ʻ (belgi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
ʻ
Okina. Bu belgining Yunikoddagi kodi 02BB dir.

ʻ — lotin alifbosida yoziladigan tillarda ishlatiladigan belgi. Bu belgi koʻp tillarda, jumladan polineziya tillarida fonetik ayirishni ifodalaydi. Oʻzbek tilida „oʻ“ va „gʻ“ harflarini yozishda ishlatiladi. Polineziya tillarida mazkur belgi „okina“ deb ataladi.

Oʻzbek lotin yozuvida ishlatilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbek tilida „oʻ“ (kirill yozuvida „ў“) va „gʻ“ (kirill yozuvida „ғ“) harflarini yozishda yoki yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul (inglizcha: modifier letter turned comma) (ʻ) (U+02BB), yoki chap yakka tirnoq (inglizcha: left single quotation mark) () (U+2018) qoʻllaniladi. Qaysi belgi ishlatilishi kerakligi rasman belgilanmagan. Shunday boʻlsa-da, Unicode Consortium saytida oʻzbekcha „oʻ“ va „gʻ” harflarini yozish uchun yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul ishlatilishi kerak, deyilgan.[1]

Unicode kodi Inglizcha nomi Oʻzbekcha nomi Misol
U+02BB modifier letter turned comma yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul Oʻzbekiston
U+2018 left single quotation mark chap yakka tirnoq Oʻzbekiston

Oʻzbekcha Vikipediya va boshqa baʼzi bir saytlarda aynan shu belgi ishlatiladi.[2] Aksar davlat saytlari boʻlsa chap yakka tirnoqni ishlatishadi.[3] Asosiysi, ishlatilgan belgi chiziqdan yuqorida yozilgan, teshigi boʻyalgan 6 raqamiga oʻxshashi kerak (6). Koʻp shriftlarda bu 180 gradusga aylantirilgan vergulga oʻxshaydi.

Oʻzbek tilida yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul/chap yakka tirnoq tutuq belgisi oʻrnida ishlatilmasligi kerak: tutuq belgisi kirill yozuvidagi ayirish belgisi („ъ“) oʻrnida qoʻllaniladi.

Muammolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbek lotin yozuvida ʻ belgisini ishlatish koʻp qiyinchiliklar tugʻdiradi. Birinchidan, yuqorida aytib oʻtilganidek, yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul yoki chap yakka tirnoq ishlatish kerakligi haqida rasmiy qoida yoʻq. Ikkinchidan, kompyuterlarda yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul uchun alohida klavisha yoʻq. Yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul bilan yana bir muammo hozirda baʼzi mobil moslamalar mazkur belgini koʻrsatib bera olmaydi. Chap yakka tirnoqni boʻlsa deyarli barcha mobil moslama koʻrsata oladi.

Misollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Misol soʻzlar: gʻalati, oʻzbek; ammo maʼno, aʼlo.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The Unicode Consortium website“. Qaraldi: 3-mart.
  2. „OʻzLib saytining bosh sahifasi“. Qaraldi: 7-dekabr, 2012.
  3. „Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali“. 2012-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-dekabr, 2012.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbek lotin alifbosi

Aa | Bb | Dd | Ee | Ff | Gg | Hh | Ii | Jj | Kk | Ll | Mm | Nn | Oo | Pp | Qq | Rr | Ss | Tt | Uu | Vv | Xx | Yy | Zz | | | Sh | Ch | Ng | ʼ (tutuq belgisi)