Foydalanuvchi munozarasi:Bilimkoniut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
   Help-browser.svg Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Bilimkoniut!
Crystal Clear app ktip.svg Birinchi qadam Vikipediya ishtirokchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Muhokama sahifalarida shunday imzo qoʻyish mumkin
Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda belgisi bilan (~~~~) yoki unsurlar darchasidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda taxallusni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Ishtirokchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi! Batafsil koʻring — Vikipediya:Mualliflik huquqlari.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa ishtirokchilarni xabardor qilish uchun matn boshiga {{subst:L}} soʻzini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{helpme}} soʻzini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz! Nataev munozara 11:37, 2-Mart 2016 (UTC)

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Crystal128-kanagram.svg Maqolalarni nomlash
View-refresh.svg Maqola qanday yoziladi?
Accessories-text-editor.svg Qoida va koʻrsatmalar
Crystal Clear app lphoto.png Tasvirlar bilan bezash
Green copyright.svg Mualliflik huquqlari
Nuvola apps bookcase.svg Glossariy

ʼ va ʻ[tahrir]

Salom! Oʻzbekcha Vikipediyaga qoʻshayotgan hissangiz uchun katta rahmat! Faqat sizdan bir iltimos, tahrir qilayotib ʼ va ʻ belgilarini toʻgʻri ishlating. Eng oson yoʻli tahrir davomida oddiy inglicha apostrof ishlatish va saqlashdan avval VP:Vikifikator funksiyasidan foydalanishdir. Nataev munozara 07:24, 6-Mart 2016 (UTC)

Copyright[tahrir]

Salom! Mavjud manbalardagi matnlarni koʻchirib oʻtmang. Mualliflik huquqlari buziladi. Har bir gapni oʻzingiz yozing. Yoki iqtibos keltirib, manbasini koʻrsating. Keyin manba, havola, turkum nima ekanligini tushunib oling. Misol tariqasida tanlangan yoki yaxshi maqolalarni koʻzdan kechiring. Nataev munozara 10:02, 18-Mart 2016 (UTC)

Lead section[tahrir]

Salom yana bir bor. Maqola boshida lead section, yaʼni kirish yoki qisqacha mazmun boʻlishi kerak. Uning ostida mundarija va maqola boʻlimlari keladi. Mana bu tahrirga eʼtibor bering. Lead sectionda maqola nomi qora harflar bilan yoziladi va mavzu boʻyicha umumiy maʼlumot beriladi. Aslida maqola ichida berilgan maʼlumotlarning qisqacha mazmuni berilishi kerak u yerda. Masalan, mana bu maqolani koʻring. Nataev munozara 14:16, 18-Mart 2016 (UTC)

Vikifikator[tahrir]

VP:Vikifikatordan foydalaning. Masalan, mana bu tahrirni koʻring. Nataev munozara 06:17, 20-Mart 2016 (UTC)

Laganbardorlik[tahrir]

Vikipediya erkin ensiklopediya. U Oʻzbekistonda yaratilmagan. Mana bunaqa poxdalimstvoning keragi yoʻq. Qora harflardan maqola ichida foydalanmang. Nataev munozara 06:19, 20-Mart 2016 (UTC)

Ogohlantirish[tahrir]

Yuqorida yozganlarim bilan yaqindan tanishib chiqing. Qoidalarni buzmang. Oʻ, gʻ harflarini toʻgʻri yozing, maqolada kirish qism qoldiring. Vikifikatordan foydalaning. Yozganlarimga eʼtibor qilmaslikda davom etsangiz, sizga qarshi chora koʻriladi. Nataev munozara 12:24, 21-Mart 2016 (UTC)

Koʻchirmachilik[tahrir]

Salom Bilimkoniut ! Vikipediyaga qoʻshayotgan hissangiz uchun rahmat. Baʼzi maqolalaringizda kitobda qanday boʻlsa boricha koʻchirib olyabsiz, mualliflik qoidalarini buzmay, maqolani betaraf nuqtai nazarda yozing. —ITPRO.UZ (munozara) 12:33, 3-Aprel 2016 (UTC)