Humus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Humus (hummus, xomus, hommus; arabcha: حُمُّص[1]) noʻxat pyuresidan tayyorlanadigan gazak boʻlib, uning tarkibi: kunjut pastasi, zaytun yog'i, sarimsoq, limon sharbati hamda qizil qalampirdan iborat.

Arab tilida “hummus” soʻzi yashil noʻxat oʻsimligi degan maʼnoni anglatadi. Oʻtmishda Yaqin Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan, bugungi kunga kelib u butun dunyoga mashhur boʻldi. U mustaqil taom yoki sous sifatida isteʼmol qilinadi. Tarkibi va tayyorlash usuliga koʻra masabaha, meshasha taomlariga oʻxshaydi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Humusning tayyorlanish yoʻriqnomasi XIII-asrda arab oshxonasi kitoblarida paydo boʻlgan. Taom eng koʻp Yaqin Sharq mamlakatlarida Isroil, Suriya, Livan, Iordaniya, Turkiya, shuningdek Gretsiya va Kiprda keng tarqalgan. Sharqda anʼanaviy ravishda pita noni, boshqa mintaqalarda esa baʼzan makkajoʻxori chipslari, non bilan sovuq gazak yoki sous sifatida tortiq qilinadi.

XXI-asrning boshida xumus Amerika Qoʻshma Shtatlarida va boshqa rivojlangan mamlakatlarda vegetarianlar orasida mashhur boʻla boshladi[2].

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Humusning kelib chiqishi Isroildagi yahudiylar va arablar oʻrtasidagi tortishuv nuqtasidir. Isroillik yahudiylar koʻpincha bu taomini oʻzlashtirishadi va "milliylashtirishadi", baʼzida humusni "Isroil milliy taomi" deb atashadi[3]. Tarixchi Dafna Xirshning taʼkidlashicha, baʼzi Falastin taomlari, jumladan, humus, Sharqiy Yevropadan kelgan yahudiy koʻchmanchilari tomonidan Yaqin Sharqda joylashish harakatlarining bir qismi sifatida qabul qilingan. Falastin-Isroil mojarosi, Isroil va qoʻshni arab davlatlari oʻrtasidagi urushlar va yahudiylarning musulmon mamlakatlardan koʻchirilishi isroillik yahudiylar orasida humus taomi mashhurligining oshishiga va uning falastinliklardan kelib chiqishini inkor etishiga olib keldi. Shunga qaramay, soʻnggi yillarda Isroil va boshqa mamlakatlarda humusni maqomini koʻtarish jarayoni sodir boʻldi.

Tarkibi va xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Humus qaynatilgan noʻxatdan tayyorlanadi, ular qoʻlda yoki zaytun yog'i, limon sharbati va kunjut xamiri qoʻshilishi bilan blender yordamida bir xil holga keltiriladi. Taʼbga koʻra ziravorlar (xususan, sarimsoq, tuz, piyoz, maydalangan zira, zaʼatar, chili) qoʻshish mumkin.

Humusga qoʻshilgan mahsulotga qarab, u turli xil lazzatlarga ega boʻlishi mumkin. Humusga mashhur qoʻshimchalar orasida qovurilgan qizil qalampir, sarimsoq, qovurilgan piyoz, qovurilgan pomidor, qaragʻay yongʻoqlari, qovoq pyuresi, oq pishloq, dudlangan paprika, kakao[4].

Humus oʻsimlik oqsili, xun tolasi, toʻyinmagan yogʻlar va temirga boy taom hisoblanadi. Humus retseptlari turlicha boʻlgani uchun, birinchi navbatda, noʻxat va suvning nisbatlariga qarab, uning ozuqaviy qiymati ham oʻzgaradi. Humus 100 gramm uchun taxminan 170 kaloriyani oʻz ichiga oladi va xun tolasi, B6 vitamini va boshqa minerallar manbai hisoblanadi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]