Ardus (futzal klubi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
{{{nomi}}}
Toʻliq nomi Ardus Toshkent Futzal Klubi
Asos solingan 1998-yil
Stadion Oʻzbekiston Sport Majmuasi
Rahbari  Uzbekistan Jahongir Usmonov
Murabbiyi  Uzbekistan Nikolay Odushev
Musobaqasi
2012/2013
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Ardus Toshkent Futzal Klubi - Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahridan boʻlgan futzal klubi.

Tarixi[tahrir]

Klub 1998-yilda «SP.Ardus» ishchilari tomonidan tashkil etilgan. Ilk yillarida havaskorlar va korxonalar oʻrtasidagi musobaqalarda qatnashib kelgan. 2003-yilda «Ardus» Toshkent shahri birinchiligida gʻalaba qozondi va ushbu gʻalaba orqali Oʻzbekiston Kubogiga qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Kubok oʻyinlarida qatnashgan «Ardus», Oʻzbekiston Kubogi yarim-finaligacha yetib bordi. Ushbu muvaffaqiyat «Ardus» rahbariyatini 2004-yilda «Ardus»ni Professional Futzal Klubiga aylantirishga olib keldi va «Ardus» Oʻzbekiston Chempionatida ishtirok eta boshladi.

Chempionatdagi ilk debyut mavsumida «Ardus» Oʻzbekiston Chempionatida Chempionlikka erishdi, shuningdek Oʻzbekiston Kubogi finaligacha yetib bordi. Shundan keyin «Ardus» 6 karra Oʻzbekiston Chempioni, 4 karra Oʻzbekiston Kubogi sohibi sifatida Oʻzbekistonning eng kuchli futzal klubiga aylandi.

Ichki chempionatdagi yutuqlar «Ardus»ni xalqaro maydonda Oʻzbekiston shaarafini himoya qilish imkoniyatini berdi. Va klub Klublar oʻrtasida Osiyo Chempionatida qatnasha boshladi. Birinchi turnir norasmiy maqomga ega boʻlib, 2006-yilda Eronda boʻlib oʻtdi va oʻsha turnirda «Ardus» finalgacha yetib borib turnir mezbonlariga imkoniyatni boy berdi. 2012-yilda Klublar oʻrtasidagi Osiyo Chempionati rasman yoʻlga qoʻyilganida «Ardus» yana finalgacha yetib borib Eronning «Giti Pasand» klubiga imkoniyatni boy berdi va Osiyo vitse-chempioni nomiga saazovor boʻldi.

Tarkibi[tahrir]

«Ardus Toshkent Proffesional Futzal Klubi» tarkibi 2014-yilning yanvar oyiga koʻra. Ushbu futzalchilarning koʻpchiligi Oʻzbekiston milliy futzal terma jamoasi aʼzolaridir.

Mashhur oʻyinchilari[tahrir]

Yutuqlari[tahrir]

Oʻzbekiston Chempionatida

  • Chempion: 2004/2005, 2005/2006, 2006/2007, 2009/2010, 2010/2011, 2011/2012
  • Vitse-Chempion: 2008/2009, 2012/2013
  • Bronza medali sohibi: 2007/2008

Oʻzbekiston Kubogida

  • Chempion: 2005/2006, 2006/2007, 2008/2009, 2009/2010
  • Finalchi: 2004/2005, 2007/2008, 2012/2013

Oʻzbekiston Futzali Assotsiatsiyasi Kubogida

  • Chempion: 2010
  • Finalchi: 2012, 2013

Klublar oʻrtasida Osiyo Chempionatida

  • Finalchi: 2006, 2012

Havolalar[tahrir]