Foydalanuvchi:Shavkat Ro'zmetov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shavkat Azamat o'g'li Ro'zmetov

Shavkat Azamat o'g'li Ro'zmetov (1996-yil 10-avgustda tugʻilgan) — Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy kengashi Axborot xavfsizligini ta’minlash va monitoring bo‘limi bosh mutaxassisi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shavkat Ro'zmetov 1996-yil 10-avgust Xorazm viloyatining Urganch tumani davlat xizmatchisi oilasida tavallud topgan. Bolaligi Xorazm viloyatining Urganch tumanida oʻtgan. Urganch shahridagi 5-sonli umumtaʼlim maktabida oʻqigan.

2020-yilda Urganch davlat universitetini, 2023-yilda Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolari o'rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash institutini tamomlagan. Kasbi boʻyicha oʻqituvchi. Oʻzbek, rus, turk va ingliz tillarini biladi. Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi aʼzosi.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015—2020-yillarda Xorazm viloyati Urganch tumanidagi “Island electro service” М.Ch.J rahbari sifatida faoliyat yuritadi. 2020—2023-yillarda Milliy tiklanish demokratik partiyasi Xorazm viloyat Kengashi devoni Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi, raisning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi—jamoatchilik bilan aloqalar va OAV bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi boʻlib ishlagan. 2023-yil 1-iyundan Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy kengashi Axborot xavfsizligini ta’minlash va monitoring bo‘limi bosh mutaxassisi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shavkat Ro'zmetov Telegram https://t.me/shavkatruzmetov7Twitter https://twitter.com/shavkatruzmat?t=G5l6NpXMG3mINvIGIfdwWQ&s=09 Facebook https://www.facebook.com/shavkatruzmetov7 ijtimoiy tarmoqlarida oʻz mualliflik kanalini yurgizadi. Unda jamiyat, siyosat va taʼlim borasida oʻz fikrlarini yozib boradi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. https://t.me/uz_milliytiklanish/24741