Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Shaxbozmustafayev

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Shaxbozmustafayev!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Nataev munozara 09:56, 16-Dekabr 2017 (UTC)

Vikimaʼlumotlar

[manbasini tahrirlash]

Vikipediyada yangi maqolalarni boshqa tillarga ulashni oʻrganing. Tillarga ishoratlar Vikimaʼlumotlarda saqlanadi. Masalan, Qorabogʻ mojarosi haqidagi maqolalarga ishoratlar mana bu yerda saqlanadi. Eng osoni, yangi maqola yaratgandan keyin chapda „ishorat qoʻshish“ tugmasini bosing. Nataev munozara 16:13, 20-Dekabr 2017 (UTC)

Yangilik kiritmang

[manbasini tahrirlash]
  1. Vikida maqolaga hissa qoʻshganlar u yoqda tursin, uni yaratganlar ham oʻz ismini yozib qoldirmaydi.
  2. Qalin matn boʻlar-boʻlmasga ishlatilmaydi.
  3. Oʻ, Gʻ harflarini hamda tutuq belgisini yozishda Vikipediyada qabul olingan belgilarni ishlating. Aks holda izlash, VP:konverter funksiyalari toʻliq ishlamaydi. Qolaversa, bizga bir xillik kerak. Mana bu terilmani kompyuteringizga oʻrnatishingiz mumkin. Klaviatura terilmasi juda qulay. Fayl ichidagi Word hujjatni koʻring. ʻ (belgi) hamda ʼ (belgi) maqolalari bilan tanishib chiqing. Qolaversa, VP:vikifikatordan foydalanishingiz mumkin. Nataev munozara 16:37, 23-Dekabr 2017 (UTC)

Mualliflik huquqlarini buzmang

[manbasini tahrirlash]

Mavjud matnlarni boricha koʻchirib oʻtish man etiladi. Zilzilalar haqidagi maqolaga matnni mana bu yerdan oqizmay-tomizmay koʻchirib oʻtibsiz. Plagiarism, copyright degan narsalar bor. Mavjud manbalardan qisqa iqtiboslar keltirish, ularni manba oʻlaroq koʻrsatish mumkin xolos. Boshqa tildagi viki maqolalarni esa toʻliq tarjima qilish mumkin, sababi ular mualliflik huquqlarini buzmay yozilgan (odatda). Bu qoidani qayta-qayta buzganlar bloklanadi. Nataev munozara 06:13, 24-Dekabr 2017 (UTC)

Samarqandning tarixiy obidalari toʻgʻrisidagi maqolalarga mavjud matnni „Samarqandning tarixiy obidalari va muzeylari boʻyicha ekskursiya matnlari“ kitobidan boricha koʻchirib oʻtganingiz sababli ularni yaqin kunlarda oʻchirib chiqishga majburman. Buxorodagi Ulugʻbek madrasasi toʻgʻrisida yaratilgan maqolaga qoʻshgan katta hajmdagi matningiz Samarqanddagi madrasaga taʼluqli ekanligiga qaramay, shu kitobdan oqizmay-tomizmay koʻchirilgan ekan. Bundan boshqa mavzudagi maqolalarga siz qoʻshib chiqqan matnlarni ham tekshirib, oʻchirib chiqish kerakka oʻxshaydi. — Kagansky (munozara) 21:07, 22-May 2021 (UTC)