Jimmy Choo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jimmy Choo
Turi shoʻba korxonasi
Qachon asos solingan 1996
Joylashuvi London, Buyuk Britaniya
Asoschi(lari) Tamara Mellon, Jimmy Choo
Mahsulot(lar)i oyoq kiyim
Vebsayti https://www.jimmychoo.com/en/home
Hong Kongdagi Jimmy Choo doʻkoni vitrinasi, 2012 yil.

Jimmy Choo — 1996-yilda malayziyalik dizayner Jimmy Choo tomonidan asos solingan poyabzal kompaniyasi.

2011-yildan buyon ushbu brend JAB xoldingi boʻlimi Labelux Holdingga tegishli. 2014-yil iyun oyida JAB biznesi qayta tashkil etilganidan soʻng Jimmy Choo brendini ham bevosita boshqara boshladi. Oʻsha yilning kuzida xolding ushbu brendga tegishli kompaniya xodimlari bilan birgalikda Jimmy Choo aksiyalarining 25,9% ini London fond birjasida sotishadi. Investorlar kompaniyani 545,6 million £ (877,8 million $) ga baholashadi.

2016-yilda valyuta kursining oʻzgarishini hisobga olmaganda Jimmy Choo kompaniyasi tovarlar savdosi 1,6% ga oshadi. Funt sterling kursining oʻzgarishini hisobga olgan holda esa daromad 15% ga, rekord darajada 364 million £ (467 million $) ga yetdi. Kompaniya vakillarining soʻzlariga koʻra, brendning Xitoydagi oʻsish koʻrsatkichlari yuqoriligi AQSh va Yevropadagi sotuv darajasining sustligi oʻrnini ham toʻldirib yuborgan.

2017-yil aprel oyida JAB Holding oʻzining Jimmy Choo va Bally poyabzal brendlarini sotuvga qoʻyganligi haqidagi maʼlumotlar tarqaladi, chunki xolding asosiy eʼtiborini isteʼmol tovarlariga — birinchi navbatda qahva va unga tegishli mahsulotlarga qaratishga qaror qiladi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]