Fanfara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fanfara (frans. fanfara) — 1) qad. puflama mis musiqa cholgʻu asbobi, ventilsiz trubaushng uzaytirilgan turi. Ikki marta qayrilgan metal silindr va konussimon naydan iborat; 2) tantanali yoki jangovar signal. Yevropa musiqasida koʻproq major uchtovushligiga asoslanadi. Barcha mis puflama sozlarda ham ijro etilishi mumkin. F. ohanglari ommaviy qoʻshik, harbiy marsh, shuningdek, opera, simfonik va boshqa asarlarda qoʻllaniladi. Oʻzbek milliy sozlaridan karnay (ayniqsa, bir nechta karnaylar) sadolari xam asosan F. oxanglaridan iborat.