James Maddison
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | James Daniel Maddison[1] | ||
| Tavallud sanasi | 1996-yil 23-noyabr[2] | ||
| Tavallud joyi | Coventry, Angliya | ||
| Boʻyi | 1.75 m[3] | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi[4] | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Leicester City | ||
| Raqami | 10-raqam | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2013 | Coventry City | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2013—2016 | Coventry City | 24 | (4) |
| 2016—2018 | Norwich City | 47 | (15) |
| 2016 | → Coventry City | 11 | (1) |
| 2016—2017 | → Aberdeen | 14 | (2) |
| 2018—2023 | Leicester City | 163 | (43) |
| 2023— | Tottenham Hotspur | 59 | (13) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2017—2019 | Angliya U21[5] | 9 | (1) |
| 2019— | Angliya | 7 | (0) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 7-avgust uchun) | |||
James Daniel Maddison (talaffuzi: Jeyms Meddison) (1996-yil 23-noyabrda tugʻilgan) – ingliz professional futbolchisi, Angliya Premyer-ligasining „Tottenham Hotspur“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Maddison oʻz faoliyatini 2016-yilda Norvichga qoʻshilishdan oldin „Coventry City“da boshlagan. U 2016—2017-yilgi mavsumni Shotlandiya Premyer-ligasining „Aberdeen“ klubida ijara asosida oʻtkazdi. „Norwich“dagi birinchi mavsumida Maddison PFA chempionatining eng yaxshi jamoasi va „Angliya Futbol ligasi“ mavsumining eng yaxshi jamoasi deb topilgan.
Maddison 2017—2019-yilgacha, 21 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasida oʻynagan va 2019-yilda kattalar jamoasida bir marta maydonga tushgan.
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maddison Gʻarbiy Midlend shtatining Coventry shahrida tugʻilib oʻsgan[6]. Uning bobosi va buvisi orqali irlandiyalik qarindoshlari bor[7].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Coventry City
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maddison „Coventry City“ yoshlar jamoasiga qoʻshildi va 2013—2014-yilgi mavsumda asosiy jamoa tarkibiga kiritildi[8], lekin u maydonga tushmadi. U 2014-yilning avgustida debyutini oʻtkazgan va Liga Kubogida „Kardiff City“ga 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan[9]. Maddison oʻzining ligadagi debyutini yana zaxirada oʻtkazdi, „Bristol City“ga qarshi uydagi 3:1 hisobida magʻlub boʻldi va keyingi oʻyinda „Oldham Atletic“ga qarshi birinchi ligani boshladi.
2014-yil noyabr oyida u oʻzining uch yarim yil davom etgan birinchi professional shartnomasini imzoladi[10]. 2014—2015-yilgi mavsumning koʻp qismini zaxirada oʻtkazgan, „Donkaster Rovers“ga qarshi oʻyinda, jamoa magʻlubiyati paytida, qizil kartochka olib maydonni tark etdi[11][12].
Norwich City
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maddison 2016-yilning 1-fevralida nomaʼlum toʻlov evaziga Premyer-liganing „Norwich City“ klubi bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi, ammo 2015—2016-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun darhol „Coventry City“ga ijaraga berildi[13].
Maddison 2016-yilning 23-avgustida „Norwich“ safida oʻzining sobiq jamoasi „Coventry“ga qarshi Angliya kubogi bahsida debyut qildi[14]. 2016-yil 31-avgustda Maddison 2016—2017-yilgi mavsumning birinchi qismi uchun Shotlandiya Premyer-ligasining „Aberdeen“ klubiga ijaraga berildi[15]. U „Inverness Thistle“ga qarshi oʻyinda debyut qildi, keyin esa „Dandi“ga qarshi yakuniy 3:1 hisobida gʻalaba bilan tugagan oʻyinda maydonga tushdi va gol urdi[16]. U 25-sentabr kuni „Reynjers“ga qarshi soʻnggi daqiqada gʻalaba qozondi[17].
Aberdeendagi ijara muddatidan qaytgach, Maddison 2017-yil 17-aprelda Norwich uchun uzoq kutilgan ligada debyut qildi, ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushdi va „Preston North End“ga qarshi oʻyinda 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Maddison iyun oyida yangi toʻrt yillik shartnoma imzoladi[18]. Yangi bosh murabbiy Daniel Farke kelishi bilan Maddison 2017—2018-yilgi mavsumda jamoada muntazam maydonga tushdi[19]. Shuningdek Liga chempionatida mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini oldi[20].
Leicester City
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Maddison 2018-yil 20-iyun kuni Premyer-liganing „Leicester City“ klubi bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi, uning maoshi 20 funt sterling atrofida edi[21]. U Premyer-ligadagi ilk golini, 18-avgust kuni „Wulverhampton“ga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi[22][23][24].
2020-yil 27-sentabr kuni Maddison ligada „Manchester City“ga qarshi oʻyinda (5:2) jarima maydonchasi tashqarisidan gol urdi va keyinchalik Premyer-ligada oyning eng yaxshi goli deb topildi[25][26].
2021-yil 11-aprelda Maddison COVID-19 protokollarini buzgani uchun „West Ham United“ga qarshi oʻyinda „Leicester“ tarkibidan chetlatilgan uch futbolchidan biri edi[27].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maddison 2016-yilning mart oyida Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga kiritilgan[28], ammo jarohati tufayli oʻynay olmadi[29]. U 2017-yil noyabr oyida Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga ilk chaqiruvini oldi[28] va 2019-yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionati saralashida Ukrainaga qarshi debyut qildi[30]. U 2018-yilning oktyabr oyida Xorvatiya va Ispaniyaga qarshi UEFA Millatlar Ligasi oʻyinlari uchun kattalar jamoasiga birinchi chaqiruvni oldi[31].
2019-yil 27-may kuni Maddison Angliyaning 2019-yilgi 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati[32] uchun Angliyaning 23 kishilik tarkibiga kiritildi va 24 iyun kuni San-Marino stadionida Xorvatiya bilan 3:3 hisobidagi durang oʻyinda oʻz mamlakati uchun ilk golini kiritdi[33].
Maddison 2019-yil oktyabr oyida kasallik tufayli kattalar tarkibini tark etgan edi[34]. Keyinchalik uni kazinoga tashrif buyurganida koʻrishgan, garchi uning xatti-harakatini klub menejeri Brendan Rojers himoya qilgan[35][36].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maddison va uning turmush oʻrtogʻi Kennedi Aleksa 2021-yil iyul oyida Leo ismli oʻgʻil koʻrdi[37]. Leoning choʻqintirgan otasi Maddisonning Leicesterdagi sobiq jamoadoshi Ben Chelwelldir[38].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Klub | mavsum | Liga | Angliya kubogi | Liga kubogi | Yevropa | Boshqa | Jami | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| Coventry City | 2013—2014 | Birinchi liga | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 0 | 0 | |
| 2014—2015 | Birinchi liga | 12 | 2 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | 4 | 0 | 18 | 2 | ||
| 2015—2016 | Birinchi liga | 23 | 3 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 0 | 0 | 24 | 3 | ||
| Jami | 35 | 5 | 1 | 0 | 2 | 0 | — | 4 | 0 | 42 | 5 | |||
| Norwich City | 2016—2017 | Chempionship | 3 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | — | 4 | 1 | ||
| 2017—2018 | Chempionship | 44 | 14 | 2 | 0 | 3 | 1 | — | — | 49 | 15 | |||
| Jami | 47 | 15 | 2 | 0 | 4 | 1 | — | — | 53 | 16 | ||||
| Norwich City U23 | 2016—2017 | — | — | — | — | — | 1 | 1 | 1 | 1 | ||||
| Aberdeen (Ijara) | 2016—2017 | Shotlandiya Premyer-ligasi | 14 | 2 | — | 3 | 0 | — | — | 17 | 2 | |||
| Leicester City | 2018—2019 | Premyer-liga | 36 | 7 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | — | 38 | 7 | ||
| 2019—2020 | Premyer-liga | 31 | 6 | 2 | 0 | 5 | 3 | — | — | 38 | 9 | |||
| 2020—2021 | Premyer-liga | 31 | 8 | 4 | 1 | 1 | 0 | 6 | 2 | — | 42 | 11 | ||
| 2021—2022 | Premyer-liga | 35 | 12 | 2 | 1 | 2 | 1 | 13 | 4 | 1 | 0 | 53 | 18 | |
| 2022—2023 | Premyer-liga | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 1 | 0 | |||
| Jami | 134 | 33 | 9 | 2 | 9 | 4 | 19 | 6 | 1 | 0 | 172 | 45 | ||
| Karyerada jami | 230 | 55 | 12 | 2 | 18 | 4 | 19 | 6 | 6 | 1 | 285 | 69 | ||
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
|---|---|---|---|
| Angliya | 2019 | 1 | 0 |
| Jami | 1 | 0 | |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Leicester City
Shaxsiy yutuqlari
- EFL oyining eng yaxshi yosh futbolchisi: 2018-yil yanvar[41].
- Yilning PFA jamoasi: 2017—2018[42].
- Norwich City mavsumining eng yaxshi futbolchisi: 2017—2018[19].
- Leicester City yilning eng yaxshi futbolchisi: 2021—2022[43].
- Anliya Futbol ligasining mavsum jamoasi: 2017—2018[44].
- Premyer-ligada oyning eng yaxshi goli: 2020-yil sentyabr[45].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Premier League clubs publish 2019/20 retained lists“. Premier League (2020-yil 26-iyun). Qaraldi: 2020-yil 10-iyul.
- ↑ „James Maddison“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
- ↑ „James Maddison: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
- ↑ Sharpe, James. „James Maddison 'one of most exciting young talents in English football' says Claude Puel“ (2018-yil 20-iyun). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
- ↑ „England's matches: The under 21's: 2010–20“. England Football Online (2019-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 14-noyabr.
- ↑ „James Maddison“. The Football Association. Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Leicester star James Maddison considering international switch to Republic of Ireland“. belfasttelegraph.co.uk. Independent News & Media (2019-yil 24-avgust). Qaraldi: 2020-yil 11-mart.
- ↑ Crowley. „Pressley stays unchanged for Stevenage“. Coventry City F.C. (2013-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
- ↑ Connoll. „Match report: Coventry City 1–2 Cardiff City“. Coventry City F.C. (2014-yil 13-avgust). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
- ↑ Joyce. „Coventry City midfielder James Maddison signs a three-and-a-half-year deal with the club“. Coventry City F.C. (2014-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Doncaster Rovers 2–0 Coventry City“. BBC Sport (2014-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
- ↑ Turner, Andy. „Sky Blues starlet James Maddison struggling to be fit for FA Youth Cup game at Manchester City“. Coventry Telegraph (2015-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Transfer news: City sign Coventry's James Maddison“. Norwich City F.C. (2016-yil 1-fevral). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Norwich 6-1 Coventry“. BBC (2016-yil 23-avgust). Qaraldi: 2022-yil 29-mart.
- ↑ „Norwich City midfielder James Maddison joins Aberdeen on loan“. BBC Sport (2016-yil 31-avgust). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
- ↑ Young, Chick. „Dundee 1–3 Aberdeen“. BBC Sport (2016-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
- ↑ Ralston, Gary. „Aberdeen 2 Rangers 1: James Maddison hits perfect free-kick to win it for Dons – three things we learned“. Daily Record (2016-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
- ↑ „James Maddison signs new deal with the Canaries“ (en-gb). www.canaries.co.uk. 2019-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-fevral.
- 1 2 „James Maddison: It's one of the best awards you can get“. Norwich City F.C. (2016-yil 28-aprel). 2019-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
- ↑ „EFL awards: Tom Cairney, Ruben Neves & Ryan Sessgenon on Championship shortlist“. BBC Sport (2018-yil 4-aprel). Qaraldi: 2018-yil 4-aprel.
- ↑ „Leicester sign midfielder James Maddison from Norwich on five-year deal“. BBC Sport (2018-yil 20-iyun). Qaraldi: 2018-yil 2-iyul.
- ↑ Poole, Harry. „Leicester City 2–0 Wolverhampton Wanderers“. BBC Sport (2018-yil 18-avgust). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
- ↑ Mann, Mantej. „Leicester City 3–1 Huddersfield Town“ (2018-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Maddison agrees new Leicester deal“. BBC Sport.
- ↑ „Man City 2–5 Leicester: Jamie Vardy scores hat-trick in stunning Foxes victory over Man City“ (en). Sky Sports. Qaraldi: 2021-yil 5-mart.
- ↑ „Maddison strike voted September 2020's Budweiser Goal of the Month“ (en). www.premierleague.com. Qaraldi: 2021-yil 5-mart.
- ↑ „James Maddison among Leicester players dropped for Covid-19 breach“. BBC Sport (2021-yil 11-aprel). Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- 1 2 Veevers. „The England U21s squad to face Ukraine in Kiev has been named by boss Aidy Boothroyd“. The Football Association (2017-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
- ↑ Maddison. „England U21s newboy James Maddison gives us his story after first call-up to squad“. The Football Association (2017-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Ukraine U21 0–2 England U21“. BBC Sport (2017-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
- ↑ „James Maddison, Jadon Sancho and Mason Mount named in England squad“. BBC Sport (2018-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
- ↑ „ENGLAND U21S SQUAD NAMED BY AIDY BOOTHROYD FOR THIS SUMMER'S EURO FINALS IN ITALY“. The Football Association (2019-yil 27-may). Qaraldi: 2019-yil 19-iyun.
- ↑ „England U21 3–3 Croatia U21“. BBC Sport (2019-yil 24-iyun). Qaraldi: 2019-yil 25-iyun.
- ↑ „James Maddison: England and Leicester midfielder withdraws from Euro 2020 qualifiers squad“. BBC Sport (2019-yil 10-oktyabr).
- ↑ „James Maddison: Leicester boss Brendan Rodgers backs midfielder after casino 'mistake'“. BBC Sport (2019-yil 17-oktyabr).
- ↑ McNulty, Phil. „England 7–0 Montenegro“. BBC Sport (2019-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 14-noyabr.
- ↑ „Footballer James Maddison cradles his newborn son Leo in adorable snap“ (en-US). DUK News. 2021-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
- ↑ Abbott. „Ben Chilwell shares touching family moment with James Maddison after game“ (en). LeicestershireLive (2021-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 29-dekabr.
- ↑ McNulty, Phil. „Chelsea 0–1 Leicester City“. BBC Sport (2021-yil 15-may). Qaraldi: 2021-yil 16-may.
- ↑ Hafez, Shamoon. „Leicester City 1–0 Manchester City“. BBC Sport (2021-yil 7-avgust). Qaraldi: 2021-yil 8-avgust.
- ↑ „Norwich City: James Maddison rewarded for fine January form“. English Football League (2018-yil 9-mart). Qaraldi: 2019-yil 19-iyun.
- ↑ „PFA Championship Team of the Year: Wolves & Fulham trios named in line-up“. BBC Sport (2018-yil 18-aprel). Qaraldi: 2018-yil 5-may.
- ↑ „Maddison & O’Brien Scoop POTS Prizes At LCFC End Of Season Awards“. Leicester City F.C. (2022-yil 16-may). Qaraldi: 2022-yil 17-may.
- ↑ „#EFL2018: EFL Awards“. English Football League (2018-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 19-iyun.
- ↑ „Maddison strike voted Budweiser Goal of the Month“. Premier League (2020-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 9-oktyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „James Maddison“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- James Maddison Tottenham Hotspur F. C. saytida
- James Maddison FA saytida
- James Maddison – UEFA musoboqalardagi natijalari (arxivlangan)
- 23-noyabrda tugʻilganlar
- 1996-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Angliyalik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Coventry City F.C. futbolchilari
- Norwich City F.C. futbolchilari
- Aberdeen F.C. futbolchilari
- Leicester City F.C. futbolchilari
- Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari
- Angliya futbol ligasi futbolchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari
- Angliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
