Vikipediya:Foydalanuvchi nomi siyosati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Foydalanuvchi nomi siyosati — oʻzbekcha Vikipediyada qanday foydalanuvchi nomlaridan foydalanish mumkinligini hamda mumkin emasligini tasvirlab beradi. Koʻp hollarda, bir foydalanuvchi hisobdan faqat bir kishi foydalanishi kerak boʻladi.

Tizimga kirish uchun yangi hisob qaydnomasi yaratganingizda, kerak boʻlgan narsalardan biri foydalanuvchi nomini tanlashdir. Hisob qaydnomasi yordamida amalga oshirilgan barcha hissangiz tanlangan foydalanuvchi nomi bilan bogʻlanadi (hech qanday hisobga kirmagan paytda amalga oshirilgan tahrir foydalanuvchining IP-manziliga tegishli boʻladi). Shuningdek, foydalanuvchi nomini oʻzgartirishingiz ham mumkin. Buning uchun Vikipediya:Hisob yozuvini qayta nomlash uchun soʻrovlar sahifasida soʻrov qoldirish talab etiladi.

Yangi foydalanuvchilar uchun koʻrsatmalar[tahrir]

Foydalanuvchi nomingiz — bu sizning hisobingiz va shu orqali Vikipediyaga qoʻshgan jamiki hissangizni aniqlashga imkon beruvchi taxallusingiz. Agar xohlasangiz, foydalanuvchi nomingizni haqiqiy ismingiz bilan nomlashingiz mumkin, ammo bunda haqiqiy ismingiz ostida tahrir qilishingiz ortidan tugʻilishi mumkin boʻlgan xavflardan xabardor boʻlishingiz lozim. Shuningdek, foydalanuvchi nomingiz munozara sahifalarda qoldirgan imzoingizda koʻrinadi; imzolar va ularni qanday sozlash toʻgʻrisida batafsil maʼlumot olish uchun Vikipediya:Imzolar sahifasini koʻzdan kechiring.

Hisob qaydnomasini yaratishda foydalanuvchi nomingizni koʻrsating (maxfiy parolingiz bilan birga) va undan soʻng, undan yaratgan hisobingizga kirish uchun foydalaning. Hisob qaydnomangizga ega boʻlganingizdan soʻng, boshqa Vikipediyachilarga oʻzingiz haqingizda tegishli maʼlumotlarni taqdim etishni xohlasangiz, „Foydalanuvchi:XXXX“ (bu yerda „XXXX“ — foydalanuvchi nomingiz) deb nomlangan foydalanuvchi sahifasini yaratishingiz mumkin. Shuningdek, siz yoki boshqa har qanday hissa qoʻshuvchi siz bilan bogʻlanish uchun „Foydalanuvchi munozarasi:XXXX“ deb nomlangan sahifani yaratishi mumkin.

Foydalanuvchi nomingiz har qanday belgilardan iborat qator boʻlishi mumkin (baʼzi texnik cheklovlarni hisobga olmaganda). Biroq, bu boshqa foydalanuvchilarga noqulaylik tugʻdirmaydigan hamda loyihaga xalal bermaydigan nom boʻlishi zarur. Bahsli nom boshqa foydalanuvchilarda yomon taassurot qoldirishi mumkin va buning oldini olish — bu sizning shaxsiy manfaatingizdir.

Nomaqbul foydalanuvchi nomlari[tahrir]

Haqoratomuz foydalanuvchi nomlari[tahrir]

Quyidagi turdagi foydalanuvchi nomlariga ruxsat berilmaydi, chunki ular haqoratli oʻlaroq qabul qilinadi:

  • Boshqa foydalanuvchilarni oyoq osti qiladigan foydalanuvchi nomlari (masalan, haqoratomuz soʻzlarni oʻz ichiga olgan yoki ziddiyatlarga ishora qiladigan hollarda)
  • Emotsianal reaksiyani yuzaga keltirmoqchi boʻlgan foydalanuvchi nomlari.

Reklamani ifodalaydigan foydalanuvchi nomlari[tahrir]

Quyidagi turdagi foydalanuvchi nomlariga ruxsat berilmaydi, chunki ular reklama oʻlaroq qabul qilinadi:

  • Shirkat, guruh, muassasa yoki mahsulot nomini aniq ifodalaydigan foydalanuvchi nomlari (masalan, TownvilleWidgets, MyWidgetsUZB.com, TrammelSanʼatMuzeyi). Biroq, bunday nomlarni oʻz ichiga olgan foydalanuvchi nomlariga baʼzi hollarda ruxsat beriladi. Biografik maqolaning mavzusi boʻlgan foydalanuvchi nomlari esa reklama oʻlaroq qabul qilinmaydi.
  • Tijorat maqsadidagi web-sahifalarni targʻib qiladigan yoki shunchaki shaxsni aniqlamaydigan elektron pochta manzillari va URL-manzillari (masalan, „Quyoncha@namuna.com“ va „Namuna.com“). Oddiy domen nomlari (.com, .co.kr va hkz. kabilar bundan mustasno) baʼzi hollarda qabul qilinadi, qachonki maqsad faqat foydalanuvchini shaxs sifatida aniqlash boʻlsa. Agar ular tijorat maqsadidagi web-sahifani targʻib qilishsa, bu nooʻrindir.

Havolalar[tahrir]