OPEC

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Neftni eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti, qisqartmasi - OPEK (ingl. OPEC, The Organization of the Petroleum Exporting Countries) - neft narhini muqobil ushlab turish maqsadida neft qazib oluvchi derjavalar tomonidan yaratilgan kartel hisoblanadi. Ushbu tashkilotga iqtisodiyoti asosan neftni eksport qilishdan tushgan daromadga bog`liq bo`lgan davlatlar a`zo hisoblanadi. Tashkilotning asosiy maqsadi - dunyodagi neft narhlari ustidan nazorat olib borish.

Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti, OPEK (Organization of Petroleum Exporting Countres, OPEC) — neft kazib. olishni va aʼzo mamlakatlarning neft eksporta siyosatini muvofiklashtiruvchi hamda aʼzo mamlakatlar manfaatlarini himoya qiladigan xalqaro tovar tashkiloti. Tashkilot rasman 1960 y.da Venesuela tashabbusi bilan Bagʻdod kon-ferensiyasida tashkil etilgan. Nizo-mi Karakas (Venesuela)da 1961 y.da qabul qilingan va keyinchalik koʻpgina oʻzgartirishlar kiritilgan. Eron, Iroq, Kuvayt, Liviya muassis mamlakatlar hisoblanadi. Aʼzo mamlakatlar Jazoir, Venesuela, Gabon, Indoneziya, Iroq, Eron, Liviya, Katar, Kuvayt, Nigeriya, BAA, Saudiya Arabistoni, Ekvador (2003).

20-a.ning 80-y.lari 2-yarmida bu tashkilotga kirmaydigan mamlakatlar va Saudiya Arabistonidan neft taklifining oʻsishi natijasida OPEKning taʼsiri keskin pasaydi. Hoz. xalqaro iqtisodiy munosabatlarda taʼsir do-irasi hamon kuchli. Tashkilotningoliy organi — yiliga 2 marta chaqiriladigan konferensiya boʻlib, unda ishtirokchi mamlakatlar i.ch. strategiyasi va narxlar koʻrib chiqiladi va tasdiklanadi. Idorasi Avstriyada joylashgan. [1]

OPEC - nodavlat tashkilot sifatida Bog`dod dagi konferensiyada 10-14 sentyabr 1960 yilda tashkil etilgan. Boshida tashkilot tarkibiga Eron, Iroq, Quvayt, Saudiya Arabistoni va Venesuela kirishgan. Ushbu tashkilotga asos solgan besh davlat tarkibiga keyinchalik yana besh davlat kelib qo`shildi bular : Qatar (1961), Indoneziya (1962), Liviya (1962), Birlashgan Arab Amirligi (1967), Aljir (1969), Nigeriya (1971), Ekvador (1973—1992,2007), Gabon (1975—1994), Angola (2007).

OPEC davlatlari

Boshida OPEC bosh ofisi Jeneva (Shveysariya)da joylashgan edi, keyinchalik 1-sentyabr 1965 yilda Vena (Avstriya) ga ko`chib o`tdi.

OPEC ga a`zo davlatlar 2/3 yaqin dunyo neft zahiralari ustidan nazorat olib borishadi. Ular ulushiga dunyo daromadlaring 40 % yoki dunyo nefti eksportining yarmi to`g`ri keladi.

OPEC bosh ofisi - Vienna

OPEC "Savati"[tahrir]

OPEC "Savati" (OPEC Reference Basket of crudes) atamasi rasmiy ravishda 1987 yil 1 yanvarda kiritilgan. 2005 yil iyun oyi o`rtalarida "savat" narhi neft qazib oluvchi davlatlar tomonidan qazib olininuvchi 11 turdagi neftlar narhlari o`rtacha arifmetik ko`rsatkichi orqali aniqlanadi: Saharan Blend (Aljir), Minas (Indoneziya), Iran Heavy (Eron), Basra Light (Iroq), Kuwait Export (Quvayt), Es Sider (Liviya), Bonny Light (Nigeriya), Qatar Marine (Qatar), Arab Light (Saudiya Arabistoni), Murban (BAA) va BCF 17 (Venesuela)

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir]