Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Usmonov Gayrat/Gaiti Respublikasidagi norozilik namoyishlari (2019 yildan beri)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

2018-2024-yilgi Gaiti inqirozi

Hincheda namoyishchilar tomonidan shinalarni yoqib yuborilishi, 2019-yil fevral oyi
Sana 7-iyul, 2018-yil(2018-07-07) – hozir
Joy
Sababi
  • Venesuela (Petrocaribe) da kreditlaridan notoʻgʻri foydalanish
  • Benzin, dizel va kerosin uchun soliqlarning koʻtarilishi va yashash sharoitlarining yomonlashishi
  • Korrupsiya

2021-yil

  • Avtoritarizm, diktaturadan qoʻrqish va Prezident Jovenel Moiseni xalqaro qoʻllab-quvvatlash
  • Moisning muddatini uzaytirish taklifi, politsiyachilarni oʻldirish va davlat toʻntarishiga urinish
  • Politsiya shafqatsizligi, inson huquqlari buzilishi va namoyishchilarga nisbatan zoʻravonlik

2022–2024-yil'

  • Bosh vazir Ariel Genrining hokimiyatga kelishi
  • Gaitidagi koʻchalar urushi
Maqsadlari

2018–2021-yil

  • Moisning isteʼfosi, muvaqqat hukumatining oʻrnatilishi va yangi umumiy saylovlar

2022–2024-yil

  • Ariel Genrining isteʼfosi[1][2]
  • Qurolli guruh zoʻravonligi, odam oʻgʻirlash va qotilliklarning tugashi
  • Jazosizlik va Gaitidagi korrupsiyaga barham berish va yashash sharoitlarini yaxshilash
  • 2021-yilgi davlat toʻntarishiga urinishdan keyin hibsga olingan 33 sudya va 23 zobitning ozod etilishi
Natijasi
  • Jovenel Moisening oʻldirilishi
  • Gang urushi
  • Ariel Genrining isteʼfosi[3][4]
Fuqarolik nizosining tomonlari
Gaiti Namoyishchilar

Gaiti Gaiti hukumati


Gaitidagi koʻp millatli xavfsizlikni qoʻllab-quvvatlash missiyasi

Qoʻllab-quvvatlovchilar:
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi
 AQSh
 Kanada[7]
 Fransiya
Tayvan bayrogʻi Tayvan
Yetakchilar
Gaiti Jean-Charles Moïse
Gaiti Schiller Louidor
Gaiti Guy Philippe[8]
GaitiFayl:Seal of the Revolutionary Forces of the G9 Family and Allies.svg Jimmy Chérizier
Jovenel Moïse
Gaiti Fritz William Michel
Gaiti Jean-Michel Lapin
Gaiti Jean-Henry Céant
Gaiti Jack Guy Lafontant
Gaiti Ariel Henry
Raqamlarda
Qurbonlar va yoʻqotishlar
5000+ oʻlgan, 2000+ jarohatlangan, 2000+ oʻgʻirlangan
2023-yil 1-yanvardan boshlab[9][10]
2024-yil 19-mart holatiga koʻra, 360 000+ kishi boshqa joyga koʻchirilgan[11]
Qurbonlar

Gaiti Respublikasidagi norozilik namoyishlari 2019-yilning 7-fevrali kuni mamlakatning hamma shaharlarida boshlangan. Muxolifatdagi siyosatchi Jan-Charl Mois boshchiligidagi namoyishchilar Gaiti prezidenti Jovenel Moise [12] isteʼfosini talab qildilar. Namoyishchilarning maqsadi ijtimoiy dasturlarni ilgari surish va korrupsiyaner amaldorlarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun muvaqqat hukumatini yaratish boʻlgan[13][14].


2018-yilning 7-iyulida Gaiti boʻylab yonilgʻi narxi oshishiga qarshi norozilik namoyishlari boshlagan[15][16]. Vaqt oʻtishi bilan bu norozilik namoyishlari Gaitining oʻsha paytdagi prezidenti Jovenel Moisening isteʼfosini talab qilishga aylangan. Muxolifatdagi siyosatchi Jan-Charlz Moise boshchiligidagi namoyishchilarining maqsadlari muvaqqat hukumatini yaratish, ijtimoiy dasturlarni taʼminlash va poraxoʻr amaldorlarni jinoiy javobgarlikka tortish edi. 2019-yildan 2021-yilgacha Jovenel Moise hukumatini isteʼfoga chiqarishga chaqirgan ommaviy norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Moise 2016-yilgi prezidentlik saylovlarida birinchi oʻrinni egallagan, ammo saylovda saylovchilarning atigi 21 foizi ishtirok etgan[17] . 2015-yilgi saylovlar esa firibgarlik tufayli bekor qilingan[18]. 2021-yil 7-fevralda muxolifat tarafdorlari davlat toʻntarishiga urinishgan va 23 kishi hibsga olingan.

2021-yil 7-iyulda Jovenel Moise 28 nafar xorijiy yollanma askardan iborat guruh tomonidan oʻldirilgan. Qotillikda gumon qilinganlardan uchtasi oʻldirilgan va 20 nafari hibsga olingan. 2021-yil 20-iyulda Ariel Genri vaqtincha bosh vazir vazifasini bajaruvchi lavozimni egallagan[19][20].

2022-yil sentabrida energiya narxlarining oshishiga javoban navbatdagi norozilik namoyishlari boshlangan[21]. Vabo epidemiyasi va keng tarqalgan ochlik bilan birgalikda inqiroz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining mamlakatdagi jinoiy guruh rahbarlaridan biri Jimmi Cherizierga qarshi sanktsiyalar kiritishiga olib kelgan[22]. 2022-yilda Kanada uchta badavlat ishbilarmonlarga – Gilbert Bigio, Reynold Dib va Sherif Abdullohga qarshi sanktsiyalar eʼlon qildi, ular „Gaitidagi qoʻpol va tizimli inson huquqlari buzilishida ishtirok etganlik“da ayblangan[23]. 2023-yil oktabr oyida BMT Xavfsizlik Kengashiga bergan hisobotida ham Martelli, Dib va Latortuning jinoiy guruhlar bilan aloqasi borligi aniqlangan[24].

Norozilik namoyishlari Gaiti hukumatining yuqori martabali amaldorlari Venesuelaning Petrocaribe kompaniyasidan olingan 3,8 milliard AQSh dollari kreditlarni suiisteʼmol qilganliklari va prezident Moisening korrupsiyanerlarga aloqador ekanligi haqidagi sud zalidagi xabarlardan keyin boshlangan[25][26][27]. Shuningdek, Iqtisodiy muammolar, jumladan, turmush narxining oshishi ham mamlakatda noroziliklarga sabab boʻlgan[26].

Namoyishlarning birinchi kunida namoyishchilar gaitilik boylarning hashamatli mashinalariga hujum qilib, ularga zarar yetkazishgan[26]. Ertasi kuni, 8-fevral kuni baʼzi shahar merlari Karnavaldan oldingi tadbirlarni bekor qilishdi[26]. 9-fevraldagi norozilik namoyishlari politsiya bilan yana toʻqnashuvlarga sabab boʻlgan. Namoyishchilarning ittifoqchilaridan bir ayolning kaltaklashi ortidan namoyishchilar prezident Moisning uyiga tosh otishgan[28].

12-fevralda namoyishchilar bozorlarni yoqib yuborishdi, turli doʻkonlarni talon-taroj qilishdi va Aquina qamoqxonasidagi mahbuslarni ozod qilishga yordam berishgan[25][29]. Port-o-Prensda namoyishchilar Italiya va Peru bosh konsulligi joylashgan binoni ham talon-taroj qilishgan[27][30]. Prezident Moise 14-fevral kuni soʻzga chiqib, isteʼfoga chiqmasligini maʼlum qildi: „Men, davlat rahbari Jovenel Moise, mamlakatni qurolli toʻdalar va giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanuvchilarga topshirmayman“[31].

Prezident Mois muxolifatni tinch muloqotga chaqirgan. Prezident Mois muloqotda, „Mamlakat muammolari faqat siyosiy emas, mamlakat muammolari ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiydir“- dedi[26]. Milliy politsiya mamlakatda tinch namoyishlarni toʻxtatgan „yovuz odamlar“ borligini takidlagan[32].

Moise hukumati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muxolifatga Jan-Charlz Moise boshchilik qilgan[33]. Muxolifat sulh takliflarini rad etgan va prezidentning isteʼfosini talab qilgan[26]. Muxolifat prezidentni isteʼfoga majburlash uchun umummilliy ish tashlash uyushtirgan[29]. Jan-Charlz Mois muxolifatchilar bilan birgalikda Mois oʻrniga muhvaqqat hukumatini tuzishga chaqirgan. Jan-Charlz: „Agar Jovenel Moise hokimiyatni istamasa, biz yaqin kunlarda muvaqqat prezidentni tayinlaymiz“, – dedi[33][14].

Hibsga olishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

18-fevral kuni poytaxtdagi Le Nouvelliste gazetasi xabar berishicha, shaharda 1 nafar Gaiti fuqarosi va 7 nafar boshqa fuqarolar hibsga olingan. Hibsga olingan vaqtda ularning mashinalaridan miltiq, toʻpponcha, dron va sunʼiy yoʻldosh telefonlari topilgan[34]. Gaiti tashqi ishlar vaziri Bochit Edmond ularning orasida besh nafar amerikalik ham borligini tasdiqlagan[35]. Boshqa mahalliy matbuot xabarlariga koʻra, ulardan biri serbiyalik boʻlgan[34].

Ommaviy axborot vositalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jurnalistlarni himoya qilish qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ayrim muxbirlar namoyishchilar tomonidan nishonga olingan[32]. Reuters jurnalisti Robenson Sanon norozilik namoyishlari paytida yaralangan, biroq u namoyishlar orasida qolib ketgani uchun bu baxtsiz hodisa deb hisoblangan[32] .

Davlatlarning reaksiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • AQSh: AQSh Davlat departamentining Gʻarbiy yarim shar boʻyicha siyosatchisi: – „Biz barcha odamlarning demokratik va shaffof hukumatni talab qilish va hukumat rahbarlarini javobgarlikka tortish huquqini qoʻllab-quvvatlaymiz, ammo zoʻravonlik uchun hech qanday asos yoʻq[27]. Qoʻshma Shtatlar Gaitida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun gumanitar yordam tayyorladi va korruptsiya uchun mas’ul boʻlganlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi“, dedi[36].

Xalqaro tashkilotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • CARICOM: „Gaitida davom etayotgan zoʻravonlik noroziliklari, odamlarning qurbon boʻlishlari, xususiy mulklarning zarar koʻrishi, infratuzilmaning vayron boʻlishiga olib kelgan noroziliklar va katta azob-uqubatlarga sabab boʻlgan janjalardan chuqur xavotirda“. „CARICOM tinchlikka va zoʻravonlikni toʻxtatishga chaqirib, barcha ishtirokchilarni konstitutsiyaviy muloqotga kirishishga, konstitutsiya, qonun ustuvorligi va demokratik jarayonlarni hurmat qilish, muammolarni tinch yoʻl bilan hal qilish va normal hayotga qaytishga chaqiradi“[37].
  • OAS: Bosh kotib Luis Almagro shunday dedi: „Biz barcha ishtirokchilarni muloqot jarayonida toʻliq ishtirok etishga, demokratik jarayonni hurmat qilishga va nizolarni tinch yoʻl bilan hal qilishga chaqiramiz“[32].
  • BMT: Gaitidagi Adliyani qoʻllab-quvvatlash missiyasi bayonotida aytilishicha, "mitinglar chogʻida sodir boʻlgan qabul qilib boʻlmaydigan zoʻravonlik harakatlari oqibatida koʻplab insonlar va mol-mulk yoʻqotilganidan afsusda. Gaiti milliy politsiyasi „butun holda“ va „Gaiti jamiyati vakillarini va ayniqsa, mamlakat rahbarlarini hozirda sodir boʻlayotgan siyosiy-iqtisodiy inqirozga real va doimiy echimlarni aniqlash, amalga oshirish maqsadida konstruktiv va inklyuziv muloqotda ishtirok etishga chaqirdi“[38].
  1. Montoya, Angeline. „En Haïti, « les gangs ont transformé leur contrôle territorial en domination sociale, économique et militaire »“ (fr) (2024-yil 7-mart). 2024-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 7-mart.
  2. Buschschlüter, Vanessa. „Haiti gang leader threatens 'civil war' if PM does not resign“. BBC News (2024-yil 7-mart). 2024-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-mart.
  3. Coto, Dánica; Sanon, Evens. „Ariel Henry: Haiti's PM says he will resign“. Associated Press (2024-yil 12-mart). 2024-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-mart.
  4. „Ariel Henry resigns as Haiti's PM as transitional council takes power“. France 24 (2024-yil 25-aprel). Qaraldi: 2024-yil 25-aprel.
  5. „Barbados Defence Force Getting Ready For Haiti.“. The St Kitts Nevis Observer (2024-yil 7-mart). 2024-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-mart.
  6. „Benin joins Haiti's multinational support force“. Caribbean News Global (2024-yil 1-mart). 2024-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-mart.
  7. „The U.S. and Canada sent armored vehicles and supplies to Haiti to help fight a gang“. NPR. Associated Press (2022-yil 16-oktyabr). 2023-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-mart.
  8. Ives, Kim „Responding to Guy Philippe's Call, Civil Disobedience Protests Erupt Across Haiti“. Haiti Liberté (2024-yil 17-yanvar). 2024-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-mart.
  9. Shamdasani, Ravina „Haiti: Deaths and injuries amid gang violence“. OHCHR.org (2023-yil 18-avgust). 2024-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-mart.
  10. „Haiti sees surge of deaths amid instability crisis: UN report“. RFI (2024-yil 19-aprel).
  11. Grant, Will. „'Only God can change this place': Haitians see no end to spiralling violence“. BBC News (2024-yil 19-mart). 2024-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-mart.
  12. Jovenel Moiz i Jan-Sharl Moiz yavlyayutsya odnofamilsami i ne imeyut nikakix rodstvennix svyazey.
  13. „Haiti: Thousands protest against corruption | DW | 8 February 2019“ (en). Deutsche Welle (2019-yil 8-fevral). 2019-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-fevral.
  14. 14,0 14,1 Lemaire. „Angry Haitians Demand Regime Change“ (en). Voice of America (2019-yil 12-fevral). 2019-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-fevral.
  15. „Haiti: Thousands protest against corruption“. Deutsche Welle (2019-yil 8-fevral). 2019-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-fevral.
  16. „Haiti's Protests: Images Reflect Latest Power Struggle“. Council of Foreign Relations (2021-yil 3-mart). 2021-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-iyul.
  17. Hu, Caitlin Stephen; Rios, Michael. „Haiti's leader to resign as gangs run rampant through country engulfed in crisis“. CNN (2024-yil 12-mart). 2024-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-mart.
  18. Charles, Jacqueline. „Banana farmer wins Haiti presidency, according to preliminary results“. Miami Herald (2024-yil 17-mart). 2016-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-noyabr.
  19. Gonzalez, Oriana „Police arrest "presumed assassins" of Haitian president“. Axios (2021-yil 7-iyul). 2021-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
  20. Merancourt, Wildmore; Faiola, Anthony; Boburg, Shawn. „Assassination of Haitian president becomes complex international web“ (2021-yil 9-iyul). 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
  21. Phillips, Tom; Taylor, Luke. „Is the feared gang boss 'Barbecue' now the most powerful man in Haiti?“. The Guardian (2024-yil 10-mart). 2024-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-mart.
  22. Wilkinson, Bert. „Caribbean leaders call a emergency meeting Monday on Haiti, calling the situation there 'dire'“. AP (2024-yil 9-mart). 2024-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-aprel.
  23. Charles, Jacqueline. „Swimming pools, foundations: Haiti gangs interwoven in society, U.N. sanctions report says“. Miami Herald (2023-yil 19-oktyabr). 2023-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-mart.
  24. Nichols, Michelle; Garcia, David Alire. „U.N. unanimously passes Haiti sanctions, targets gang leader“ (en). Reuters (2022-yil 21-oktyabr). 2022-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-oktyabr.
  25. 25,0 25,1 „Inmates escape from Haiti prison“ (en). BBC News (2019-yil 12-fevral). 2019-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-fevral.
  26. 26,0 26,1 26,2 26,3 26,4 26,5 „As protests and deaths escalate in Haiti, mayors cancel pre-Carnival parties“ (en). The Miami Herald (2019-yil 8-fevral). 2019-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-fevral.
  27. 27,0 27,1 27,2 „US Deplores Haiti Violence“ (en). Voice of America (2019-yil 12-fevral). 2019-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-fevral.
  28. „Protesters Stone Haitian President's Home, Battle Police“ (en). Voice of America (2019-yil 9-fevral). 2019-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-fevral.
  29. 29,0 29,1 „Haiti president recalls top envoy amid ongoing violent protests, calls for resignation“ (en). The Miami Herald (2019-yil 13-fevral). 2019-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-fevral.
  30. „Haiti - FLASH : 6th day of paralysis, the country sinks into chaos...“. Haiti Libre (2019-yil 13-fevral). 2019-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-fevral.
  31. „Haiti's president defies violent protests, will not step down“ (en). Reuters (2019-yil 15-fevral). 2019-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-fevral.
  32. 32,0 32,1 32,2 32,3 „Haiti President Jovenel Moise defiant amid deadly protests and calls for his resignation“. CNN (2019-yil 15-fevral). 2019-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-fevral.
  33. 33,0 33,1 „Haiti: Thousands protest against corruption | DW | 8 February 2019“ (en). Deutsche Welle (2019-yil 8-fevral). 2019-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-fevral.
  34. 34,0 34,1 Daniel, Frank Jack. „Americans arrested in Haiti with weapons: media“ (en). Reuters (2019-yil 18-fevral). 2019-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-fevral.
  35. Marquez. „5 Americans arrested in Haiti“. CNN (2019-yil 18-fevral). 2019-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-fevral.
  36. „U.S. looks to send food aid to Haiti as violence brews humanitarian crisis“ (en). The Miami Herald (2019-yil 15-fevral). 2019-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-fevral.
  37. „CARICOM head condemns violence in Haiti“. Nation News. 2019-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-fevral.
  38. „Press Release of the Core Group – 10 February 2019“. United Nations Mission for Justice Support in Haiti (2019-yil 10-fevral). 2019-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-fevral.