Akkord

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akkord (lot. accordo — uyg‘unlashtiraman) — turli balandlik-dagi uch va undan ortiq tovushlarning qo‘shilib sadolanishi. A.larning aksari-yati tersiya intervali bo‘ylab joylashgan holda (o‘zgacha holatdagilari ham ana shu tartibda joylashtirilib) tahlil etila-di.Kvinta oralig‘idagi ikki tersiyadan iborat A.— uchtovushlik (3 raqami bilan belgilanadi), unga yuqori yoki pastdan uchinchi tersiya tovushi qo‘shilsa — sep-takkord (7 raqami bilan belgilanadi), unga yana bir tersiya tovushi qo‘shilsa — nonak-kord (9 raqami bilan belgilanadi) deb ata-ladi; mazkur A.lardan musiqa amaliyoti-da keng foydalaniladi. Barcha A.larning pastki tovushi— asosiy (yoki prima) ton, undan yuqoridagisi — tersiya toni, uchinchisi — kvinta toni, to‘rtinchisi — septima toni, beshinchisi — nona toni deb yuritiladi va ana shu intervallarga mos raqamlar bilan belgilanadi.A.lar tarkiban (katta yoki kichik ter-siyalar oldinma-ketin joylashishi jihatidan) bir-biridan farqlanadi. Asosiy tonidan hisoblanganida avval katta, so‘ngra kichik tersiyalardan tuzil-gan A.— katta yoki major uchtovushligi, avval kichik so‘ngra katta tersiyalardan tuzilgan A. — kichik yoki minor uchto-vushligi, ikki katta tersiyadan tuzilga-ni— orttirilgan, ikki kichik tersiyadan tuzilgani — kamaytirilgan uchtovushlik deyiladi. Uchtovushlik va septakkord-lar odatda musiqa tovushqatorining muayyan pog‘onalarida tuziladi. Klassi-sizm davri musiqa amaliyotida I, IV va V pog‘onalarning (tonika, subdominanta va dominanta deb ataluvchi) uchtovushlikla-ri, II, V va VII pog‘onalarning (V7 — do-minant septakkord, VII, — yetakchi) sep-takkordlari keng qo‘llaniladi.A.lar tonlari orasidagi masofaga binoan (tenor-bas oralig‘i bundan is-tisno) tor (kvartagacha) va keng (oktava-gacha) joylashgan bo‘ladi. Barcha A.lar dissonans yoki konsonanslik xususiyatiga ega bo‘lib, odatda, birinchi turdagilari konsonansli ko‘ptovushlilarga yechiladi (o‘tadi). Bu narsa (tarang dissonans va xushsadoli konsonans A.lar munosabati) musiqa amaliyoti, avvalo, kompozitorlar ijodi uchun katta badiiy omil vazifasi-ni o‘taydi. Shu boisdan har bir A. faqat funksional (ya’ni u yoki bu ladning mu-ayyan pog‘onasida tuzilgan ko‘ptovushlik sifatida) ahamiyatga ega bo‘libgina qolmay, muhim ifoda vositasi hamdir. A.lardan foydalanish va ularni taxlil etishda ularga tarixan yondashish va u yoki bu ijodiy oqim, uslub hamda an’anani inobatga olish zarur, chunki biror davr (mas, klassitsizm, romantizm, impressi-onizm va h.k.) mezoni boshqa davr mezo-niga to‘g‘ri kelmasligi tabiiy.Ad:. Etinger M., Ranneklassicheskaya 263garmoniya, M., 1979;Sposobin I. V., Musiqa shakli, T., 1982.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil