Foydalanuvchi:Jomboyliklar/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jomboy tumani Qo‘ng‘irot va Nogohon mahallasi boy tarixga ega

Jomboy tuman Qo'ng'irot mahallasi hududidan topilgan ko'za parchalari. Milodiy III-IV asrlar

Jomboy tumani hududida tepaliklar ko‘p uchraydi. Ular olis o‘tmish yodgorliklari. 2019-yilda Nogahon mahallasining Yakonshayx qabristoni yonidagi tepalik bag‘ridan qadimiy tangalar topildi. Mahalliy aholining aytishicha, Payariq tumanidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmui qurilishi uchun bu yerdan tuproq olib ketilgan. Oradan ko‘p o‘tmay, qazishma joyidan qadimiy sopol parchalari, mis chaqalar topib olingan.

Tangalar shaklan bir xil emas. Qirrasi aniq tartibga solinmagan. Sirtidagi matnlarga qaraganda, bir necha turkumga mansub.

Temuriylar davriga oidligi tekshirishlar natijasi shunday xulosa berishga turtki bo‘ldi. Negaki, ularning birida sezilar sezilmas 896 sanasi qayd etilgan. Hijriy-qamariy yil bo‘yicha zarb etilgan vaqtga ishora qilinadigan ushbu raqam, milodiy hisobda esa 1491 yilga to‘g‘ri keladi. Bu davrda Movarounnahrda temuriylar hukmronlik qilar edi.

Nogohon mahallasi hududidan topilgan tangalar. Milodiy 1491-yil

Boshqa tangalarda raqamlar uchramaydi. Naqshinkor arabcha uslubidagi matnlarda „fuls“ va „Alloh“ so‘zlari ajralib turibdi. Markaziy Osiyo numizmatikasini mufassal o‘rgangan olim Irpan Tuxtiyev „Temur va temuriylar sulolasining tangalari“ risolasida „Amir Temur tangalarida biz arabcha, forscha, turkcha va mo‘g‘ulcha so‘zlarni o‘qiymiz“, deb yozadi. Fikrini davom ettirib, temuriylar tangasida forscha „zarb“ so‘zi ko‘p qo‘llanganini taʼkidlaydi. Eʼtiborlisi, tumandan topilgan tangalarda ham shunga o‘xshash matn uchraydi.

Qolaversa, Jomboy tumani Qo‘ng‘irot mahallasining Xitoybola qishlog‘i dala maydonidan ko‘za parchalari topib olindi. Milliy arxeologiya markazi ilmiy xodimi S.Xo‘jamovning xulosasiga ko‘ra, O‘sha davr odamlarining urf-odatlari jasadni oziq-ovqat va moddiy boyliklar bilan dafn etishgani, ko‘za parchasining yasalish uslubi ham milodiy III-IV asrlarga taalluqli.