Ilyos Mallayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ilyos Mallayev

Ilyos Mallayevning Nyu York shahri Yahudiy qabristondagi qabri
Asl ismi Ilyamani Malayev
Tavalludi 12-yanvar 1936-yil
Vafoti 2-may 2008-yil(2008-05-02)
(72 yoshda)
Nyu-York, AQSH.
Kasbi Shoir, qoʻshiqchi, dramaturg, bastakor.
Ijod qilgan tillari Rus tili
Fuqaroligi SSSR
Turmush oʻrtogʻi Muhabbat Shamayeva

Ilyos Mallayev (12-yanvar 1936-yil, Marv, Turkmaniston – 2-may 2008-yil, Nyu-York, AQSH) — oʻzbek-yahudiy shoiri, xonanda, dramaturg, soʻz ustasi va bastakor. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist. Oʻzbekiston xalq artisti Muhabbat Shamayevaning turmush oʻrtogʻi.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilyos Mallayev (Ilyamani Malayev) Turkmaniston SSRning Marv shahrida yahudiy oilasida dunyoga kelgan. Uning ota-onasi Efraim va Yelizaveta Malayevlar.

Shoir, dramaturg, bastakor, mohir sozanda va soʻz ustasi, Shashmaqom bilimdoni, yahudiy ziyolisi Ilyos Mallaev oilasi bilan Oʻzbekistondan AQSHga 1992-yilda doimiy yashash uchun koʻchib ketgan. Nyu-Yorkda u rasman “Shashmaqom” ansamblini tuzadi. Uning rafiqasi, Oʻzbekiston xalq artisti Muhabbat Shamayeva ansambl solistlaridan biri boʻlgan.

Turkmaniston SSRning Marv shahrida tugʻilgan boʻlsa-da, Ilyos Mallaev oʻzining koʻplab qoʻshiqlarida oʻzbek xalqini madh etgan. U oʻzbek xalqining cheksiz mehrini qozongan, el-u yurtga tanilgan sanʼatkor edi: katta-yu kichik uning muxlisi boʻlgan.

Uning sheʼriyat borasidagi ijodi “Shiru shakar/Sut va shakar/Devon” oʻzbek va tojik tillarida yozilgan sheʼrlar toʻplamida oʻz aksini topgan.

Ilyos Mallaev rus, fors, arman, ozarbayjon, tojik, oʻzbek va buxoro-yahudiy tillarini bilgan.

Ilyos Mallaev 2-may 2008-yilda Nyu-Yorkda pankreatik bez saratonidan vafot etdi. Shoir 4-may kuni Nyu-Yorkning Queens yahudiy “Mount Carmel” qabristonida dafn etildi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mallayev, Ilyos. Shiru shakar. She'rlar. Nyu-York shahrida, 1994.
  • Mallayev, Ilyos. Sadoi dil/Qalb sadosi/Devon. She'rlar. Nyu-York shahrida, 1996.