Foydalanuvchi munozarasi:Muzaffar murodovich

    Vikipediya, ochiq ensiklopediya

    Plyusaversari va Oq quyon[manbasini tahrirlash]

    Salom hamda Vikipediyaga xush kelibsiz. Siz yaratgan Plyusaversari va Oq quyon maqolalarini tezda oʻchirishga nozmod qilib koʻrsatdim. Sababi maqolada mazmun degan narsadan darak yoʻq. Maqolani oʻzingiz bir oʻqib koʻring-chi. Keyin, asli lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini translit qilmang, balki aslidek yozing. Masalan, Albert Eynshteyn yoki Albert Aynshtayn, deb emas, Albert Einstein, deb yozing. {{Talaffuz}} andozasini maqolada ishlatishingiz mumkin, shunda bu ism qanday oʻqilishini bilib olish mumkin. Batafsil VP:Kishilar ismlari sahifasi bilan tanishib chiqing. Malikxan munozara 20:01, 24-Iyun 2022 (UTC)Javob berish[javob berish]

    Assalomu aleykum. Vikipediaga xush kelibsiz. --Daljanova Gulnaz (munozara) 08:11, 13-Avgust 2022 (UTC)Javob berish[javob berish]

    Assalomu alaykum, vaalaykum assalom. Siz ham hush kelibsiz Wikipediga. Roʻyxatdan muvaffaqiyatli oʻtganingiz bilan tabriklayman. Muzaffar murodovich (munozara) 08:58, 13-Avgust 2022 (UTC)Javob berish[javob berish]

    Assalomu alaykum! Wikipediaga xush kelibsiz! --Ibrohim Baxriddin o'g'li Ismoilov (munozara) 06:42, 8-Oktabr 2022 (UTC)Javob berish[javob berish]

    Vaalaykum assalom, xursandmiz Muzaffar Murodovichmunozaramga yozish 06:43, 8-Oktabr 2022 (UTC)Javob berish[javob berish]

    Luke Shaw[manbasini tahrirlash]

    Salom. Faqatgina maqola nomini toʻgʻri nomlamay, maqola ichida kelgan barcha asli lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini aslidek qilib yozing. Mashina tarjimasi orqali tarjima qilar ekansiz, hech qanday oʻzgartirishsiz shunchaki saqlamay, mazmunini ham oʻqing koʻring. Yillar orasida chiziqcha boʻladi. Manchester Yunayted emas, Manchester United, deb yozing. Evropa emas, Yevropa boʻladi. Maqolani Fountainga ham qoʻshib qoʻyibsiz, 0 ball bergan boʻlardim bu maqolaga. Shu kabi xatolarni tuzatib chiqing. Bu kabi xatolarni avval yaratgan maqolalaringizda qilgan boʻlsangiz (katta ehtimol bilan qilgansiz), ularni ham tuzatib chiqing. Malikxan munozara 21:33, 2-Iyul 2022 (UTC)Javob berish[javob berish]

    tushunarli, bundan keyingi maqolalarimda bunday holatlar kuzatilmaydi. 2ta joyda chiziqcha qolib ketibdi. Eslatma uchun rahmat) Muzaffar murodovich (munozara) 06:21, 3-Iyul 2022 (UTC)Javob berish[javob berish]

    Gafur maqolasi oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatildi[manbasini tahrirlash]

    Siz tomoningizdan yaratilgan Gafur maqolasi oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi. Chunki, maqolangiz Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi, shuning uchun oʻchirilishi lozim.

    Maqolangizni oʻchirish masalasi konsensusga erishilgunga qadar Vikipediya:Oʻchirishga/Gafur sahifasida muhokama qilinadi. Muhokamada hamma, jumladan siz ham qatnasha olasiz.

    Muhokama davomida ham maqolada tahrirlar qilishingiz mumkin, biroq uning tepasidagi {{oʻchirishga}} andozasini olib tashlamasligingiz kerak. MaxiMillian(menga yozish) 08:09, 12-Sentabr 2022 (UTC)Javob berish[javob berish]

    @Optima D ogʻa salomatmisiz? Shunaqa muammo koʻpaymasligi uchun 12 yildan beri vikida tahrir qiladigan adminstrator Nodir akadan soʻragandim. "Hormang! Yaxshi yozilibdi, manbalar ham har xil. Chop etavering. Nataev munozara 03:50, 12-Sentabr 2022 (UTC)" degandi, xatto xatolarini ham toʻgʻirlab berdi. Ishonmasangiz link Foydalanuvchi munozarasi:Nataev#Mustqail tadqiqot Muzaffar murodovich (munozara) 08:14, 12-Sentabr 2022 (UTC)Javob berish[javob berish]

    Forumda ishtirok eting![manbasini tahrirlash]

    Salom, Muzaffar murodovich! Vikipediyada faol va tajribali foydalanuvchilardan biri boʻlganingiz uchun sizni ushbu forumda ishtirok etishingizni soʻrab qolaman! MaxiMillian (talk) 16:56, 14-Oktabr 2022 (UTC)Javob berish[javob berish]

    @Optima D Oʻzim ham vaqtida AT dan foydalanganim uchun ovoz berishga bet bormayabdi :D
    Muzaffar Murodovichmunozaramga yozish 17:20, 14-Oktabr 2022 (UTC)Javob berish[javob berish]

    Orden[manbasini tahrirlash]

    BoNM - Azerbaijan Hires.png Faxrli Ozarbayjonshunos ordeni
    Hurmatli, Muzaffar Murodovich! Ozarbayjon loyihasida faol ishtirokingiz uchun sizni ushbu orden bilan mukofotlashga qaror qildim! Shu tarzda davom etasiz, deya umid qilaman. Tabriklayman! MaxiMillian (talk) 10:31, 26-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish[javob berish]
    Kamtarona mehnatimizni ulkan baholaganingiz uchun rahmat, ogʻam
    Muzaffar Murodovichmunozaramga yozish 10:32, 26-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish[javob berish]

    200 000 maqolani yaratganingiz uchun[manbasini tahrirlash]

    Original Barnstar.png Xizmatlaringiz uchun
    Oʻzbekcha Vikipediya tarixidagi 200 000-maqolani yaratilishida sizning shaxsiy hissangiz ulkanligi uchun mazkur orden ni berishga qaror qildik. Oʻzbekcha Vikipediya Administratorlari nomidan MirzoUlug'Bek 17:18, 26-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish[javob berish]
    Rahmat MirzoUlugʻbek aka, xursand boʻldik
    Muzaffar Murodovichmunozaramga yozish 20:53, 26-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish[javob berish]