Kontent qismiga oʻtish

Imom Dur maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Imom Dur maqbarasi yoki Qubba Imom Al-Dur (arabcha: قبة امام الدور) Iroqdagi Uqaylidlar davriga oid maqbara[1]. USamarradan yigirma kilometr shimolda Saladin gubernatorligida joylashgan.

Maqbara qurilishi 11-asrga toʻgʻri keladi va dastlab saljuqiylar saroyi tomonidan boshqarilgan, u asosan sunniy muassasa boʻlgan[2]. Maqbaraning me'mori Abu Shokir ibn Abu al-Faraj edi. Bino arkalari Abu Jafar Muhammad tomonidan qurdirilgan[3]. Maqbaraning qurilishi 1094-yilgacha davom etgan. Maqbara muqarnas gumbazli binoning eng qadimgi namunasi bo'lgan[4]. Maqbaraning qonuniy qo'riqchisi yoki mutavallisi Qozi Mu'nis ibn Hamdon bo'lib, bu vazifani Hasan ibn Rofiy egallagan[5].

Bir paytlar maqbara yonida masjid qurilgan, ammo XX asrda sayohatchilar tomonidan olingan fotosuratlarida faqat maqbaragina bo'lgan[6].

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Imom Dur maqbarasi joylashgan joy devor bilan oʻralgan[7].

Maqbara binosi kub shaklida boʻlib, yuqori qismi muqarnas gumbaz bilan qoplangan. Muqarnas gumbazining asosi pishiq g'ishtdan yasalgan, har bir burchagida bittadan ustunlar bilan mustahkamlangan baland kubik shaklida. Banna'i bezaklari har bir ustunni va poydevorning tepasida bir tasma ko'rinishida joylashtirilgan[8]. Kubning tepasida baland, sakkiz burchakli baraban ustida joylashgan muqarnas gumbazi bo'lgan. Gumbazning qobig'i tobora torroq bo'lib borgan sakkiz burchakli barabanlardan iborat[9].

Qabr xonasiga binoning shimoliy tomonidagi eshik orqali kiriladi. Muqarnas gumbazlarning eng balandining ichki qismi kannelyura bilan bezatilgan[10].

Dafn qilingan insonning shaxsiyati bahsli[11]. Maqbaraning tashqi tomonidagi yozuvda bu bino Ad-Davrning katta olimi va yettinchi shia imomi Muso al-Kozimning o‘g‘li Abu Abdulloh Muhammad Durriyning qabri ekanligi aytiladi[12]. U 838-yilda dafn etilgan. Yana bir yozuvda dafn etilgan shaxs Uqaylid amiri, 1085-yilda vafot etgan Sharaf ad-Davla Muslim ibn Quraysh ekanligi aytiladi[13].

Imom Dur maqbarasi 2014-yil 23-oktabrda Iroq va Shom Islom Davlati tomonidan portlatilgan[14][15].

2016-yildan boshlab rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

  1. „Archnet“. www.archnet.org. Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.
  2. „Archnet“. www.archnet.org. Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.
  3. „Archnet“. www.archnet.org. Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.
  4. „Archnet“. www.archnet.org. Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.
  5. „Archnet“. www.archnet.org. Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.
  6. „Archnet“. www.archnet.org. Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.
  7. „Archnet“. www.archnet.org. Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.
  8. „Archnet“. www.archnet.org. Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.
  9. „Archnet“. www.archnet.org. Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.
  10. „Archnet“. www.archnet.org. Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.
  11. „Archnet“. www.archnet.org. Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.
  12. „Archnet“. www.archnet.org. Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.
  13. „Archnet“. www.archnet.org. Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.
  14. Hardy. „The First Shrine of Its Kind in Iraq Is Destroyed“ (en-US). Hyperallergic (2014-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-iyun.
  15. „Archnet“. www.archnet.org. Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.