Foydalanuvchi:Jomboyliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jomboy iqlimi o‘zgaruvchan

JomboySamarqand viloyatining janubiy-sharqiy qismida joylashgan. Shimoldan Gʻallaorol, janub va janubiy-gʻarbdan Samarqand shahri, shimoliy gʻarbdan Payariq va sharqdan Bulungʻur tumani bilan chegaradosh hisoblanadi. Tuman hududi shimoldan-janubga qarab 40 va gʻarbdan-sharqqa 28 kilometr masofaga choʻzilgan. Maydonining asosiy qismi tekislikdan iborat. Oʻrtacha yer sathidan 640-670 metr balandlikda joylashgan. Janubida Zarafshon daryosi shimoli-gʻarbga tomon oqib oʻtadi. Hudud chegarasidan Mirza ariq, Bulungʻur hamda Polvonariq kanallari oʻtgan.Gʻarbdan Atlantika okeanidan 4800, Oʻrta yer dengizidan 2500 kilometr, janubdan esa Hind okeanidan 1600 kilometr uzoqlikda joylashgan. Shuning uchun iqlimi kontinental (oʻzgaruvchan) hisoblanadi. Ushbu suv havzalaridan koʻtarilgan iliq oqim tumangacha doim yetib kelavermaydi. Shu tufayli, koʻpgina shimoldan esuvchi sovuq oqim hukmronlik qiladi. Jomboy tumanida o‘rtacha harorat yanvar oyi -2, -3, yozda +28, +30 darajani tashkil etadi. Qishda eng sovuq kunlar -10, -12 daraja bo‘lsa, yozda eng issiq kunlar +40, +42 darajaga yetish mumkin. Yillik yog‘in miqdori 371 mm atrofida. Vegetatsiya davri 8 oy, yaʼni 240-245 kunni tashkil etadi. Shamolli kunlar aprel, may oylariga to‘g‘ri keladi.