Foydalanuvchi munozarasi:Abbos Shoyimov

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xush kelibsiz![manbasini tahrirlash]

Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Abbos Shoyimov!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy
Optima D (munozara) 09:40, 2-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

Tarjimai hol sahifasi tezda oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi[manbasini tahrirlash]

Salom hamda Vikipediyaga xush kelibsiz. Siz yaratgan Tarjimai hol nomli sahifa bizning siyosatimizga mos kelmaydi, shu sababli tezda oʻchirish mezonlarining „U11: Mualliflik huquqlarining yaqqol buzilishi“ bandiga binoan oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirmaslik lozim, deb hisoblasangiz, bu haqda uning munozara sahifasida tayinli sabab(lar) keltirgan holda bayon eting.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! Malikxan munozara 17:45, 3-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

Salom. Asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlarini buzib emas, aslidek yozing. Masalan, Sem Endryu emas, Sam Andrew. Maqola ichida kelgan barcha asli lotin yozuvida yoziladigan, ammo buzib yozilgan kishilar ismlari tuzatib chiqishingiz lozim. Koʻproq maʼlumot uchun VP:MNKI sahifasiga qarang. Maqolani Sam Andrewga koʻchirdim.

Yoqimli tahrirlar tilayman.

Malikxan munozara 14:19, 31-Oktabr 2022 (UTC)

Qoidalarga rioya qilmasangiz, bloklanasiz. Yuqorida asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlari aslidek yozilishi haqida yozgan boʻlsam ham, Jamie Dimon maqolasida oʻzingiz bilganingizdek yozgansiz. Kim tuzatib chiqadi bularni? "Sweet Dreams" - (amerikalik qo'shiqchi Beyonche) maqolasiga oʻxshash yuz foiz mashina tarjimasi boʻlgan mazmunsiz maqola yaratishdan kimga naf? Iltimos, mazmunsiz boʻlgan maqolalaringizni tuzatib chiqing. Aks holda, bu kabi maqolalar oʻchiriladi. Bundan tashqari, ogohlantirishlarga qaramay, mazmunsiz maqolalar yaratishda davom etsangiz, bloklanishingiz mumkin.
Yoqimli tahrirlar tilayman.
Malikxan munozara 23:07, 14-Noyabr 2022 (UTC)[javob berish]
Siz yaratgan "Sweet Dreams" - (amerikalik qo'shiqchi Beyonche) nomli maqolani Sweet Dreamsga koʻchirdim. Mazmunsiz maqolalaringizga mana bunday qilib siz ham tuzatish kiritib chiqishingiz lozim.
Malikxan munozara 23:44, 14-Noyabr 2022 (UTC)[javob berish]
Yuqorida yozganlarimga nega amal qilmayapsiz? Asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlarini aslidek yozing. Odri Azuley emas, Audrey Azoulay. Bayroqni yarim ustunda ko'tarish maqolasi esa yuz foiz mashina tarjimasi. Oʻchirishga loyiq maqola. Ogohlantirish. Iltimos, shu kungacha yaratgan mazmunsiz maqolalaringizni tuzatib chiqing. Shunday davom etsangiz (yaʼni, mazmunsiz maqolalar yaratishda), keyingi safar bloklanasiz.
Malikxan munozara 17:48, 15-Noyabr 2022 (UTC)[javob berish]

Ogohlantirish[manbasini tahrirlash]

Salom. Qoʻshayotgan hissangiz uchun rahmat. Oʻndan ortiq maqolalaringiz faqat avtomat tarjimadan iborat. Vikipediya qoidalariga koʻra, avtomat tarjimani tuzatmagan foydalanuvchi avval ogohlantirilishi, agar xatolar ustida ishlamasa, bloklanishi kerak. Umarjon Rahimov (munozara) 12:48, 17-Noyabr 2022 (UTC).[javob berish]

Salom! Oʻzbekchaga tushunasizmi? Asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlarini buzib emas, aslidek yozing. Masalan, Odri Azuley emas, Audrey Azoulay. Bundan tashqari, maqola mazmuniga eʼtiborli boʻling. Yodda tuting, 2000 soʻzli mazmunsiz maqoladan 200 soʻzli mazmunli maqola afzaldir. Buni soʻnggi ogohlantirish oʻlaroq qabul etgaysiz. Keyingi safar ogohlantirishsiz bloklanasiz.

Yoqimli tahrirlar tilayman.

Malikxan munozara 13:55, 18-Noyabr 2022 (UTC)[javob berish]

Bloklandingiz[manbasini tahrirlash]

Stop icon with clock
Siz koʻp marotaba ogohlantirishlarga qaramay, Disney kanalining tarixi maqolasiga oʻxshash mashina yordamida tarjima qilingan mazmunsiz maqolalar yaratishda davom etganingiz sababli 1 kun muddatga bloklandingiz. Blok muddati nihoyasiga yetganidan soʻng, siz bemalol foydali hissa qoʻshishingiz mumkin.
Agar blokni ochish uchun yaxshi sabablar bor deb oʻylasangiz, mana bu sahifani oʻqing, keyin quyidagi matnni munozara sahifangizga qoʻshing:
{{blokdan chiqarish|sabab=Bu yerda sizning sababingiz ~~~~}}.

Malikxan munozara 07:07, 23-Noyabr 2022 (UTC)[javob berish]

Tarix jurnallari roʻyxati maqolasi oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatildi[manbasini tahrirlash]

Siz tomoningizdan yaratilgan Tarix jurnallari roʻyxati maqolasi oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi. Chunki, maqolangiz Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi, shuning uchun oʻchirilishi lozim.

Maqolangizni oʻchirish masalasi konsensusga erishilgunga qadar Vikipediya:Oʻchirishga/Tarix jurnallari roʻyxati sahifasida muhokama qilinadi. Muhokamada hamma, jumladan siz ham qatnasha olasiz.

Muhokama davomida ham maqolada tahrirlar qilishingiz mumkin, biroq uning tepasidagi {{oʻchirishga}} andozasini olib tashlamasligingiz kerak. Umarjon Rahimov (munozara) 16:31, 29-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Siz tomoningizdan yaratilgan „Lala Mustafo Posho“ sahifasi tezda oʻchirish mezonlariga („M2: Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi“) binoan oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi, chunki sahifa hozirgi holatida oʻzbekcha Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni sahifa munozara sahifasida qoldiring.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! 卂ㄥ丨乃乇Ҝ 卂ㄒㄒ卂爪ㄖ几ㄖᐯ (munozara) 21:48, 4-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]