Telemarkaz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Telemarkaz, televizion markaz — televizion dasturlarni tayyorlash va uzatish uchun moʻljallangan inshootlar va texnika vositalari majmui. Asosiy tarkibiy boʻlinmalari — apparatstudiya kompleksi; koʻchma televizion styalar va Kuchma videoyozuv Apparatxonadagi jihozlar. styalari. Apparatstudiya kompleksiga telestudiya, texnik apparatxonalar (telestudiya joylashgan televizion kameralardan keladigan videosignallarni kuchaytiruvchi va oʻzgartiruvchi jihozlar boʻladi), rejissyorlik xonalari (videonazorat qurilmalari boʻladi), telekinoproyeksion apparatxonalar (telekinouzatkichlar boʻladi) va videoyozuv apparatxonalari kiradi. T.da yoritish sexi, boshqa sex va qoʻshimcha xizmatlar (pardozxonalar, kiyim tanlash xonalari, musiqa tanlash xizmati va boshqalar) boʻladi. T.dan uzatiladigan teledasturlar televizion styaga tushadi, bu stya teleminorada joylashgan antennasi orqali tasvir va tovush signallarini efirga uzatadi. Teledasturlarni rangbarang qilish, bezash ishlarida dizayn, kompyuter grafikasidan keng foydalaniladi. T.da xususiy televizion dasturlar tayyorlash bilan birga xalkaro aloka vositalari orqali boshqa shaharlarning teledasturlarini ham qabul qilib, retranslyatsiya qilish mumkin. Oʻzbekistonda Toshkent va Nukus shaharlarida hamda barcha viloyatlarning markazlarida T. bor. Eng yirik T. — Oʻzbekiston Respublikasi Telemarkazi Toshkent shahrida joylashgan. U 1956 yilda tashkil qilingan. Uning asosiy vazifasi Oʻzbekiston televideniyesi kanallari tomonidan tayyorlangan koʻrsatuvlarni texnikaviy jixatdan taʼminlab efirga uzatishdan iborat. Markaz bir kechakunduzda 52 soat koʻrsatuvlarni efirga uzatishni taʼminlaydi. Yangi raqamli markaziy apparatxona va umumiy maydoni 600m2 boʻlgan 5 kamerali studiya qayta jihozlanib ishga tushirildi, 8, 6 va 4 kamerali raqamli koʻchma televizion stya mavjud (2004).