Ushbu sahifa Oʻzbekcha Vikipediya qoidalarining bir qismidir. Unga barcha ishtirokchilar amal qilishi lozim. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Vikipediyada paydo boʻladigan koʻp muammolar konsensus (kelishuv) orqali hal qilinadi. Konsensus — bu barcha bir ovozdan qoʻllab-quvvatladi degani emas, balki har bir ishtirokchining fikri e'tiborga olingan holda va Vikipediya qonun-qoidalariga muvofiq ravishda topilgan yechimdir.