Gʻoyib ota jome masjidi (Xovos)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Gʻoyib ota jome masjidi
Gʻoyib ota
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Sirdaryo
Tuman Xovos
Manzil Sohibkor mahallasi, M.Nurmatov koʻchasi[1]
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Masjid turi Jome masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi, sharqona
Binokorlik ???—1991
Soʻngi imom Abduqahhor Xoʻjamuratov[2]
Maqomi Ishlaydi
Qurilish materiali Gʻisht, beton, temir, marmar, yogʻoch, travertin
Holati Faoliyat yuritmoqda
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Gʻoyib ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Sirdaryo viloyati Xovos tumanida joylashgan. Masjid binosi 1991-yilda hashar yoʻli bilan qurilgan. 1998-yil 15-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan[1]. Masjid bir vaqtning oʻzida 800 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid binosi 2019-yilda qayta taʼmirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]