Foydalanuvchi:Xayrullayev Abubakr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

KIRISH[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavzuning dolzarbligi.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yuqoridagi fikri davlatlarimiz oʻrtasidagi bir necha yillik sovuqchilikni tugaganidan va oʻzaro hamkorlikning yangi bosqichi boshlanganidan dalolat beradi. Qadim tarixdan o'zaro qardosh xalqlar hisoblanuvchi hamda hududiy jihatdan deyarli bir davlatning tarkibida bo'lgan bu ikki davlatlar hozirda ham o'zaro hamkorlikni saqlab kelishmoqda. Bu ikki davlat o'zaro aloqalar tomondan muhim o'rin egallash bilan birgalikda bu ikki davlat Markaziy Osiyo mintaqasida muhim o'rin tutishadi. Bu ikki davlatlarning bir-biriga naqadar bog'liqligi nafaqat tarixiy jarayonlar davomida, balki o'tgan asrdagi Sovet ittifoqi davlati tarkibida ham bu yanada mustahkamlandi. Bu ikki davlat ham XX asrning oxirida Sovet ittifoqi davlati tarkibidan ajralib chiqishdi. Shu vaqtdan so'ng bu ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar bir xil kechgani yo'q. Dastlabki davrlardan boshlab XXI asr ikkinchi dekadasi o'rtalarigacha bo'lgan muddat davomida bu ikki davlat munosabatlarida o'zaro yaqin munosabatlar kuzatilmadi.

Oʻzbekiston tashqi siyosatidagi asosiy tamoyillar: mintaqaviy xavfsizlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning zamonaviy tashiq siyosiy kursi dunyoda va mintaqada shiddat bilan o‘zgarayotgan vaziyat, hamda mamlakatning ichidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga asoslanib shakllanadi[1].

O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi – davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi o‘rni va rolini mustahkamlash, yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surish.

Tashqi siyosatimizning prinsipial pozitsiyasi hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmaslik, boshqa davlatlarning harbiy bazalari va obyektlarini O‘zbekiston hududida joylashishiga yo‘l qo‘ymaslik, harbiy xizmatchilarimizning mamlakatimiz hududidan tashqaridagi tinchlikparvar operatsiyalarida ishtirok etmasligi, barcha ziddiyat va mojarolarni faqat siyosiy yo‘l bilan hal qilishga sodiq qolish bilan izohlanadi. O‘zbekiston hech qanday bloklarga a’zo bo‘lmasdan turib muloqot uchun ochiq va barcha sheriklari bilan tinchlik, taraqqiyot va farovonlik yo‘lida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor.

Tashqi siyosatimizning bosh ustuvor yo‘nalishi Markaziy Osiyo mintaqasidir[2]. O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi siyosati mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga, mintaqaviy xavfsizlikning muhim muammolarini hal etishga, shu jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni hal qilishga ko‘maklashishga qaratilgan. O‘zbekiston mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaning transport va tranzit infratuzilmasini rivojlantirish, Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolarining suv-energetika resurslaridan oqilona va kompleks foydalanish hamda mintaqaning ekologik barqarorligini ta’minlash, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonini yakuniga yetkazish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston mintaqa davlatlari bilan do‘stona va ahil qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashdan, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishdan, parlamentlar, chegara hududlari, jamoat tashkilotlari va oddiy fuqarolar o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirishdan manfaatdor.

Oʻzbekiston va Tojikistonning ikki tomonlama munosabatlaridagi asosiy masalalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimiy jihatdan bir hududda yashab kelgan o’zbek va tojik xalqi o’rtasidagi munosabatlar mustaqillik qo’lga kiritilgach yangi bosqichga ko’tarildi. Tarixdan ma’lumki, SSSR davrida Tojikiston dastlab O’zSSR tarkibida bo’lgan va keyinchalik umumittifoq tarkibiga o’tgan. O’zbek va tojik xalqlari boshqa-boshqa tilda so’zlashsa-da, madaniy jihatdan bir-biriga eng yaqin hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o'rtasida diplomatik aloqalar 1992 yil 22 oktyabrda o'rnatilgan.

Iqtisodiy rivojlanishi, jug'rofiy va geosiyosiy joylashuvi, shuningdek, ikki qo'shni davlatning jamoaviy ildizlari va tarixiy aloqalari tufayli, O'zbekiston Respublikasi  Tojikiston Respublikasi bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishga doimiy e'tibor berib kelmoqda.

Ikki tomonlama o'zbek-tojik munosabatlarining huquqiy asosiga 1992 yildan hozirgi kungacha davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajada imzolangan 111 shartnoma va bitimlar kiradi[1].

Ikki mamlakat o'rtasida tasdiqlangan hujjatlar ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikning barcha muhim yo'nalishlarini qamrab oladi va siyosiy va iqtisodiy, savdo va boshqa sohalarda O'zbekiston va Tojikiston  o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun mustahkam huquqiy asosni ta'minlaydi. 1993-yil 4-yanvarda Toshkentda imzolangan O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va hamkorlik shartnomasi va 2000-yil 15-iyunda imzolangan O'zbekiston bilan Tojikiston o'rtasidagi abadiy do'stlik shartnomasi haqli ravishda eng muhim hujjat hisoblanadi. Bular  O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi munosabatlarning asosiy yo'nalishlarini belgilab berdi.

Hududiy nizolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'zbekistonning Farg'ona vodiysida sodir bo’lmoqda. Hududiy nizolarga qo'shimcha ravishda mintaqadagi boshqa muammolar xavfsizlik va energetika muammolarini o'z ichiga oladi. Ikkala mamlakatda ham musulmonlar ko'pchilikni tashkil etadi. Energiya nuqtai nazaridan O'zbekiston, Qozog'iston va Turkmaniston gaz va qimmatbaho metallar kabi tabiiy boyliklarga ega, Tojikiston va Qirg'iziston mintaqadagi asosiy daryolar manbaida joylashgan. Ushbu daryolar quyi qismida joylashgan O'zbekiston paxta sanoati uchun zarur suvni ta'minlaydi, shu sababli gidroelektropik to'g'on uchun suv oqimini boshqa tomonga yo'naltirishga qaratilgan urinishlar o'zbekistonliklar tomonidan jiddiy qarshiliklarga uchradi. Biroq, Tojikistonning energetik ehtiyojlari o'ta og'ir, ayniqsa qishda. Ilgari, ushbu dolzarb muammolar tufayli chegaralar, terrorchilik tahdidlari va suv muammolari tufayli, O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi hamkorlik samarali bo'lmadi. Biroq, bu muammolar o'z-o'zidan hal qilinmaydi va har ikki davlat qandaydir kelishuvga erishishi kerak. 2016 yil sentyabr oyida O'zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti Islom Karimovning vafotidan keyin har bir mamlakatda kelishuvga erishish uchun ko'proq imkoniyat bo'lishi mumkin.

Tegishli masalalar: chegaralar, terrorizm va energiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuqorida qayd etilgan uchta masala bo'yicha hamkorlik bo'yicha O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi diplomatik harakatlar qanday bo'lganini o'rganishdan oldin, ushbu muammolarning tarixi batafsilroq tushuntirilishi kerak. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, O'zbekistonda etnik tojiklar mavjud va Tojikistonda ko'plab etnik o'zbeklar istiqomat qiladi. Taxminlarga ko'ra, ozchiliklar o'z etnik uylari yaqinida istiqomat qilishadi va hozirgi kungacha 105 kilometrlik o'zbek-tojik chegarasi hududida tortishuvlar davom etmoqda. Xuddi shunday, Farg'ona vodiysining shimoliy tomonida joylashgan taxminan 330 kilometrlik o'zbek-qirg'iz chegarasi bahslari davom etmoqda.O'zbek-tojik chegarasining umumiy uzunligi (1332 km) bilan taqqoslaganda, 105 kilometr unchalik ahamiyatsiz bo'lib tuyulishi mumkin. Biroq, zamonaviy davlat bo'lish uchun hududiy yaxlitlik juda muhimdir Shuningdek, O'zbekiston Tojikiston bilan chegara bo'ylab  terrorchilarni yo'q qilish uchun minalarni joylashtirgan. Ushbu minalarning rasmiy sababi nima bo'lishidan qat'iy nazar, minalar oqibatida o'nlab tojikistonlik tinch aholi jarohat olgan va bu ikki mamlakat o'rtasidagi tanglikni yanada kuchaytirmoqda. Va nihoyat, Karimov boshchiligidagi chegaradagi nizolar 1992 yil boshlangan Toshkent va Dushanbe o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aviareyslarning to'xtatilishiga va Tojikistondan  O'zbekistonga kirishga harakat qilayotgan tojiklar uchun viza tartibining qiyinlashishiga olib kelgan edi. 1990 yillarning boshidan beri davlatlararo munosabatlarga bir qator omillar ta'sir ko'rsatdi. Bular:

- chegaralarning to'liq bo'lmagan delimitatsiyasi;

-qonun ikki davlat o'rtasida qattiq viza rejimi;

-millatchilik kayfiyati;

-Samarqand va Buxoroga tegishli tarixiy da'volar ;

-Tojikistonning baland tog'larida Rog'un GESi qurilishi ;  

-Rahmon va O'zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov o'rtasidagi siyosiy va shaxsiy adovat[1].

Natijada o'zaro savdo hajmi 1 million dollarga kamaydi; Toshkent va Dushanbe o'rtasida parvozlar amalga oshirilishi bekor qilindi va  O'zbekiston hududidan o'tuvchi tojik temir yo'l yuklari to'sib qo'yildi. 2000 yil avgust oyida terroristik guruhlar O'zbekistonning janubiy viloyatiga Tojikistondan kirib kelganida, Toshkent Dushanbeni bu hujumning oldini olishga qodir emasligi uchun qattiq aybladi.

2012 yil yanvar oyida O'zbekiston, ta'mirlash bahonasida, Tojikiston bilan chegaradagi 16ta nazorat-o'tkazish punktidan 9tasini yopib qo'ydi. 2012 yil aprel oyida O'zbekiston Tojikistonga tabiiy gaz etkazib berishni to'xtatdi, bu esa Tojikiston alyuminiy zavodi ishiga xavf tug'dirdi . Bularning barchasi O'zbekistonning Tojikistonda Rog'un GESi qurilishiga keskin qarshi chiqishi bilan bog'liq edi. Bu  O'zbekiston paxtachiligiga zarar yetkazishi mumkin. Bundan tashqari, O'zbekistonda ta'kidlanishicha, qurilayotgan to'g'on seysmik xavfli zonada joylashgan va agar buzilsa, nazariy jihatdan, O'zbekistonning quyi oqimidagi aholi punktlarini ham suv bosishi mumkin.


Rimland Nazariyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerikaning o'z davridagi kelgusi geosiyosiy dasturlarini ishlab chiqishida kelib chiqishi gollandiyalik N.Spaykmenning ta'limotlari ham turtki bo'ldi. Uning yozishicha, "geografiya davlat tashqi siyosatining eng fundamental omili hisoblanadi, chunki bu omil doim mavjud". N.Spaykmen dunyo kuchlarining uchta keng markazi - Shimoliy Amerikaning Atlantika sohili, Yevropa sohili va Yevroosiyoning Uzoq Sharq sohillarini alohida ajratib, Amerika bular orasida o'z geosiyosatini ko'proq Yevropa sohiliga qaratishi maqsadga muvofiq, deya ta'kidlaydi. H.Makkinder modelidan farqli ravishda N.Spaykmen geosiyosiy sxema boʻyicha o'z ariantini taklif qiladi. Uning g'oyasiga koʻra jahon hukmronligiga yo'l Heartland emas,balki Rimland (qirg'oqbo'yi hududlar) deb hisoblaydi. Shu boisdan, N.Spaykmen H.Makkinder formulasiga quyidagicha oʻzgartirish kiritadi: "Kim Rimland ustidan hukmron bo'lsa, Yevroosiyo ustidan hukmron bo'ladi, kim Yevroosiyoni boshqarsa, u dunyo taqdirini o'z qo'liga oladi"deb aytadi.

Heartland – Rimland[tahrir | manbasini tahrirlash]

“Heartland – Rimland” nazariyasi – AQSh nazariyotchisi N.Spaykmenning taʼlimoti. Spaykmen gʻarbdan sharqqa uzangan Yevroosiyo materigining “chekka ichki yarimoy” doirasini “Rimland” (inglizcha: rim – oʻlka, chambarak; land – yer) deb atagan. Buyuk Britaniyadan to Yaponiyagacha – Oxota dengizigacha choʻzilgan,  shimoliy va janubiy qitʼalar orasida joylashgan ulkan hududni  qamragan makonga u jahonning buyuk dengiz yoʻllarini nazorat  qilish imkonini beradigan geostrategik mintaqa deb qaragan.

Rimland yoki ichki yarim oy dunyo aholisining ko‘p qismini, shuningdek, dunyo resurslarining katta qismini o‘z ichiga oladi. Rimland Heartland va chekka dengizlar orasida joylashgan, shuning uchun u Heartlanddan ko‘ra muhimroq edi. Unga Rossiyadan tashqari Kichik Osiyo, Arabiston, Eron, Afgʻoniston, Janubi-Sharqiy Osiyo, Xitoy, Koreya va Sharqiy Sibir kirgan. Yuqorida sanab o‘tilgan barcha mamlakatlar dengiz kuchi va quruqlik kuchi o‘rtasidagi himoya hududidajoylashgan. Rimland mamlakatlari Yevroosiyo qit’alarini o‘rab turgan dengiz bo‘yi davlatlari edi. Spykman birinchi ikkitasini ta’riflanganidek qabul qilsa-da, u Osiyo mamlakatlarini bitta “musson o’lkasi”ga oddiy guruhlashni rad etadi. Hindiston, Hind okeani sohillari va hind madaniyati geografik va sivilizatsiya jihatdan Xitoy yerlaridan alohida edi. Rimlandning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u oraliq mintaqa bo‘lib, heartland va chekka dengiz kuchlari o‘rtasida joylashgan. Quruqlik va dengiz kuchlari o‘rtasidagi dengiz bo‘yi himoya hududi sifatida u o‘zini har ikki tomondan himoya qilishi kerak, bu yerda uning asosiy xavfsizlik muammolari yotadi. Spykmanning Rimland haqidagi tushunchasi Makkinderning ichki yoki chekka yarim oyiga qaraganda Alfred Tayer Mahanning “Munozarali va bahsli zonasi”ga ko’proq o‘xshaydi. Rimland o‘zining demografik kuchi, tabiiy resurslari va sanoat rivojlanishi bilan katta ahamiyatga ega. Spykman bu muhimlikni Rimlandning Heartlandan ustunligini ushlab turishda hal qiluvchi ahamiyatga ega  deb hisoblaydi.