Vikipediya:Bemalol tahrirlang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vikipediya foydalanuvchilari maqolalarni yaratishlari va bemalol tahrir qilishlari mumkin. Foydalanuvchilar sahifalardagi grammatik va orfografik xatolarni tuzatib, ularni yangi faktlar, suratlar bilan to’ldirsalar, Vikipediya rivojlanib boraveradi. Albatta, bu ishda tahrirlovchining sog’lom fikrli bo’lishi juda muhim. O’z navbatida boshqa foydalanuvchilar ham Siz kabi, xuddi o’zingiz qilgan tahrirni o’zgartirishi mumkin. Har qanday tahrir maqola sifatini yaxshilashga xizmat qilishi kerak. “Bemalol tahrirlang” degani “Xohlagan ishingizni qiling” degani emas. Shunchaki ermak uchun tahrir qilaverish ham, boshqa manbalardagi tayyor matnni shunday olib-o’tkazish ham kerak emas. Tanlangan, yaxshi maqolalarga alohida ehtiyotkorlik bilan qarash kerak, zero ular betaraflik nuqtai nazaridan katta mehnat bilan yaratilgan. Qisqacha maqolalarni bemalol tahrirlash mumkin. Ularga kerakli manbalar, ma’lumotlar, faktlar qo’shish olqishlanadi. Xatoni ko’rsangiz, uni darhol tuzating. Maqolalarni nomlashga va qayta nomlashga ham alohida e’tibor berish kerak. O’zining katta va samarali mehnatlari bilan ajralib turgan foydalanuvchilarga minnatdorchilik tariqasida orden beriladi.

Yana qarang[tahrir]

Vikipediya:Qoida va ko’rsatmalar