Kontent qismiga oʻtish

Iqbol Olimjonova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iqbol Olimjonova

"Radio va televideniye" biografik kitobidan olingan surati
Tavalludi
Iqbol Alimjanova

12-aprel 1937-yil (1937-04-12) (87 yosh)
Taʼlimi Toshkent tibbiyot insituti
Kasbi shifokor
Millati O'zbek

Iqbol Olimjonova(Ikbol Yunusova)O'zbekiston televideniyesi tarixidagi birinchi suxandon (diktor)[1][2].

Iqbol Olimjonova — 1937-yil Toshkent shaxrida tug'ilgan. Asli kasbi shifokor, Toshkent tibbiyot insitutitini tamomlagan. Sinovlar asosida boshlovchilik qilgan, lekin oilaviy muammolar sabab 1958-yilda Moskva ko'chib ketgan va tibbiyot sohasini davom ettirib tibbiyot fanlari nomizodi ilmiy darajasiga ega bo'lgan[2].

O‘zbekiston televedeniyesining birinchi direktori Mirsolih Mirazamov xotiralariga ko'ra: Iqbol Olimjonovaning suxandonik qilishining ma'lum tarixi bor. Xullas, 1956-yil 5-noyabr kuni televideniye tarixida birinchi ko'rsatuv efirga uzatiish rejalashtirilgan, amma o‘sha paytlarda yangilik bo'lgan bu soha uchun biron bir mutaxasis topish muammo, xatto efirni ochib beradigan diktor ham bo'lmagan, shunda oliy o'quv dargohi talabalari orasidan suxandon izlash boshlangan. Bu mas'uliyatli ish televideniyening birinchi muharirlaridan biri Jonrid Abdullaxonovga topshirilgan. U bilan rejissor Armug‘on Muhammedov vertolyotda Toshkent tibbiyot insituti jamoasi paxta terayotgan Bo‘ka tumaniga borishgan. Ular juda ko'p yigit-qizlar bilan suhbatlashib, ko‘rinishi, ovozi, nutqi, intelektual jihatlarini sinovdan o'tkazib nihoyat diktorlikga Iqbol Olimjonovani tanlashgan. Ushbu tarixiy jarayon tufayli televideniye tarixidagi dastlabki diktor (garchi u ko'p faoliyat ko'rsatmagan bo'lsa-da), Iqbola Olimjonova bo'lib qolgan" - deya xotirlaydi. 1956-yil televideniyening ilk efirida Iqbol Olimjonova tomonidan aytilgan[1] ilk so'zlari:

Hurmatli o‘rtoqlar! Bugun barchamizda nihoyatda quvonchli kun. Shu daqiqadan boshlab, nafaqat O‘rta Osiyoda, balki Sharqda ilk telemarkaz o'z ishini boshladi[2].

Bu diktorni hamkasblari "Afsonaviy suxandon" deb atashgan, chunki ilk bor televideniyening ochilishida boshlovchilik qildi va bu imkoniyat uchun 500dan ortiq talabgorlar orasidan saralab olindi. Shunday bo'lishiga qaramay u televideniyeda ko'p vaqt ishlamadi ikki yildan so'ng Moskvaga uchib ketdi. U yerda o'zining tibbiyot sohasini davom ettirdi.

  1. 1,0 1,1 Hayitov, Shuhrat. Televideniye mening taqdirimda, Ijod Press, Toshkent: Ijod Press, 2022 — 37-bet. ISBN 978-9943-8132-8-1. 
  2. 2,0 2,1 2,2 Alisher Xadjayev, Shuhrat Hayitov. Radio va Televideniye, Ijod Press, Toshkent: Ijod Press, 2022 — 240-241-betlar-bet. ISBN 978-9943-8132-7-4.