. 377
  8. Wolff, Joseph. Travels and Adventures, 1861 — 408 bet. 
  9. Appletons' annual cyclopaedia and register of important events of the year: 1862. New York: D. Appleton & Company, 1863 — 814 bet. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]