Yosir Arofat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
ArafatEconomicForum.jpg

Yosir Arofat (ياسر عرفات) – Muhammal Abdul Rahmon Abdul Rauf Arofat Qadva Husayniy 1929-yilning 24-avgustida Misr poytaxti Qohira shahrida tugʻildi.Uning otasi tadbirkor-sarmoyador kishi edi, onasi esa farzandi toʻrt yoshga yetganida vafot etgandi. Arofatning avji bolalik yillari Quddusda yashaydigan amakisi uyida oʻtdi. Hali dunyo sir-sinoatlarini toʻla anglab yetmagan bolakay arablar va yahudiylar oʻrtasida kechayotgan shafqatsiz kurashlar, qirgʻinlarga ilk bor shu yerda guvoh boʻldi. Uning goʻdak tafakkuri va ongi aynan ana shu kurashlar girdobida shakllandi. Oiladagi farovonlik va toʻkinlik sabab, Arofat Qohira universitetida oʻqish, oʻz bilimlarini chuqurlashtirish imkoniga ega boʻldi. Eng qizigʻi, Arofat universitetda siyosat yoki iqtisod kabi nufuzli fakultetlarda emas, muhandislik yoʻnalishida oʻqidi (Aytishlaricha, u Yosir ism-laqabini ayni shu Qohiradagi tahsil yillarida olgan). 1948-yilgi voqealar Arofatning hayotiy maslak va maqsadlarini mutlaqo oʻzgartirib yubordi. Koʻpchilikka ma’lumki, zikr etilgan yilda Falastinga qarashli hududlar qoʻshni millat tomonidan egallandi va yangi davlat tarkibiga qoʻshib olindi. Shu tariqa hozirgacha davom etib kelayotgan Falastin-Isroil ixtilofi yuzaga keldi. Arablar 1948-yil voqeasini “Nakba” (Fojia) deb atashdi. Shu yillarda Arofat va uning tarafdorlari tomonidan Falastinni ozod qilish bayrogʻi ostida Fanlar AkademiyasiTX harakatiga asos solindi. Arofat esa bosib olingan hududlarni qaytarish yoʻlida kurashgan birlashmaga rahbarlik qildi. Ayni shu davrda harbiy sarkardalik va siyosiy yetakchilik qobiliyatini namoyish etgan Yosir Arofat xalqaro miqyosda obroʻ-e’tibor qozona boshladi. Xalqaro maydondagi e’tirof ifodasi oʻlaroq, u Arab davlatlari Ligasi tomonidan 1965-yili tashkil qilingan Falastin Ozodlik tashkiloti rahbari etib saylandi. Arofat qoʻmondonligidagi Fanlar AkademiyasiTX harakati oʻtgan yillar davomida goh Livan, goh Iordaniya hududlarida harbiy operatsiyalar olib bordi. Xususan, 1968-yili Iordaniya hududiga Isroil qoʻshinining kiritilishi va bu hujum Arofat boshqaruvidagi kuchlar tomonidan qaytarilishi Fanlar AkademiyasiTX hamda uning yetakchisiga boʻlgan ishonchni oshirib yubordi. Iordaniyada Fanlar AkademiyasiTX faoliyatining taqiqlanishi, Livanga qoʻshni davlat qoʻshini kiritilishi bilan mintaqadagi ahvol yanada ogʻirlashdi. Arofat ham murakkab vaziyatdan kelib chiqib, Tunisdan panoh topishga majbur boʻldi. 1988-yili Falastin tarixida katta siyosiy voqea roʻy berdi va, aytish kerakki, bu hodisa sababchisi ham aynan Arofat boʻldi. Ozodlik tashkiloti va harakati rahbari Iordan daryosining gʻarbiy hududi hamda Gʻazo sektorida Falastin davlati tashkil topganini e’lon qildi. Yil oxiriga borib, yangi davlat dunyoning 70 mamlakati hukumatlari tomonidan tan olindi. 1993-yili Norvegiya poytaxti Oslo shahrida esa Isroil bosh vaziri Isxoq Rabin va Yosir Arofat ishtirokida tarixiy tinchlik shartnomasi imzolandi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil