Foydalanuvchi munozarasi:Mirolim Usmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
   Help-browser.svg Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Mirolim Usmonov!
Crystal Clear app ktip.svg Birinchi qadam Vikipediya ishtirokchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Muhokama sahifalarida shunday imzo qoʻyish mumkin
Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda belgisi bilan (~~~~) yoki unsurlar darchasidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda taxallusni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Ishtirokchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi! Batafsil koʻring — Vikipediya:Mualliflik huquqlari.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa ishtirokchilarni xabardor qilish uchun matn boshiga {{subst:L}} soʻzini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{helpme}} soʻzini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz! Nataev munozara 03:21, 21-Avgust 2018 (UTC)

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Crystal128-kanagram.svg Maqolalarni nomlash
View-refresh.svg Maqola qanday yoziladi?
Accessories-text-editor.svg Qoida va koʻrsatmalar
Crystal Clear app lphoto.png Tasvirlar bilan bezash
Green copyright.svg Mualliflik huquqlari
Nuvola apps bookcase.svg Glossariy

Qoidalar[tahrir]

Salom! Bizda muayyan qoidalar bor. Ularga amal qilishingizni soʻranaman.

  1. Originali lotin yozuvida yoziladigan ism va geografik nomlarni transliteratsiya qilmagan maʼqul. Masalan, Queens haqidagi maqola nomini inglizcha yozib, {{talaffuz|Kuins}} deb yozish mumkin.
Ismlarni yozishda ham shu qoidaga amal qilgan maʼqul. Uilyam Shekspir emas, William Shakespeare (talaffuzi: Uilyam Shekspir) deb yozing. Soʻngra Uilyam Shekspir degan sahifa yaratib, u yerda William Shakespearega yoʻnaltirish qoldiring: #YOʻNALTIRISH [[William Shakespeare]]. Shunda qidiruv oynasida Uiliyam Shekspir deb yozilsa, avtomatik tarzda William Shakespeare deb nomlangan maqola ochiladi.
  1. Oʻ, Gʻ harflarini hamda tutuq belgisini yozishda Vikipediyada qabul olingan belgilarni ishlating. Aks holda izlash, VP:konverter funksiyalari toʻliq ishlamaydi. Qolaversa, bizga bir xillik kerak. Mana bu terilmani komputeringizga oʻrnatishingiz mumkin. Klaviatura terilmasi juda qulay. Fayl ichidagi Word hujjatni koʻring. Shuningdek, ʻ (belgi) hamda ʼ (belgi) maqolalari bilan tanishib chiqing. Qolaversa, VP:vikifikatordan foydalanishingiz mumkin.
  2. Vikipediyada yangi maqolalarni boshqa tillarga ulashni oʻrganing. Tillarga ishoratlar Vikimaʼlumotlarda saqlanadi. Masalan, Queens haqidagi maqolalarga ishoratlar mana bu yerda saqlanadi. Eng osoni, yangi maqola yaratgandan keyin, chapda „ishorat qoʻshish“ tugmasini bosing.
  3. Mashina tarjimasidan foydalanmang. Google Translate, Yandex eplab tarjima qila olmaydi. Aksar oʻzbek oʻz ona tilida eplab gapira/yoza olmaydi-yu, mashinani qoʻyaverasiz. Mana bu tahrir bilan tanishib chiqing.
  4. Manbalar <ref>Manba</ref> kodi bilan koʻrsatilishi kerak. Maqola ostida esa == Manbalar ==, uning ostidan {{manbalar}} deb yozish kerak.

Savol boʻlsa, bemalol berishingiz mumkin. Nataev munozara 03:58, 21-Avgust 2018 (UTC)