Fattoh Shodiyev
Fattoh Qayumovich Shodiyev | |
---|---|
Abdul-Fattax Abdul-Qayyumovich Shadiyev | |
![]() tadbirkor, sarmoyador | |
Tavalludi |
15-aprel 1953-yil |
Fuqaroligi | Qozogʻiston |
Turmush oʻrtogʻi | Gulnara Shodiyeva |
Otasi | Abdulqayum Shodiyev |
Onasi | Raʼno Shadiyeva |
Mukofotlari |
![]() |
Shodiyev Fattoh Qayumovich (ruscha: Шодиев Абдуль-Фаттах Абдуль-Каюмович; 1953-yil 15-aprel, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) — yirik tadbirkor, milliarder, millati — oʻzbek. Alijon Ibragimovning hamkori. Eurasian National Resources Corporation (ENRC) hamraisi[1].
Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
„Sirdaryo haqiqati“ gazetasida muharrir boʻlgan. 1976-yilda Moskva davlat xalqaro aloqalar institutini bitirgan. Uning kursdoshlaridan Alisher Usmonov maʼlum. 1976-1991-yillarda SSSRning Yaponiyadagi savdo vakolatxonasida ishlagan. 1991-yildan beri tadbirkor[2]. Qozogʻiston Fanlar akademiyasi aʼzosi. Siyosiy fanlar doktori. Belgiyada yashaydi. Forbes jurnalining 2011-yildagi roʻyxatiga koʻra, uning boyligi 3,7 milliard dollar[3].
Fondi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shodiyev fondi taʼlim va ijtimoiy sohani rivojlantirishga hissa qoʻshadi. Fondning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi 2017-yilning 6-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazildi[4] Qayd etilishicha, Shodiev xalqaro fondining Bosh ofisi Lixtenshteyn knyazligida joylashgan boʻlib, asosiy maqsadi ilmiy, tibbiy, ijtimoiy, madaniy va taʼlim sohalarida loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va homiylik qilish hisoblanadi.
Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga qoʻshgan hissasi uchun[2] Qozogʻistonning mukofotlari[5] bilan taqdirlangan.
Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oilali, 3 ta farzandi bor[6]. Oʻgʻli — Shodiyev Sobir Fattoxovich, taniqli oʻzbek yozuvchisi Gʻafur Gʻulomning avlodiga uylangan[7]. Qizlari — Munisa va Nafisa. Munisa Shodiyeva Eurasian National Resources Corporation (ENRC)da muhim lavozimda ishlaydi,
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ ENRC, archived from the original on 2010-10-29, https://web.archive.org/web/20101029112259/http://enrc.com/output/page264.asp, qaraldi: 2014-05-14Fattoh Shodiyev]]
- ↑ 2,0 2,1 Biografia.kz | Biznes | Neftyaniki | Shodiev Patox, archived from the original on 2014-05-14, https://web.archive.org/web/20140514151202/http://biografia.kz/famous/shodiev-patoh, qaraldi: 2014-05-14Fattoh Shodiyev]]
- ↑ Worldʼs Billionaires 2011
- ↑ Yangiliklar
- ↑ Vrucheni gosudarstvennie nagradi[sayt ishlamaydi]
- ↑ Affiliirovannie litsa „Yevraziyskaya finansovo-promishlennaya kompaniya“
- ↑ Biografiya
![]() |