Foydalanuvchi munozarasi:FarangisOrtiqova

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xush kelibsiz[manbasini tahrirlash]

Mevalardan oling!

Salom, FarangisOrtiqova! Vikipediyaga xush kelibsiz! Qoʻshajak hissangiz uchun oldindan rahmat. Umid qilamizki, sizga vikipediyachi boʻlish manzur boʻlgay! Sizga yordam tariqasida mana bu maqolalar bilan tanishib chiqishni taklif qilamiz:

Iltimos, munozara sahifalarida oʻz fikringizni bildirganingizdan soʻng, imzo chekishni unutmang (bu toʻrtta tilda belgisini yozish bilan amalga oshiriladi: ~~~~; bu belgilar avtomatik ravishda sizning foydalanuvchi nomingiz va sanaga aylantiriladi). Agarda yordamga muhtoj boʻlsangiz, munozara sahifangizga {{yordam kerak}} ni qoʻshing yoki mendan munozara sahifamda sizni qiziqtirgan savolni soʻrang. Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Yana bir bor xush kelibsiz! Malikxan munozara 22:51, 23-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]

Quyonlar (film)[manbasini tahrirlash]

Maqola nomini Rabbitsga koʻchirdim. Agar film/teleserial/kitobning rasmiy tarjimasi boʻlmasa, aslidek nomlang. Bundan tashqari, asli lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini translit qilmang, balki aslidek yozing. Masalan, Devid Linch, deb emas, David Lynch, deb yozing. {{Talaffuz}} andozasini maqolada ishlatishingiz mumkin, shunda bu ism qanday oʻqilishini bilib olish mumkin. Batafsil VP:Kishilar ismlari sahifasi bilan tanishib chiqing. Bu kabi xatolaringizni yaratgan Rabbits maqolasida tuzatib chiqing. Yoqimli tahrirlar tilayman! Malikxan munozara 22:51, 23-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]

Munozara sahifangizni oʻqing, xatolaringizni tuzating. Gʻalati hodisalar (Film)ni Paranormal Activityga koʻchirdim. Asli lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini translit qilmang. Malikxan munozara 20:22, 24-Iyun 2022 (UTC)[javob berish]
Ogohlantirishimlarga qaramay, yana qoidalarga rioya qilmasangiz, bloklanishingiz mumkin. Takrorlayman, asli lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini translit qilmang, balki aslidek yozing. Masalan, Maykl Giakkino, deb emas, Michael Giacchino, deb yozing. {{Talaffuz}} andozasini maqolada ishlatishingiz mumkin, shunda bu ism qanday oʻqilishini bilib olish mumkin. Film nomlarini ham rasmiy tarjimasi boʻlmasa, aslidek yozing. Tirik (film, 2020)ni Saraitdaga, Doktor Strenj: In the Multiverse of Madness (soundtrek)ni esa Doctor Strange in the Multiverse of Madness (saundtrek) koʻchirdim. Ushbu maqolalarda kelgan asli lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini aslidek qilib yozib chiqing. Nafaqat bu maqolalarda, balki avval yaratgan maqolalaringizdagi shu kabi xatolarni tuzating. Malikxan munozara 13:16, 1-Iyul 2022 (UTC)[javob berish]
Izohlaringiz uchun rahmat. Men hali bu sahifaga kirib koʻrmagan edim. Chunki bu haqida xabarim boʻlmagan.
Lekin nima uchun ismlarni inglizcha qoldirayotganingizga tushunmadim. Bu foydalanuvchilarga qulay emasku. Toʻgʻri kompaniya, brendlar nomi qolgani toʻgʻri, lekin ismlarni transliteratsiya qilish mumkinku? Har bir ism aslicha qolsa, oʻzbek tilida qolgan soʻzlardan nima naf? Tilni biluvchilar oʻzbekcha maʼlumot qidirmasa ham kerak. Tilni bilmaydigan foydalanuvchiga inglizcha ismi nima naf? Yoki hech boʻlmasa, inglizcha (oʻzbekcha) yoki aksincha qilsa toʻgʻri emasmi?
Qolgan maslahatlaringizga amal qilaman, rahmat! FarangisOrtiqova (munozara) 10:57, 24-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
Iltimos, xabaringizni oʻqishim uchun meni tilga oling (mana bunday: @Malikxan). Foydalanuvchi munozara sahifangiz kuzatuv roʻyxatimga qoʻshilgani ortidan ushbu xabaringizni oʻqib qoldim. Bu yerda faqat inglizcha kishilar ismlari haqida emas, asli barcha lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlari (masalan, ispancha, italyancha, turkcha) haqida gap boryapti. Masalan, enwikidagi en:Recep Tayyip Erdoğan maqolasini olsak, ular ham aslidek yozishgan. Kirilldan lotinga transliteratsiya qilamiz, lekin lotindan lotinga qilmaymiz. VP:Maqolalarni nomlash (kishilar) sahifasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Bundan tashqari, maqola boshida, ismdan keyin shu ism talaffuzini keltirsangiz, uni qanday oʻqilishini bilib olish muammo boʻlmaydi. Misol oʻlaroq Albert Einstein maqolasiga qarasangiz, maqolada boshida talaffuzi keltirilgan (Albert Einstein (talaffuzi: Albert Eynshteyn) — nemis va yahudiy fizik-nazariyotchisi). Bundan tashqari, yoʻnaltirish qoldirish ham mumkin. Masalan, qidiruv oynasida Albert Eynshteyn, deb yozsangiz, Albert Einstein maqolasi chiqadi. Buning uchun boshqa bir tilni bilish talab etilmaydi. Nafaqat qolgan maslahatlarimga, balki shunisiga ham amal qilishingiz kerak. Munozara sahifangizni oʻqib turing, siz yaratayotgan maqolalar shunchaki mashina tarjimasi. Bir necha mingta soʻzdan iborat mazmunsiz maqoladan bir necha yuzta soʻzdan iborat mazmunli maqola afzal. Iltimos, maqolalaringiz mazmuniga eʼtiborli boʻling. Malikxan munozara 11:28, 24-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
Tushuntirganingiz uchun rahmat. Shu oʻrinda bir qancha savollarim bor. Men hali tarjimonlik sohasida oʻqiyotgan talabaman. Hozircha boshlanishi boʻlgani uchun xatolar boʻlishi tabiiy hol, lekin uni tuzatib borishga, qoʻlimdan kelganicha yaxshi maqolalar yozib rivojlantirishga harakat qilaman.
Savollarim tepadagi misolga aloqador: Ismlar lotinda aslicha yozilsa, unga qoʻshimcha qoʻshish tartibi qanday boʻladi? Masalan, Albert Einsteinning qoldirgan ilmiy merosi desak toʻgʻrimi yoki Albert Einsteinʼning qoldirgan merosi yaxshimi? Kompaniyalar nomidan keyin iloji boricha ʼ ishlatmaslikka harakat qilaman. Yoniga biror izohlovchi soʻz qoʻshsam qoʻshimchaning keragi boʻlmaydi. Google Duo ilovasidan foydalanish shartlari boʻlsa, Google Duoʼdan foydalanish shartlari deyishni unchalik chiroyli shakl deb hisoblamayman. Aslida xato boʻlmasa ham.
Keyingi savolim asli grekcha, asli lotincha ismlarning yozilish shaklini ham inglizchasini olamizmi? Masalan, Aeschylus, Achilles, Prometheus, Amadeus va h.k. Shu holaticha qoldiriladimi? FarangisOrtiqova (munozara) 21:14, 25-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
Asli lotin yozuvida boʻlmagan (ruscha, grekcha, yaponcha, koreyscha) kishilar ismlarini translit qilishingiz mumkin. Albert Einsteinʼning emas, Albert Einsteinning, deb yozing (yaʼni, ʼ siz). Malikxan munozara 06:22, 26-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
Rahmat! FarangisOrtiqova (munozara) 19:37, 29-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]
@Malikxan FarangisOrtiqova (munozara) 23:18, 25-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

Кoralina dahshatlar mamlakatida[manbasini tahrirlash]

Salom. Avval ham aytganimdek, agar biror film oʻzbek tiliga rasmiy ravishda oʻgirilmagan boʻlsa, unda aslidek nomlash lozim. Maqola nomini Coralinega koʻchirdim. Keyin, asli lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini buzib yozmay aslidek yozing. Henri Selik emas, Henry Selick, deb yozing. Genri, deb yozish esa shunchaki mantiqsizdir. Sizga bu haqda yozganman, biroq siz amal qilmayapsiz. Yodda tuting, ogohlantirishlarga qaramay qoidalarni buzishni davom ettirsangiz bloklanishingiz mumkin. Bundan tashqari, Vikiomborga oʻzingiz olgan, erkin litsenziyali suratlarni yuklang. Siz esa mana bu noerkin faylni yuklapsiz. Hademay bu fayl Vikiomborda oʻchiriladi. Noerkin fayllarni mahalliy Vikipediya, yaʼni oʻzbekcha Vikipediyaga yuklashingiz mumkin, faqat insofli foydalanish asoslarini keltirishingiz sharti bilan. Savollaringiz boʻlsa, bemalol beravering. Malikxan munozara 18:03, 2-Iyul 2022 (UTC)[javob berish]

Bu maqola Grave Encountersga koʻchirildi. Oʻzbek tiliga tushunasizmi? Nega shuncha ogohlantirsam ham yana oʻz bilganingizdan qolmayapsiz? Qoidalarga rioya qiling. Asli lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini translit qilmang, balki aslidek yozing. Film oʻzbek tiliga rasmiy ravishda oʻgirilmagan boʻlsa, unda aslidek nomlang. Malikxan munozara 21:16, 2-Iyul 2022 (UTC)[javob berish]

Oʻzbekchaga tushunasizmi? Asli lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlari aslidek yozilishi kerak. Tor emas, Thor boʻladi. Malikxan munozara 08:51, 7-Iyul 2022 (UTC)[javob berish]

Bu oʻrinda biror mantiqiy asos bormi? Ingliz tilini bilmaydiganlar uning asli qanday yozilishini qanday biladi? Nima uchun butun dunyo transliteratsiya qilayotgan paytda biz ingliz tilida qolishimiz kerak? Yoki qavs ichigami oʻzbek tilida yozilishi kerak emasmi? FarangisOrtiqova (munozara) 10:50, 24-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

Salom. Maqolangizni Pomaga koʻchirdim. Shunchaki Poma, deb nomlashning oʻzi yetarli, kompaniyasi soʻzini qoʻshish kerak emas. Malikxan munozara 20:51, 13-Iyul 2022 (UTC)[javob berish]

Mashina tarjimasi[manbasini tahrirlash]

Hormang. Mashina tarjimasidan foydalanib bemalol maqola yaratishingiz mumkin, ammo uni chop etishdan avval bir maqola mazmuniga koʻz yugurtirib chiqing. Maqolalaringizda mazmundan darak ham yoʻq. Mazmunsiz 4 000 soʻzlik maqola yaratgandan 200 soʻzli mazmunli maqola yarating, maqolani oʻqigan odam tushunsin. Malikxan munozara 07:20, 30-Iyul 2022 (UTC)[javob berish]

Maqolani Gamoraga koʻchirdim. Shunchaki mashina tarjimasidan foydalanib, hech qayerini oʻzgartirmasdan chop etgansiz. Yana Fountainga ham qoʻshib qoʻyibsiz. Munozara sahifangizga shuncha yozdim, nega amal qilmaysiz? Bunaqa maqola yaratgandan kimga naf? Malikxan munozara 19:17, 31-Iyul 2022 (UTC)[javob berish]

Ayol-Xalk maqolasi oʻchirildi[manbasini tahrirlash]

Salom, FarangisOrtiqova. Avvalambor, koʻngilli boʻlib hissa qoʻshayotganingiz uchun tashakkur. Siz yaratgan Ayol-Xalk nomli maqola bizning siyosatimizga mos kelmaydi, shu sababli tezda oʻchirish mezonlarining M2 bandiga binoan oʻchirildi. Agar tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, iltimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Ushbu maqolani oʻchirmaslik lozim, deb hisoblasangiz, iltimos, bu haqda oʻchirilgan maqola munozara sahifasida uni saqlab qolish uchun tayinli sabab(lar) keltirgan holda yozing.

Shuni ham qoʻshimcha qilmoqchimanki, maqolalarni yozish va tahrirlashda jasur boʻling, tahrirlashdan huzur oling. Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan soʻrang. Yoqimli tahrirlar tilayman. Malikxan munozara 21:46, 2-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

{{manbalar}} andozasi va turkumlar qo‘shish[manbasini tahrirlash]

Hormang, qardosh! O‘zbekcha Vikipediyaga hissa qo‘shayotganingiz juda ajoyib. Lekin, bir masalada ozgina adashyapsiz. Biror maqolani tarjima qilib yaratgandan so‘ng, uning Manbalar deb atalmish qismidagi kodlar qatoriga:
== Manbalar ==
{{manbalar}}
kodini qoldirib ketishni unutmang. Maqolalarga, albatta, turkumlar qo‘shish ham esdan chiqmasin. Maroqli tahirlar tilayman :) Hurmat bilan, Optima D (munozara) 22:04, 2-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

manbadagi xatolar[manbasini tahrirlash]

Hayrli kun @FarangisOrtiqova. Oxirgi kiritgan maqolangizni manbalar qatorida kichik xatolar bor ekan(link). Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "history" defined multiple times with different content degan soʻz chiqsa name="history" ni olib tashlang. Manabu havoladan farqni bilishingiz mumkin. Agar tushunmasangiz soʻrayvering, qoʻlimdan kelgancha yordam beraman.

Muzaffar Murodovichmunozaramga yozish 07:56, 23-Sentabr 2022 (UTC)

Tushunarli, katta rahmat! 94.158.59.139 11:18, 23-Sentabr 2022 (UTC)

Bilgiqutilar[manbasini tahrirlash]

Xayrli kun, FarangisOrtiqova. Sizning aksar maqolalaringizda bilgiqutilar umuman qo'yilmagan. Bilgiqutilarni ham qo'shib qo'ysangiz yanada go'zal bo'lardi. Lazizbek munozara 11:14, 29-Sentabr 2022 (UTC)

Ayrimlari andozalarni qabul qilmayapti. Qoʻyishga harakat qilyapman. Qandaydir xato qilyapman shekilli. Yordam bera olsangiz, xursand boʻlar edim. FarangisOrtiqova (munozara) 19:10, 1-Oktabr 2022 (UTC)
Manba xatosini tuzatish boʻyicha biror qoʻllanma bormi? Yoki video darsmi? Menda shunday muammolar koʻpayib ketdi. FarangisOrtiqova (munozara) 08:18, 3-Oktabr 2022 (UTC)
Oldindan rahmat FarangisOrtiqova (munozara) 08:18, 3-Oktabr 2022 (UTC)

Ogohlantirish[manbasini tahrirlash]

Ushbu maqolada avtomat tarjima tuzatilmagani uchun o‘chirish taklif etiladi. Shunday davom etsangiz, bloklanasiz. Umarjon Rahimov (munozara) 18:01, 5-Noyabr 2022 (UTC).[javob berish]

Shu sababli bloklab qoʻydingizmi? FarangisOrtiqova (munozara) 18:36, 7-Noyabr 2022 (UTC)[javob berish]
Nima qilsam boʻladi? FarangisOrtiqova (munozara) 18:50, 7-Noyabr 2022 (UTC)[javob berish]