Fantastik maxluqlar (film)
Fantastik maxluqlar | |
---|---|
Fantastic Beasts and Where to Find Them | |
![]() Oʻzbekcha chiqishli poster | |
Rejissor | David Yates |
Produser | |
Ssenariynavis(lar) | J. K. Rowling |
Rollarda | |
Bastakor | James Newton Howard |
Kinematografiya | Philippe Rousselot |
Muharrir | Mark Day |
Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar |
|
Distributor | Warner Bros. Pictures[1] |
Premyera | |
Davomiyligi | 133 daqiqa[2] |
Mamlakatlar | |
Til | inglizcha |
Budjet | $180 million[5] |
Daromad | $814 million[6] |
Fantastik maxluqlar (inglizcha: Fantastic Beasts and Where to Find Them; toʻliq nomi Fantastik maxluqlar va ularni qayerdan topish mumkin) — 2016-yilda Warner Bros. Pictures tomonidan ishlangan Amerika va Birlashgan Qirollik fantastik filmi. Film gʻoyasi J. K. Rowlingning 2001-yildagi kitobiga asoslangan boʻlib, film Harry Potter film qismlaridan biri hisoblanadi. Filmda oʻynagan aktyorlar Eddie Redmayne, Katherine Waterston, Dan Fogler, Alison Sudol, Ezra Miller, Samantha Morton, Jon Voight, Carmen Ejogo va Colin Farrell.
Fantastik maxluqlar filmi premyerasi 18-noyabr 2016-yilda Birlashgan Qirollik va Amerika Qoʻshma Shtatlarida boʻlib oʻtdi. Teatrlarda 3D, IMAX 4K Laser va boshqa formatlarda ommaga havola etildi. Kartina dunyo boʻylab $814 million jamgʻardi va 2016-yilning sakkizinchi eng kassabop filmi boʻldi.
Sujet[tahrir | manbasini tahrirlash]
1926-yilda ingliz sehrgari va „magizoologist“ Newt Scamander New Yorkga keladi. U yerda esa New York Xayriya Jamiyatini boshqaradigan sehrgar boʻlmagan ayol („No-Maj“ yoki „Muggle“) Mary Lou Barebone bilan uchrashadi. Newt Barebone tomonidan jodugarlar va sehrgarlar borligi va ularning xavfli ekanligi haqidagi gaplarini tinglayotganida, Niffler ismli jonivor, Newtning turli xil sehrli mavjudotlarni oʻz ichiga olgan sehrli kengaytirilgan chamadonidan qochib ketadi. Scamander Nifflerni qoʻlga olishga urinib koʻrar ekan, No-Maj konserva zavodi ishchisi va novvoy Jacob Kovalski bilan uchrashib qoladi va ular beixtiyor chamadonlarini almashtirishadi. Auror Tina Goldstein, Niffler tomonidan yuzaga kelgan betartiblik uchun Newtni hibsga oladi va uni sobiq mavqeini qaytarib olish umidida Amerika Qoʻshma Shtatlarining Sehrli Kongressiga (MACUSA) olib boradi. Biroq, almashib qolgan Jacobning chamadonida faqat pishiriqlar boʻlganligi sababli, Newt ozodlikga chiqariladi. Jacob esa oʻzining uyida chamadonni ochganida bir nechta jonzotlar qochib ketishadi.
Tina va Newt, Jacob va chamadonni topgandan soʻng, Tina ularni oʻz uyiga olib boradi va ularni singlisi Queenie bilan tanishtiradi. Jacob va Queenie oʻrtasida iliq munosabat paydo boʻladi, ammo Amerika sehrgarlariga No-Majlar bilan aloqada boʻlish taqiqlangan. Newt Jacobni sehrli chamadonining ichiga kirgizadi, u yerda Jacob sehrli qobiliyatli bolalar ichida rivojlanadigan parazitga ega — Obscurusga duch keladi. Newt Jacobni yoʻqolgan mavjudotlarni qidirishda yordam berishga koʻndiradi. Ular qochib ketgan uchta hayvonning ikkitasini qoʻlga olishganidan soʻng, Tina chamadonni MACUSAga qaytarib beradi. Amaldorlar Newt hayvonlaridan birini Senator Henry Showni oʻldirishda aybdor deb hisoblab, Sehrli xavfsizlik boʻyicha direktor Percival Graves, Newtni shafqatsiz qora sehrgar Gellert Grindelwald bilan til biriktirganlikda ayblaydi va Newtning chamadonini yoʻq qilishga va Jacobning soʻnggi xotiralarini oʻchirishga qaror qiladi. Newt va Tina yashirincha zudlik bilan oʻlimga mahkum etiladilar, ammo Queenie va Jacob ularni qutqaradi va Newtning chamadonini olishganidan keyin qochib ketishadi. Jamoa goblin Gnarlackning maslahatlaridan soʻng, qochib ketgan jonzotlarni topib, yana qoʻlga kiritadilar.
Ayni paytda, Graves Mary Louning asrab olingan oʻgʻli Credencega yaqinlashadi va uni shafqatsiz onasidan ozod qilishni taklif qiladi. Buning evaziga Graves, Credencega shahar atrofidagi sirli vayronagarchiliklarni keltirib chiqargan Obscurus topib berishini soʻraydi. Credence bu paytda singlisi Modestyning toʻshagidan sehrli tayoqchani oladi. Buni koʻrgan Mary Lou, Credence ushbu sehrli tayoqcha oʻziga tegishli emasligini aytsada, uni kaltaklaydi. Bundan gʻazablangan Credence Obscurusʼga aylanadi va Mary Lou va uning katta qizi Chastityni oʻldiradi. Keyin oʻz holiga qaytgan Credence Gravesning yoniga boradi va undan sehr-joduni oʻrgatishini soʻraydi. Ammo, Graves buni rad etadi. Gʻazabga toʻlib-toshgan Credence yana Obscurusʼga aylanadi va unga hujum qilgandan soʻng, qochib ketadi.
Newt Credenceʼni metro tunnelida yashiringan holda topadi, ammo Credencega Graves hujum qiladi. Credenceni bilgan Tina kelib, uni tinchlantirishga harakat qiladi, Graves esa uning tinglashiga toʻsqinlik qilishga harakat qiladi. Keyinchalik, Credence inson qiyofasiga qaytadi. Bu paytda, Newtning sehrli chamadonidan Thunderbird chiqariladi va shaharni zulmat qoplaydi. Auror sehrli jamiyatni himoya qilish uchun kelib, bularni bartaraf etadi va Thunderbirdni yana qaytarib chamadonga kirgizadi hamda Gravesning oʻzini qiyofasiga kirishiga majbur qiladi. Graves Grindelwald ekanligini fosh qilinadi. Grindelwald esa sehrli jamiyatni No-Majlarga ochishga harakat qilganligini tan oladi va hibsga olinadi.
MACUSA ularning sirli dunyosi fosh qilinishidan qoʻrqadi va butun shahar aholisini, jumladan Jacobning ham xotirasini oʻchiradi. Newt esa oʻzining uyi boʻlmish sehrgarlar zaminiga qaytgach, Thunderbirdʼni qoʻyib yuboradi.
Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

- Eddie Redmayne — Newt Scamander[7]
- Katherine Waterston — Porpentina „Tina“ Goldstein[8]
- Dan Fogler — Jacob Kowalski[9]
- Alison Sudol — Queenie Goldstein[10]
- Colin Farrell — Percival Graves[11]
- Carmen Ejogo — Seraphina Picquery
- Ezra Miller — Credence Barebone[12][13][14]
- Samantha Morton — Mary Lou Barebone[15]
- Ron Perlman[16] — Gnarlack
- Jon Voight[17] — Henry Shaw Sr.
- Josh Cowdery — Henry Shaw Jr.
- Ronan Raftery — Langdon Shaw
- Faith Wood-Blagrove — Modesty Barebone[18]
- Jenn Murray — Chastity Barebone[12][19]
- Johnny Depp — Gellert Grindelwald
- Zoë Kravitz[20] — Leta Lestrange
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 1,2 „FANTASTIC BEASTS AND WHERE TO FIND THEM (2016)“ . AFI Catalog of Feature Films. Qaraldi: 24-iyul 2018-yil.
- ↑ „Fantastic Beasts and Where to Find Them (12A)“ . British Board of Film Classification (28-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2016-yil.
- ↑ Newman, Kim „Fantastic Beasts and Where to Find Them review: a fiddly start for J.K. Rowling's wizarding prequels“ . British Film Institute (18-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 29-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Fantastic Beasts and Where To Find Them“ . British Council. Qaraldi: 1-dekabr 2016-yil.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedNYT
- ↑ „Fantastic Beasts and Where to Find Them (2016)“ . Box Office Mojo. Qaraldi: 19-aprel 2017-yil.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedRedmayneCast
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedWaterstonCast
- ↑ „Pottermore - Everything we've learned about 'Fantastic Beasts'“ . Pottermore. Qaraldi: 2015.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedSudolCast
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedFarrellCast
- ↑ 12,0 12,1 Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedpr-20150817
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedFoglerCast
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedMillerVariety
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedAug2015Deadline
- ↑ Kit, Borys „Harry Potter Spinoff 'Fantastic Beasts' Casts Ron Perlman (Exclusive)“ . The Hollywood Reporter (8-oktabr 2015-yil). Qaraldi: 9-oktabr 2015-yil.
- ↑ Kit, Borys „'Harry Potter' Spinoff 'Fantastic Beasts' Casts Jon Voight (Exclusive)“ . The Hollywood Reporter (5-oktabr 2015-yil). Qaraldi: 5-oktabr 2015-yil.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedBlagroveCast
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedMurrayCast
- ↑ Ford, Rebecca „'Harry Potter' Spinoff 'Fantastic Beasts' Adds Zoe Kravitz (Exclusive)“ . The Hollywood Reporter (10-avgust 2016-yil). Qaraldi: 10-avgust 2016-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
Vikiomborda Fantastik maxluqlar (film) haqida turkum mavjud |