Jahon energetikasi geografiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sanoat jahon,turli mintaqa va davlatlar iqtisodiyotining yetakchi tarmog'i hisoblanadi.Uning tarmoqlari orasida yoqilg'i-energetika tarmog'i alohida o'rin egallaydi.Elektr energetika sanoatning muhim tarmog'i hisoblanib,boshqa sohalarning rivoji uchun asos yaratib beradi.Shu sababli mazkur tarmoq so'nggi yillarda tez sur'atlarda rivojlanmoqda.Neft,ko'mir,gaz va elektr energetika sanoatlari yoqilg'i-energetika majmuasining asosiy tarmoqlaridir.

Neft sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]

So'nggi 70 yil mobaynida jahonda neft qazishning yalpi hajmi 8,5 barobarga ortgan.Neftga bo'lgan talab yuqoriligi sababli dengiz sayozligida neft havzalari(masalan,Shimoliy dengiz,Meksika,Gvineya,Kaliforniya ko'rfazlari)ham ishga tushirilmoqda.Norvegiya,Buyuk Britaniyada aynan shu hududlar qazib olinadigan neftning 100% ini,AQSHda esa 50% ini beradi.OPEK davlatlari (Angola,Birlashgan Arab Amirliklari,Ekvatorial Gvineya,Eron,Iroq,Jazoir, Kongo,Gabon,Kuvayt,Liviya ,Nigeriya,Saudiya Arabistoni,Venesuela)hududida jahon neft zaxiralarining ⅔ qismi to'plangan bo'lib,ular yillik neft qazishning ⅓ qismini ta'minlab bermoqda. Neftni eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti, qisqartmasi — OPEK (inglizcha: OPEC, The Organization of the Petroleum Exporting Countries) — neft narxini muqobil ushlab turish maqsadida neft qazib oluvchi derjavalar tomonidan yaratilgan kartel hisoblanadi.

OPEC ga a'zo davlatlar.

Ushbu tashkilotga iqtisodiyoti asosan neftni eksport qilishdan tushgan daromadga bogʻliq boʻlgan davlatlar aʼzo hisoblanadi. Tashkilotning asosiy maqsadi — dunyodagi neft narxlari ustidan nazorat olib borish.Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti, OPEK (Organization of Petroleum Exporting Countres, OPEC) — neft qazib olishni va aʼzo mamlakatlarning neft eksporta siyosatini muvofiklashtiruvchi hamda aʼzo mamlakatlar manfaatlarini himoya qiladigan xalqaro tovar tashkiloti. Tashkilot rasman 1960-yilda Venesuela tashabbusi bilan Bagʻdod konferensiyasida tashkil etilgan. Nizomi Karakas (Venesuela)da 1961-yilda qabul qilingan va keyinchalik koʻpgina oʻzgartirishlar kiritilgan. Eron, Iroq, Kuvayt, Liviya muassis mamlakatlar hisoblanadi. Aʼzo mamlakatlar Jazoir, Venesuela, Gabon, Indoneziya, Iroq, Eron, Liviya, Qatar, Kuvayt, Nigeriya, BAA, Saudiya Arabistoni, Ekvador (2003). 20-asrning 80-yillari 2-yarmida bu tashkilotga kirmaydigan mamlakatlar va Saudiya Arabistonidan neft taklifining oʻsishi natijasida OPEKning taʼsiri keskin pasaydi. Hozirgi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda taʼsir doirasi hamon kuchli. Tashkilotning oliy organi — yiliga 2-marta chaqiriladigan konferensiya boʻlib, unda ishtirokchi mamlakatlar ishlab chiqarish strategiyasi va narxlar koʻrib chiqiladi va tasdiklanadi. Idorasi Avstriyada joylashgan.

Vena shahri-OPEC binosi (a)

Hozirgi kunda Janubi-g'arbiy Osiyo,Shimoliy Amerika va Yevropa(MDH bilan birga jahonda qazib olinadigan qora oltin ning deyarli ⅔ qismini bermoqda.Jahondagi yirik neftni qayta ishlash zavodlari yirik neft konlari asosida yoki iste'molchilarga yaqin hududlarda joylashgan.Jahon mintaqalari orasida Yevropa,Shimoliy Amerika,Osiyo davlatlar orasida esa AQSH,Xitoy,Rossiyaneftni qayta ishlash bo'yicha peshqadamlik qiladi.

Gaz sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiiy gaz yoqilg'i sifatida boshqa yoqilg'i turlaridan ekologik jihatdan nisbatan bezarar energiya manbai ekanligi bilan ajralib turadi.Ma'lumotlarga ko'ra, gazning jahon bo'yicha umumiy isbotlangan zaxirasi 188,1 trillion m³ ni tashkil etadi.So'nggi vaqtlarda gaz qazib olish hajmi yildan yilga oshmoqda.

Gaz qazib olish bo'yicha eng yaxshi 5 ta davlat 1980-yil dan 2015- yilgacha

Agar 1950-yil u 200 milliard m³,2000-yil esa 2420 milliard m³ tashkil etgan bo'lsa,2020-yil 3854 milliard m³ ga yetdi.Gaz qazib olish bo'yicha Osiyo,Shimoliy Amerika,Yevropa mintaqalari yetakchi hisoblansa,davlatlar orasida AQSH (914,6 milliard m³),Rossiya (638,5 milliard m³),Eron(250,8 milliard m³),Xitoy(194,0 milliard m³) Qatar(171,3 milliard m³) peshqadamlik qiladi.Jahonning 30 taga yaqin davlatlarida suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi.Qatar,Avstraliya,Malayziya kabi davlatlar ular orasida yetakchilik qiladi.Yaponiya,Xitoy,Koreya Respublikasi suyultirilgan gazning asosiy iste'molchilaridir[1].

Ko'mir sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ko’mir sanoati.Qo’ng’ir va toshko’mir asosan elektr stansiyalarida yoqilg’i sifatida,qora metallurgiya va kimyo sanoatlarida foydalaniladi.E’tiborlisi shundaki,qazib chiqarilayotgan ko’mir asosan o’sha davlatlarning o’zida iste’mol qilinadi,eksportga esa ancha kam qismi chiqariladi.Ishlab chiqarishda neft va tabiiy gazdan keng miqyosda foyldalanish ko’mirga bo’lgan talabning kamayishiga sabab bo’ldi.Ko’mirning aniqlangan zaxiralari 1074,0 milliard tonnani tashkil etgan holda, jahon bo’yicha yillik qazib olish miqdori 7,7 milliard tonnaga teng(2020-yil).Qazib olingan ko’mirning 50%i Xitoy (3,9 milliard t) hissasiga to’g’ri keladi.Hindiston(756,5 milliard t), Indoneziya(562,5 milliard t) AQSH(484,7 million t),Avstraliya(476,7 million t) kabi davlatlar ham shu soha peshqadamlari hisoblanadi. Jahon mintaqalari orasida ko’mir qazib olish hajmi Osiyo, Shimoliy Amerika va Avstraliyada yuqori.

Elektr energetika sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elektr energetika sanoati. Jahonda 2023-yil taxminan (30 trln kW•h) elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.Xitoy (8,7 trln kW•h), AQSH(4,8 trln kW•h), Hindiston(2,8 trln kW•h), Rossiya(1,4 trln kW•h) Yaponiya(1,2 trln kW•h) kabi davlatlar eng ko’p elektr energiyasini ishlab chiqaradi.Elektr energiyasini ishlab chiqarishda an’anaviy(issiqlik,gidro va atom elektr stansiyalari) yo’nalishlar ulushi deyarli 99% ni tashkil etadi.Muqobil energiya manbalarining(quyosh,shamol,suv qalqishi,geyzerlardan olinadigan energiya) salmogʻi esa ancha past.

Issiqlik elektr energetikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Issiqlik elektr energetikasi elektr energetika sanoatining yetakchi tarmog’i hisoblanib,ko’mir,gaz va neft hamda ularning qoldiqlari asosida issiq bug’ va elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Niderlandiya(97%) JAR(91%), Polsha(87%), Ruminiya(83%), Meksika(82%) kabi davlatlarida ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining asosiy qismi IESlarga to’g’ri keladi.Tuoketuo-6,7 GVt quvvatga ega Datang Tuoketuo elektr stantsiyasi [2]Xitoyning Ichki Mo'g'uliston avtonom viloyatida joylashgan.

Dastlab, ko'mirga asoslangan elektr stantsiyasi 2003-2006 yillarda ishga tushirilgan 600 megavatt (MVt) sakkiz blokdan iborat bo'lsa, 2011 yilda ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun 300 MVt quvvatga ega ikkita qo'shimcha qurilma o'rnatildi.

2017-yilda umumiy quvvati 1320 MVt bo‘lgan yana ikkita blok qo‘shilishi bilan stansiya quvvati yana oshirildi.

Yoqilg'i zavoddan 50 km uzoqlikda joylashgan Jung'or ko'mir konidan olinadi.[3]

Tuoketuo
Mamlakat  Xitoy
Joylashuvi Togtoh okrugi,Xoxhot,Ichki Mog'uliston
Egasi Tuoketuo energiya kompaniyasi.
Asosiy tavsifi
Yillik issiqlik energiyasi ishlab chiqarilishi 33,317 TVt/soat
Uskunalar tavsifi
Asosiy yoqilgʻi Birlamchi yoqilg'i- Ko'mir
Xarita

Tayjun(Xitoy),Surget GERS-2(Rossiya)jahondagi eng yirik IESlar hisoblanadi.

Gidro elektr energetika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gidro elektr energetika suv oqimining energiyasini gidravlik turbinalar yordamida elektr energiyasiga aylantirishga tayanadi.GESlar asosan suvi ko’p bo’lgan tog’ daryolariga,vodiylarning toraygan joylariga quriladi. Norvegiya(99%), Braziliya(92%), Albaniya(90%), Kolumbiya(70%) kabi davlatlarda elektr energiyasining asosiy qismi GESlarda ishlab chiqariladi.

Atom elektro stansiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Atom elektro stansiyasi sanoati elektr energetikaning fan-texnika inqilobi davrida vujudga kelgan,murakkab texnologik jarayonlarni o‘zida mujassamlashtirgan tarmog‘i hisoblanadi.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 📗Geografiya [Matn]: 10-sinf uchun darslik / V. Fedorko [va boshq.].. 
  2. „Dunyodagi eng yirik beshta ko'mir elektr stantsiyalari“ (5-may 2021-yil). Qaraldi: 4-sentabr 2023-yil.
  3. „Tuoketuo“ (22-avgust 2020-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2023-yil.