Jeff Bezos
| Jeff Bezos | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
Jeffrey Preston Jorgensen 1964-yil 12-yanvar Albukerke, Nyu-Meksiko, AQSh |
| Fuqaroligi |
|
| Taʼlimi |
|
| Turmush oʻrtogʻi |
MacKenzie Tuttle (1993—2019) |
| Bolalari | 4 |
| Ota-onasi |
|
| Veb-sayti | jeffbezos.com |
| Imzosi | |
|
| |
Jeffrey Preston Bezos (talaffuzi: Jeffri Preston Bezos; 1964-yil 12-yanvarda tugʻilgan)[1] amerikalik ishbilarmon, mediamagnat, kompyuter muhandisi va investordir[2][3]. Bezos 1994-yilda hozir jahonning eng yirik internet-kompaniyalaridan biri boʻlmish Amazonga asos solgan va bugungi kunda uning ijrochi raisidir. 2022-yilning oktyabri holatiga koʻra, Bezos $139 milliardlik boyligi bilan dunyodagi uchinchi eng badavlat inson hisoblanadi[4][5].
Bezos AQShning Albukerke shahrida tugʻilgan. Bolaligi Hyuston va Mayami shaharlarida oʻtgan. 1986-yilda Princeton universitetini tugatgan. 1994-yilning oxirlarida Amazon kompaniyasiga asos solgan. Kompaniya avvalboshda onlayn kitob doʻkoni sifatida ish boshlagan. Hozirgi kunda esa jahondagi eng yirik onlayn savdolar bilan shugʻullanuvchi kompaniyaga aylangan. Bezos 2000-yilda Blue Origin nomli aerokosmik kompaniyaga asos solgan. 2013-yilda AQShdagi nufuzli gazetalardan biri sanalgan The Washington Postni $250 million evaziga sotib olgan. 2021-yilning sentyabrida Mail.ru asoschisi Yuriy Milner bilan birgalikda Altos Labs nomli biotexnologik kompaniyaga asos solgan[6].
2021-yilda Bezos „Amazon“ kompaniyasi ishchilari birlashishi va kasaba uyushmasi tuzishiga qarshi ekanini bildirdi[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Jeff Bezos pronounces his name“. 2019-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-avgust.; and Robinson (2010), p. 7.
- ↑ Roulette, Joey. „Jeff Bezos Is Getting Astronaut Wings. But Soon, the F.A.A. Won't Award Them.“ (en-US). The New York Times (2021-yil 10-dekabr). 2021-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-dekabr.
- ↑ „FAA Commercial Human Spaceflight Recognition“.
- ↑ „Bloomberg Billionaire Index – Jeff Bezos“.
- ↑ „Jeff Bezos“. Forbes.
- ↑ Regalado, Antonio. „Meet Altos Labs, Silicon Valley's latest wild bet on living forever“. MIT Technology Review (2021-yil 4-sentyabr). 2021-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-sentyabr.
- ↑ „«Amazon» компанияси асосчиси Жефф Безос ишчиларига қарши курашади“. Bugun.uz. 2021-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 31 март.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Jeff Bezos“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- Jeff Bezos TED saytida
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |