Iskandar Mahmudov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Iskandar Mahmudov
Tugʻilishi 5-dekabr 1963 (1963-12-05) (56 yosh)

Iskandar Mahmudov asli oʻzbek, Rossiyada faoliyat yuritayotgan tadbirkor.

Biografiyasi[tahrir]

Iskandar Mahmudov 1963-yilning 5-Dekabrida Buxoro shahrida tavallud topgan. Iskandar Mahmudovning onasi Universitetda chet tilidan saboq bergan, otasi esa quruvchilik bilan shugʻullangan. Mahmudovlar oilasi keyinchalik Toshkent shahriga koʻchib oʻtadi va Iskandarning kelajagi Toshkent shahrida shakllana boshlaydi. Iskandar Mahmudovning chet tillariga boʻlgan qiziqishi uni Toshkent Davlat Sharqshunoslik Institutiga yetaklab keladi. U yerni Arab tili mutahassisi sifatida muvaffaqiyatli bitirib, olgan bilimlarini sobiq Sovet Ittifoqi davrida barpo etilgan Liviya va Iroqdagi turli harbiy, arxitektura va quruvchilik tashkilotlarida ishga soladi.[1]

Iskandar Mahmudovning savdo-sotiq boʻyicha ilk tajriba va faoliyati mamlakat uchun kerakli boʻlgan hom-ashyolarni topib, sotib olish bilan shugʻullanuvchi tashkilot — „Uzbekintorg“da oʻz aksini topadi. Mahmudov keyinchalik Rossiyaning Moskva shahriga koʻchib oʻtadi va u yerda oʻzining eski qadrdoni va vatandoshi boʻlgan Mixail Cherniy bilan topishadi. Iskandar oʻzining tadbirkorlikdagi katta qadamlarini Cherniy va aka-uka Rubenlar bilan birgalikda, bir vaqtlar Rossiyaning eng yirik metal savdosi tashkiloti boʻlgan Trans World Groupda boshlaydi. Ozgina vaqt oʻtmay, bu tashkilotdan ketib, mis savdosi bilan alohida shugʻullana boshlaydi. Bu bozordagi kerakli aloqalarni oʻz vaqtida oʻzlashtira olishi, Mahmudovning kelajakdagi metal sohasidagi faoliyatlari uchun yoʻlakcha boʻlib hizmat qiladi.

Mehnat faoliyati[tahrir]

  • 1991-1994-yillar davomida Iskandar Mahmudov Alis tashkilotining Marketing boʻlim boshligʻi oʻrinbosari sifatida hizmat qiladi.
  • 1994-yildan 1996-yilgacha esa, mis rudasini qazib chiqarishda ilgʻorlardan boʻlgan Gayski konchilik kompaniyasining bosh boshqaruvchisi sifatida faoliyat olib boradi.
  • 1999-yilda Iskandar Mahmudov bir nechta safdoshlari bilan birgalikda Ural Konchilik va Metallurgiya Kompaniyasiga(UKMK) asos soladi va shu tashkilotga bugungi kungacha rahbarlik qilib kelmoqda.

Mahmudov UKMKning eng yirik aksiyadori hisoblanadi. UKMK hozirda Rossiyaning ikkinchi eng katta mis ishlab chiqaruvchi korhonasidir.

  • 2001-yildan boshlab, „Sayan“ savdo-sotiq bankining Rahbarlar yigʻilishi aʼzosi sifatida ham qatnashib kelmoqda.

Turli maʼlumotlarga koʻra, Mahmudov imperiyasi Rossiyaning yirik va koʻzga koʻringan konchilik va metallurgiya korhonalarini oʻz ichiga qamrab olgan. Bulardan: „Uralelektromed“, „Kachnarski konchilik va toʻplash kompleksi“, „Vanadium“ „Srednouralskiy mis eritish korhonasi“larni taʼkidlab oʻtish oʻrinlidir. Iskandar Mahmudov boshqaruvidagi korhonalar Rossiyadagi mis ishlab chiqarish sanoatining qariyb 1/2 ulushiga hissa qoʻshadi. Mahmudov Rossiyaning eng yirik lokomotiv, vagon va boshqa temir-yoʻl odam va yuk tashish vositalarini ishlab chiqarish zavodlaridan biri boʻlgan TransMashHolding tashkilotining eng yirik aksiyadori va rahbari sifatida ham tilga olinadi.

Shaxsiy hayoti[tahrir]

Iskandar Mahmudov ikki marta uylangan boʻlib, birinchi turmushidan bitta oʻgʻli bor.

Hayriya faoliyati[tahrir]

Iskandar Mahmudov 2001-yildan beri, sogʻliqni saqlash va meditsina, uy-joy bilan taʼminlash, yetimxonalar, qariyalar uyi va urush veteranlariga koʻmaklashish yoʻnalishidagi turli loyihalar uchun $1 milliarddan koʻproq pul ajratgan[2].

Manbalar[tahrir]