Jinnidaryo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jinnidaryo
Tavsif
Uzunligi 57 km
Suv sarfi 1,35 m³/s
Davlat Oʻzbekiston


JinnidaryoQashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi daryo, Qashqadaryoning chap irmogʻi, boshlanishida Zoʻgʻatasoy deb ham nomlanadi. Zarafshon va Hisor togʻ tizmalarini tutashtiruvchi Shertogʻning gʻarbiy yon bagʻirlari (2500 m)dan oqib tushuvchi 100 dan ortiq irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Gʻarbiy yoʻnalishda oqadi. Uz. 57 km, havzasining mayd. 367 km². Qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,35 m³/sek (Jovuz qishlogʻi yaqinida). Yillik oqimining 56% bahorgi toʻlinsuv davri (mart— iyun)da oqib oʻtadi. Suv eng koʻp boʻladigan oy — apreldagi oʻrtacha suv sarfi 3,30 m3/sek ga yaqin. Jala yoqqan paytlarda J.dan sel keladi, bu vaqtda suv sarfi sekundiga 46,2m³ gacha (26.3.1970) ortadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil