Kontent qismiga oʻtish

Artur Konolli

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Artur Konolli
Asl ismi inglizcha: Arthur Conolly
Tavalludi 2-iyul 1807-yil
London, Britaniya imperiyasi
Vafoti 17-iyun 1842-yil
Buxoro, Buxoro amirligi
Unvoni London qirollik jamiyati a'zosi
Lavozimi kapitan

Artur Konolli (inglizcha: Arthur Conolly; 1807-yil 2- iyul, London, Britaniya imperiyasi1842-yil 17-iyun, Buxoro, Buxoro amirligi) — ingliz razvedkachisi, sayyoh, yozuvchi. "Katta oʻyin" atamasining muallifi[1].

Artur Konollining ota-onasi u oʻn ikki yosh boʻlganida vafot etgan. Undan tashqari oilada yana besh aka-uka bor edi. Konolli harbiy xizmatni 16 yoshida Hindistonda boshlagan. 1829-yil oxirida leytenant Konolli ta'tildan Moskva orqali Hindistonga qaytadi. U Moskvadan Kavkazga, soʻngra Xiva xonligiga yetib borish niyatida Qoraqum choʻlini bosib oʻtgan. U Xivaga yetib bora olmadi, lekin 1830-yilning sentyabrida Afgʻonistonning Hirot shahriga yetib keldi. Oʻzining xavfli sayohati natijasida u "Putishestviye v Severnuyu Indiyu suxoputnim putyom iz Britanii cherez Rossiyu, Persiyu i Afganistan" kitobini nashr etdi; 1843-yil. U Britaniya Hirot hukmdori Kamron shohni qoʻllab-quvvatlashi kerak deb hisoblagan.

1841-yil sentyabrda Rossiyaning Oʻrta Osiyoga kirib kelishiga qarshilik koʻrsatish maqsadida Konolli kapitanlik darajasida boʻlgan holda Xiva, Buxoro va Qoʻqon xonliklari hukmdorlarini oʻzaro kelishmovchiliklarni bir chetga surib qoʻyishga ishontirmoqchi boʻldi, biroq buning uddasidan chiqa olmadi. Oktyabr oyida Konolli Buxoroda qoʻlga olindi va u yerda yana bir britaniyalik razvedkachi polkovnik Charlz Stoddartni ozod qilish uchun keldi. Keyingi yilning 17-iyunida Buxoro amiri Nasrulloning buyrug‘i bilan josuslikda ayblangan har ikki zobitning boshi kesildi. 1845-yilda ruhoniy Jozef Vulf ikki zobitning taqdirini bilish uchun sayohatga chiqdi va qatl haqidagi xabarni tasdiqladi. Konolli portreti Londondagi Milliy portret galereyasida, kundaliklari va xatlari Britaniya kutubxonasi va Durham universiteti kutubxonasida saqlanadi.

"Buyuk oʻyin" iborasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Buyuk oʻyin" iborasi Konolliga tegishli. Bu XIX asr oxirida Angliya va Rossiya imperiyasining Oʻrta Osiyo va Hindistonda ta'sir oʻtkazish uchun kurashini anglatadi[2].

  1. Piter Xopkirk . Rossiyaga qarshi buyuk oʻyin: Osiyo sindromi. - М., Ripol Classic, 2004-yil.. 
  2. Ергин 2016.