Iosif Notkin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iosif Isakovich Notkin
Tavalludi 1928-yil 15-may (94 yosh)
Odessa, SSSR
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi SSSR
Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Isroil Isroil
Ish joylari Toshkent, Samarqand, Xiva
Institutlar TDTU

Iosif Isakovich Notkin (1928-yil 15-mayda tugʻilgan, Odessa, SSSR) — sovet meʼmori, arxitektura tarixchisi, shaharsoz va restavrator.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iosif Isakovich Notkin Odessada yahudiy oilasida tug‘ilgan[1]. 1950-yilda Toshkentdagi Oʻrta Osiyo politexnika institutini (hozirgi Toshkent Davlat texnika universiteti) tamomlagan. Arxitektura fanlari doktori (1982), Xalqaro arxitektura akademiyasining muxbir aʼzosi (1992). Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan meʼmor (1988). 1972—1992-yillarda Toshkentshaharsozlik ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti boʻlimini boshqarib, Oʻzbekistonning tarixiy shaharlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha keng qamrovli ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullangan. Oʻrta Osiyo tarixi, arxitekturasi va shaharsozlik boʻyicha yuzdan ortiq nashr etilgan asarlar muallifi. 1996-yilda Isroilga muhojirlik qilgan va hozirda Quddusda istiqomat qiladi.

Tanlangan ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tanlangan nashrlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rus tilida:

  • Notkin I.I. Usto Shirin Murodovning Buxoro ganch o‘ymakorligi. Toshkent: Oʻzbekiston SSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti. 1961-yil
  • Notkin I.I. Qadimgilar sanʼati. Toshkent: „O‘zbekiston“ nashriyoti, 1967-yil
  • Notkin I.I. Oʻzbekiston meʼmoriy kulolchilik buyumlari. Tahrirlangan. Toshkent: Fan, 1968-yil
  • Notkin I.I. Tosh-hovli saroyi. Toshkent: „O‘zbekiston“ nashriyoti, 1976-yil
  • Notkin I.I. Paxlavon Mahmud maqbarasi. Toshkent: „O‘zbekiston“ nashriyoti, 1977-yil
  • Notkin I.I. Xiva minoralari. Toshkent: „O‘zbekiston“ nashriyoti, 1978-yil
  • Bulatova V.A., Notkin I.I. Xiva arxitektura yodgorliklari (yo‘l ko‘rsatuvchi kitob). Toshkent: „O‘zbekiston“ nashriyoti, 1965-yil


Inglizchada:

  • Notkin, II 1989. Genotypes of Spatial Form in the Architecture of the East. In Muqarnas VI: An Annual on Islamic Art and Architecture. Oleg Grabar (ed.). Leiden: E.J. Brill[2].
  • Notkin I.I. 1995. Decoding Sixteenth-Century Muqarnas Drawings. In Muqarnas Volume XII: An Annual on Islamic Art and Architecture. Leiden: E.J. Brill[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]