Sweet Dreams

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Sweet Dreams“
Beyoncé qoʻshigʻi
„I Am... Sasha Fierce“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2-iyun, 2009-yil(2009-06-02)
Yozib olingan 2008-yil mart
Janr Electropop
Davomiyligi 3:28
Leybl Columbia
Matn muallif(lar)i
  • Beyoncé Knowles
  • James Scheffer
  • Wayne Wilkins
  • Rico Love
Prodyuser(lar)
  • James Scheffer
  • Wayne Wilkins
  • Rico Love
  • Beyoncé Knowles
Beyoncé singllari xronologiyasi
„Ego“
(2009)
Sweet Dreams
(2009)
„Broken-Hearted Girl“
(2009)
Klipi
„Sweet Dreams“ YouTubeda

Sweet Dreams“ („Shirin tushlar“) amerikalik qoʻshiqchi Beyoncé ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning I Am... Sasha Fierce (2008) nomli uchinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. 2009-yilning 2-iyunida Columbia Records leyblida albomning oltinchi singli oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiq 2008-yilning martida albom relizidan sakkiz oy avval Internetda tarqalib ketgan[1][2]. Bundan tashqari, qoʻshiq nomi avvalboshda „Beautiful Nightmare“ boʻlgan boʻlib, tarona nomi keyinchalik hozirgisiga oʻzgartirilgan. Qoʻshiq matni Beyoncé, James Scheffer, Wayne Wilkins va Rico Love tomonidan yozilgan. Musiqiy jihatdan, „Sweet Dreams“ electropop janridagi qoʻshiqdir.

Qoʻshiq musiqa tanqidchilari tomonidan xush qarshilangan. 2010-yili „Viewers Choice Award“ nominatsiyasida BET mukofotiga nomzod qilib koʻrsatilgan. Tarona Billboard Hot 100 xit-paradida oʻninchi pogʻonagacha koʻtarilgan. AQShdan tashqarida, qoʻshiq Yangi Zelandiya xit-paradida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Avstraliya, Birlashgan Qirollik, Chexiya, Irlandiya va Slovakiya mamlakatlari xit-paradlarida yuqori oʻntalikka kirgan. Bundan tashqari, ashula AQSh, Avstraliya va Yangi Zelandiya davlatlarida platina sertifikati bilan taqdirlangan.

„Sweet Dreams“ qoʻshigʻi uchun Nyu-York shahrining Bruklin borosida klip suratga olingan. Unga Adria Petty rejissorlik qilgan. Klip sahnalarida asosan kompyuter grafikasidan foydalanilgani ortidan klip uchun kam xarajat sarflangan. Klipda Beyoncéning fransuz dizayneri Thierry Mugler tomonidan yaratilgan tillarang kostyumni kiygan sahnalarni koʻrish mumkin. Shuningdek, Beyoncé „Sweet Dreams“ ashulasini MTV Europe Music Awards taqdirlash marosimi (2009) da hamda I Am… World Tour (2009—10) nomli turnesi davomida ijro etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Reid, Shaheem „Usher, Beyoncé Collaborator Rico Love Talks 'Organic' Songwriting Process | News“. MTV News. MTV Networks (2010-yil 8-aprel). 2020-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-fevral.
  2. „Beyonce Working On Next Album, Wants Fans to Support Kelly, Michelle, and Solange“. Singersroom (2008-yil 29-mart). 2020-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]