Valtorna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Valtorna (nem. Waldhorn — oʻrmon bur-gusi) — mundshtukli puflama soz. Tovush tembrining nafisligi bilan boshqa mis puflama sozlardan farq qiladi. 19-asrning boshida xromatik (ventilli) turi paydo boʻlgan. Unda joylashgan qoʻshimcha naychalar yordamida ijrochi asosiy havo yoʻlini uzaytirib, barcha xromatik tovushlarni chalishi mumkin. Hoz. V. asosan "fa", baʼzan "sibemol" sozida chiqariladi. Diapazoni taxminan 3,5 oktava. V. simfonik va puflama sozlar orkestrlarida, kamer ansambllarda va yakkanavoz soz sifatida ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil