Finik palmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Finik palmasi, xurmo palmasi, feniks (Phoenix) — palmadoshlar oilasiga mansub ikki uyli daraxtsimon oʻsimliklar turkumi. Afrika va Osiyoning tropik va subtropik mintaqalarining daryolarga yaqin, yer osti suv manbalari bor qurgʻoq joylarida, vodiylarda, botqokliklarda 15 turi usadi. Asil Finik palmasi (Ph. dactylifera) yoki arab xurmosi turi — Shim. Afrika, Arabiston yarim oroli, Jan. Eron, Afgʻoniston va Pokistonning quruq subtropik mintaqalarida oʻsuvchi qad. madaniy oʻsimlikdir. Yovvoyi turi maʼlum emas. Finik palmasi miloddan avvalgi 4ming yillikda Shumer, Ossuriya va Qad. Misrda ekilgani maʼlum. Tanasi barg bandlari qoldiqlari bn, tepa kismi qalin patsimon barglar bilan qoplangan. Gullari bir jinsli, roʻvaksimon toʻpgul hosil qiladi, shamol yordamida changlanadi. Mevasi kattik urugʻli, baʼzilariniki yeyishli. Tanasi tik usadi, balandligi 15–20 m gacha, mevasi — finiki (xurmosi) choʻzinchoq yoki oval, uz. 7,5 sm, diametri 3,5 sm, yangiligida va yarim quritilgan holda isteʼmol qilinadi. Arab mamlakatlarida Finik palmasi asosiy ovqat hisoblanadi (undan kamida 100 xil ovqat tayyorlanadi), eksport qilinadi. Tarkibida 62— 71% kand, 1—2,5% oqsil, 2,5% yogʻ moddalari bor. Daraxt poʻstlogʻini tilib sharbati olinib, shakar, finik vinosi, barglari tolasidan arkrn, savatlar tayyorlanadi. Urugʻidan va ildiz bachkilaridan koʻpayadi. Asil Finik palmasi mevasi yetishtirish boʻyicha Iroq va Shim. Afrika mamlakatlari oldingi oʻrinlarda turadi. Oʻrta Osiyoda Turkmaniston jan.gʻarbida 1939 yildan ekiladi. Oʻzbekistonda manzarali oʻsimlik sifatida uchraydi.