Hazrati Sulton (masjid)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Hazrati Sulton masjidi
qozoqcha: Әзірет Сұлтан мешіті
Hazrati Sulton masjidi
Mamlakat  Qozogʻiston
Shahar Nur-Sulton
Yoʻnalishi sunniy
IDB, muhtasib Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi
Masjid turi Jomeʼ-masjid
Meʼmoriy uslub klassik islom meʼmorchiligi[1]
Binokor Sembol Insaat[2]
Binokorlik 20092012
Asosiy sana:
15.01.2012 — masjidda yongʻin kelib chiqdi
06.07.2012 — jome'-masjid ochildi
Soʻngi imom Serikbay Oraz
Maqomi Qozogʻiston milliy masjidi
Umumiy maydoni 11 gektardan ortiq
Bino maydoni 17 700 m²
Hajmi 5 dan 10 ming kishigacha
Gumbazlar soni 9
Gumbaz balandligi 51 m
Minoralar soni 4
Minoralar balandligi 77 m
Holati amaldagi
Sayt Rasmiy sayt

Koordinatalari: 51°07′30″N 71°28′20″E / 51.12500°N 71.47222°E / 51.12500; 71.47222 G O

Hazrati Sulton (qozoqcha: Әзірет Сұлтан мешіті) - Nur-Sultondagi jome' masjidi, Qozog'istondagi birinchi yirik masjid.

Nomlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elboshi Nursulton Nazarboyev taklifi bilan masjidga “Xazrati Sulton”, ya’ni “Muqaddas Sulton” deb nom berildi. Ma’lumki, “Xazrat Sulton” maqbarasi Turkistonda joylashgan so‘fiy shayx «Devoni hikmat» muallifi Xoja Ahmad Yassaviyning epitetlaridan biridir.

Qurilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid qurilishi 2009-yilning iyun oyida Ostonada boshlangan edi. Turli davrlarda 1000 dan 1500 gacha odam jalb qilingan. 2012-yil 6-iyul kuni soat 12:30da poytaxtning noyob obyektlari qatoriga qo‘shilgan masjidning ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bino klassik islom uslubida, an'anaviy qozoq bezaklari bilan qurilgan. Yesil daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan masjid “Tinchlik va totuvlik saroyi” va “Qozoq eli” yodgorligiga tutash joylashgan. U besh ming namozxonni, bayramlarda esa 10 ming kishini sig‘dira oladi. Hazrati Sulton masjidining butun maydoni 11 gektardan ortiq, binolar maydoni esa 17 700 kvadrat metrni tashkil etadi[3]. "Hazrati Sulton" Qozog'istondagi eng katta gumbazga ega bo'lib, balandligi 51 metr va gumbaz asosining diametri 28,1 metr. Masjidning diametri 10,45 va 7,6 metr, tepalari esa 33,46 va 25,25 metr bo‘lgan sakkizta kichik gumbazlari ham bor. Masjid burchaklarida balandligi 77 metr boʻlgan 4 ta minora oʻrnatilgan. Arxitektura loyihasiga koʻra, ibodatxona toji Makka tomon yoʻnaltirilgan yarimoy bo'lgan 80 metrlik nay boʻlishi kerak edi. Mazkur inshootning funksional imkoniyatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, binoda tahorat va to‘y marosimlari uchun xonalar, Qur’on o‘qish zallari hamda o‘quv-ma’rifiy guruhlar uchun darslar tashkil etilganini ta’kidlash mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, bu muhtasham bino barcha zamonaviy talablarga javob beradi.

Voqealar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2012-yil 15-yanvarda masjidda yong‘in chiqdi[4][5].
  • 2012-yil 6-iyul kuni soat 12:30 da masjidning ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Imomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2011-yildan beri “Hazrati Sulton” jome masjidi bosh imom-xatibi Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi muftiysining birinchi o‘rinbosari Qayrat Joldibayuli bo‘lib kelgan.
  • Serikbay Oraz 2014-yildan buyon “Hazrati Sulton” jome masjidining bosh imom-xatibi lavozimida ishlab kelmoqda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]