José María Méndez
Tugʻilgan vaqti | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Fuqaroligi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi |
174 sm | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vazni |
80 kg | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Pozitsiyasi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Jamoasi haqida maʼlumot | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Jamoa | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Lavozim |
Bosh murabbiy | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Xose Mariya Pasos Mendez, laqabli Pulpis (ispancha: José María Pazos Méndez; 1974-yil 28-mart; Lugo, Galisiya, Ispaniya) — ispaniyalik futzalchi, darvozabon sifatida oʻynagan, hozirda murabbiy va mutaxassis, futzal instruktori. U 2011-2012 va 2014-2017-yillarda ustozlik qilgan futzal boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanilgan.
Biografiya va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xose Mariya Mendez 1974-yil 28-martda Ispaniyaning Galisiya provinsiyasida joylashgan Lugo shahrida tug‘ilgan. Yoshligida u darvozabon sifatida futzal bilan shugʻullana boshlagan. Mendesning oʻziga koʻra, u futbolchi sifatida kuchli emas edi va shuning uchun faoliyatini 22 yoshida yakunlagan. Uning soʻzlariga koʻra, oʻsha yili uning klubida toʻsatdan bosh murabbiy ishdan boʻshatilib, unga boʻsh lavozim taklif qilingan. Shu tariqa Mendes murabbiylik faoliyatini boshladi[1][2].
2000-yillarning o‘rtalarigacha u turli ispan klublariga ustozlik qilgan. Bir muddat Xorvatiyada ishlagan. 2008-yili Ispaniya klublaridan birida murabbiylik qilayotgan vaqtida Tailand terma jamoasi uni bosh murabbiylikka taklif qiladi va shu tariqa Mendez bu jamoaga bosh murabbiy boʻladi. Oʻshandan beri u Osiyoda ishlaydi. Uning qoʻl ostida Tailand terma jamoasi oʻz tarixida birinchi marta Osiyo chempionati finaliga chiqdi va oʻz tarixida uchinchi marta 2008 yilda Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etib, „B“ guruhida 4-oʻrinni egalladi. Bir muddat Vetnam terma jamoasida ishlagan. 2011 yilda Oʻzbekiston terma jamoasidan taklif olib, ushbu jamoani boshqargan. U O‘zbekistonda 2012-yil oxirigacha ishlagan va 2013-yildan Tailandning „Chonburi Blyuveyv“ klubida ish boshlagan. 2014-yilning aprel oyidan yana Oʻzbekiston terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning rahbarligida o‘zbekistonliklar 2014-yilgi Osiyo chempionatida bronza medallarini qo‘lga kiritib, 2016-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida finalga qadar yetib borishdi hamda o‘z tarixlarida ilk bor 2016-yilgi Kolumbiya jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.[2]
Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori: 2014-yil
- Osiyo chempionati finalchisi: 2008, 2016-yillar
- Kubok egalari kubogi sohibi: 2006/07
- Klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati gʻolibi: 2013-yil
- Xorvatiya kubogi sohibi: 2003/04
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „championat.asia: Хосе Мария Мендес: “Футзал футбол учун қабристон эмас”“. 2016-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-may.
- ↑ 2,0 2,1 „redpen.uz: Хосе Мария Пазос Мендес. Испанец в Ташкенте“. 2016-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-may.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Futsalplanet.com saytidagi sahifa
- redpen.uz: Xose Mariya Pazos Mendez. (Wayback Machine saytida 2016-03-27 sanasida arxivlangan) ispaniyalik Toshkentda (Wayback Machine saytida 2016-03-27 sanasida arxivlangan)
- championat.asia Xose Mariya Mendez: „O‘zbekiston xalqi o‘z o‘g‘illari bilan faxrlanishi uchun bor kuchimizni ishga solamiz“